|
ERKIN GAZ ZAXIRALARINI HISOBLASHNING HAJMIY METODLARI
|
bet | 235/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 19.1. ERKIN GAZ ZAXIRALARINI HISOBLASHNING HAJMIY METODLARI
Erkin gaz zaxiralarini hisoblashning asosiy metodlariga hajmiy va bosimning pasayishi metodlari kiradi.
Zaxiralarni hajmiy metod bilan hisoblash kollektordagi gazning dastlabki miqdorini ifodalovchi va gaz konini tavsiflovchi geologik, fizik va kimyoviy xususiyatlarni o’rganish asosida bajariladi.
Lekin gaz zaxiralarini hisoblash uchun qatlamning kollektorlik xususiyatlarini, unda gazning taqsimlanishi va uyum chegaralarini o’rganishdan tashqari, gazning fizik xususiyatlarini, bosim va temperaturaning o’zgarishi jarayonida gazda yuzaga keladigan o’zgarishlarni hamda qatlam bosimi va temperaturasini, gazning kimyoviy tarkibini va uni tashkil qiluvchi ayrim komponentlarning foiz miqdorini aniqlash zarur bo’ladi.
Toza gaz konlari bo’yicha qayd qilingan ma’lumotlarni to’plash uqadar qiyin emas, chunki gaz tarkibi, odatda, bir xil va doimiy bo’ladi. Gazning kimyoviy tarkibining va komponentlarining foiz miqdorini o’rganish esa uyumda yuzaga keladigan sust va doimiy o’zgarishlar tufayli murakkablashadi.
Masalan, suv bilan to’shalgan, tarkibida erigan SO2 va N2S bo’lgan gaz uyumlarida bosim pasayishidan, suvda oson eriydigan SO2 va N2S eritmadan ajralib chiqadi va gaz shu komponentlar bilan boyiydi. Gazning kimyoviy tarkibining o’zgarishi, shuningdek, gaz-neftli uyumlarning gaz qalpog’ida ham sodir bo’ladi. Bunday uyumlardan foydalanishda va qatlam bosimining pasayishida gaz qalpog’idagi gaz neftdan ajralib chiqqan og’ir uglevodorodlar bilan boyishi mumkin.
Gaz zaxiralarini hajmiy metod bilan hisoblash o’zining soddaligi tufayli keng qo’llaniladi, chunki hisoblash uchun zarur bo’lgan parametrlarni gaz uyumini sinov ishlatish jarayonida olish mumkin.
Gaz zaxiralarini hisoblash uchun hajmiy formula quyidagi ko’rinishga ega:
V=Fhmf(r−roo)gg , (19.1)
bunda V − hisoblash sanasiga chiqarib olinadigan (sanoat miqyosida) gaz zaxirasi, m3; F ― mahsuldor gazlilik chegarasidagi maydon, m2; h - gazli qatlam g’ovakli qismining qalinligi, m; m - g’ovaklilik koeffitsienti; r − hisoblash sanasiga gaz uyumidagi o’rtacha mutlaq bosim, MPa; ro − sanoat miqyosidagi gaz zaxiralari
chiqarib olingandan so’ng va quduq og’zidagi mutlaq bosim 0,1 MPa ga teng bo’lib, barqarorlashgandan so’nggi o’rtacha qoldiq mutlaq (yakuniy) bosim,
Pо Patme1293109 Нg ;
va o - uglevodorodli gazlarni Boyl-Mariott qonunidan og’ishiga va o bosimlar uchun tegishlicha tuzatishlar; f - gaz hajmini standart temperaturaga keltirish uchun temperaturaga tuzatish
f T tst ; (19.2)
T tpl
(tst=20oS, T=273oS); g - bog’liq suv miqdori hisobga olingandagi gazga to’yinganlik koeffitsienti; g - gaz bera olish koeffitsienti.
Gaz quduqlaridagi qatlam bosimi quduq og’zidagi (vaqtincha ularning yopiqligida) bosim asosida (8.4) yoki (8.5) formula bo’yicha gaz ustunining og’irlik kuchini hisobga olib aniqlanadi.
Uyumdagi qoldiq bosim rk quduq og’zidagi bosim r=0,1 MPa (sanoat miqyosidagi gaz zaxiralari chiqarib olgandan so’ng) (8.5) formula bilan aniqlanadi. Odatda gazning tarkibi va yotish chuqurligiga ko’ra ro qiymati 0,1-0,3 MPa oraliqda o’zgaradi. Demak, suv bosimli rejimda qatlamdagi qoldiq bosimni ro hisobga olish maqsadga muvofiq emas, bunday holatda (19.1) formuladagi ro ni nolga teng deb qabul qilish kerak.
Gazlilik maydoni, qatlam g’ovakli qismining o’rtacha qalinligi va g’ovaklilikning o’rtacha koeffitsienti qiymati neft zaxiralarini hajmiy metod bilan hisoblashdagi kabi aniqlanadi. Faqat shuni e’tiborga olish kerakki, gaz-suv tutash yuzasi odatda gorizontal holatda bo’lib, uning usti va tagidagi chegarasi gazli qatlamning yer osti relefi izogipslariga to’g’ri keladi.
Uglevodorod gazlarining ideal gazlar qonunlaridan og’ishi gaz aralashmalaridagi ayrim komponentlarning og’ishi haqidagi ma’lumotlar bo’yicha aniqlanishi mumkin. Tadqiqotlar natijasiga ko’ra, gazning molekulyar massasi qancha yuqori bo’lsa, og’ishi ham shuncha katta bo’ladi, temperatura ortganda ular kamayadi.
Tabiiy gazning tarkibiy qismlarini 150S da 0,1 MPa mutlaq bosimga og’ishi 19.1-jadvalda keltirilgan. Ma’lumotlarni 20oSga qayta hisoblashda ma’no yo’q, chunki og’ishlar qiymati uncha katta bo’lmay 20oS ga qayta hisoblaganda, hatto bosimning 6-18 MPa oralig’idagi eng katta og’ish qiymati 2% dan ortmaydi.
19.1-jadval
Uglevodorod gazi komponentlari
|
150Sdagi 0,1 MPa ga og’ishi
|
Metan
|
0,0022176
|
Etan
|
0,0088128
|
Propan
|
0,0186192
|
Karbonat angidrid gazi
|
0,0065520
|
Azot
|
0,0001008
|
Havo
|
0,0004896
|
Izoh. MDH da standart temperatura sifatida 20oS qabul qilingan bo’lsa ham, keltirilgan ma’lumotlardan foydalanish mumkin.
Keltirilgan ma’lumotlarga muvofiq gaz aralashmasining 0,1 Mpa ga og’ishini har qaysi tarkibiy qismning og’ish qiymatini aralashmadagi gazning tarkibiy qismining tegishli miqdoriga ko’paytirish va bu ko’paytmalarni jamlash orqali hisoblash mumkin. Agar aralashmada og’ir uglevodorodlar bor bo’lsa, bunday hisoblashlarda bosimning u yoki bu qiymatiga to’g’ri keladigan har xil taxminiy ma’lumotlar olinadi va ular aralashmaning haqiqiy og’ish qiymatidan keskin farqlanadi. Masalan, azotning Boyl-Mariott qonunidan og’ishi shunchalik kamki, odatda u e’tiborga olinmaydi.
15oC temperaturadagi tabiiy gazni Boyl-Mariott qonunidan og’ishini aniqlash uchun quyidagi ifodadan ham foydalaniladi
n 2,26p(m 4e8d3c 5,5s0,22l) , (19.3) 1000
bunda n og’ish, %; r manometrdan olingan mutlaq bosim, MPa; tabiiy gazdagi miqdori, % da: m - metan, e - etan, d propan, s - karbonat kislotalar, vodorod sulfidi, l havo.
Gazning n qiymatini komponentli tarkibi tavsifi bo’yicha hisoblab, tuzatish hajmiy formulaga kiritiladi:
n
α 1 . (19.4)
100
Qayd qilinganidek, og’ir uglevodorodlar miqdori yuqori va mutlaq bosim qiymati 10 MPa dan katta bo’lsa, formula yordamida hisoblab topiladigan og’ishlar miqdori haqiqiysidan ancha farq qiladi; u holda keltirilgan formuladan foydalanish yaxshi natija bermaydi, shu sababli gazning siqilishini laboratoriyada tajriba yo’li bilan aniqlash tavsiya etiladi.
Gazga to’yinganlik koeffitsientini g aniqlash uchun 19.1-rasmda keltirilgan grafikdan foydalanish mumkin; bu grafik gazga to’yinganlik koeffitsienti qiymatini bog’liq suv miqdorini hisobga olgan holda aniqlash imkonini beradi. Ushbu grafik laboratoriya tadqiqotlarining muayyan ma’lumotlari yo’qligida taxminiy hisoblashlar uchun qo’llaniladi.
Gaz zaxiralarini hajmiy metod bilan hisoblashda gaz bera olish koeffitsientini asoslash eng murakkab ishlardan biri hisoblanadi, chunki bu masala etarlicha o’rganilmagan.
Chet ellik olimlarning bu masalaga bag’ishlangan ishlarida faqatgina ayrim umumiy tartibdagi mulohazalar mavjud, gaz konlarining gaz bera olish qiymatiga turli omillarning ta’siri haqidagi aniq ma’lumotlar uchramaydi. CHet el olimlari ishlarida keltiriladigan gaz zaxiralarini hisoblashning hajmiy metodining barcha formulalarida, odatda gaz bera olish koeffitsientini tavsiflovchi parametr yo’q bo’lib, undan foydalanilmaydi; faqat ilova qilingan matnda hisoblangan zaxiralarning u yoki bu miqdorda chiqarib olish (hech qanday asoslamasdan) imkoniyatlari qayd qilinadi. Bundan tashqari, formulalarda qoldiq bosim qiymati tushirib qoldiriladi, garchi gaz zaxiralarini amalda hisoblashda bu qiymat har doim hisobga olinsa ham.
Ayrim mualliflar gaz konlari uchun gaz bera olish koeffitsienti qiymatini 0,5-
0,95 chegarasida keltiradilar, lekin shu o’rinda bu qiymatga u yoki bu omillar ta’sirini aniq ko’rsatmaydilar.
|
| |