ERKIN GAZ ZAXIRALARINI BOSIMNING PASAYISHI BO’YICHA HISOBLASH METODLARI




Download 11,69 Mb.
bet237/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

19.2. ERKIN GAZ ZAXIRALARINI BOSIMNING PASAYISHI BO’YICHA HISOBLASH METODLARI


Bosim pasayishi bo’yicha zaxiralarni hisoblash metodi gaz bilan band bo’lgan g’ovaklar hajmining dastlabki qiymati uyumdan foydalanish jarayonida o’zgarmaydigan qatlamlarda qo’llaniladi. Demak, suv bosimli rejimda bu metodni qo’llab bo’lmaydi, ammo suv bosimli rejim samarasiz bo’lgan vaqtda (qatlamga suv oz miqdorda kirib kelganda) undan foydalansa bo’ladi.
Bosim pasayishi bo’yicha erkin gaz zaxirasini hisoblash formulasi gaz uyumini ishlatishning hamma bosqichlarida bosim 0,1 MPa ga kamayishida chiqarib olinadigan gaz miqdorining doimiyligi haqidagi taxminlarga asoslanadi.
Agar ma’lum bir sanada (konni ishlatish boshlanganidan beri) gaz uyumidan Q1 miqdordagi gaz chiqarib olingan bo’lsa va uyumdagi bosim r1 ga teng bo’lsa, ikkinchi sanada esa (konni ishlatish boshlanganidan beri) Q2 miqdordagi gaz chiqarib olingan bo’lsa va uyumdagi bosim r2 ga teng bo’lsa, u holda birinchi sanadan ikkinchi sanagacha konni ishlatish mobaynida bosimning pasayishi 0,1 MPa ga teng bo’lsa, chiqarib olingan gaz miqdori quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Q Q2 Q1 .
p1  p2
Konni ishlatish mobaynida bosim qandaydir oxirgi qiymat ro gacha pasayadi desak, u holda bosimning 0,1 MPa ga pasayishiga chiqarib olinadigan gaz miqdorini hisoblash mumkin. Bunda qoldiq olinadigan gaz zaxirasini ikkinchi sana uchun bosimni pasayishi metodi bilan hisoblashda 1 va 2 ideal gazlar holati qonunidan og’ishga tuzatishni hisobga olib, quyidagi formuladan foydalanamiz (tegishlicha r1 va r2 bosimlar uchun):
V  (Q2 Q1)(p22  pоо) , (19.5) p11  p22
bunda V  chiqarib olinadigan (sanoat miqyosidagi) qoldiq gaz zaxiralari, m3.
Boshlang’ich gaz zaxiralarini hisoblashda kasr suratidagi (r22−roo) o’rniga
(rboshl.boshl.-roo) ni qo’yish kerak.
Bosim pasayishi bo’yicha hisoblash metodida maydon yuzasi, gazli qatlamning g’ovakliligi va qalinligi haqidagi ma’lumotlar zarur bo’lmaydi, lekin qalinlikni va umuman qatlamning hajmiy tavsiflarini (qatlam bosimining o’rtacha qiymatini hisoblashda) hisobga olmaslik, ayrim hollarda ayniqsa qatlam bo’ylab bosim sezilarli o’zgarganda katta xatoliklarga olib keladi. Bundan ma’lum bo’ladiki, ushbu metoddan gaz uyumi yaxlit, ya’ni alohida mustaqil uchastkalarga ajralmaganda foydalanish mumkin.
Agar suv bosimli bo’lsa, (19.5) formulaga ma’lum bir vaqt oralig’ida suv bosimi ta’sirida siqib chiqarilgan gaz miqdoriga tuzatish kiritiladi.
Bosimning r1 dan r2 gacha pasayishida suv bosimi ta’sirida siqib chiqarilgan gaz miqdorini Q' bosim o’zgarishini kuzatish va uning miqdori doimiy  o’zgarmas bo’lgan vaqt oralig’ini belgilash orqali aniqlanadi. SHu vaqtga Q' suv bosimi bilan siqib chiqarilgan gaz miqdorini aniqlash kerak.
Bu holda (19.5) formula quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi (suv bosimli rejim uchun qoldiq bosimni inobatga olish zaruriyati yo’q):
V  (Q2 Q1 Q')p22 . (19.6) p11  p22
Agar suv bosimi bilan siqib chiqarilgan gaz miqdorini aniqlab bo’lmasa, u holda zaxiralarni hisoblash uchun hajmiy metodni qo’llash kerak. Bosim pasayishi bo’yicha hisoblash metodi quduq og’zidagi bosimni (quduqni qisqa muddatga yopish orqali) muntazam kuzatish va uglevodorod gazlarini Boyl-Mariott qonunidan og’ishini aniqlash maqsadida laboratoriya tadqiqotlari orqali o’rganishni taqazo etadi.
Bosim pasayishi metodi bilan sanoat ahamiyatiga molik neft zaxiralari yo’qligi isbotlangan uyumlarda gaz zaxiralarini hisoblash mumkin.
Bosim pasayishi metodi bilan gaz zaxiralarini hisoblash uchun quduqda sinashekspluatatsiya ishlari bajariladi, bunda ishlayotgan quduqlardagi gazning ishchi va statik bosimlarining o’zgarishi, kuzatuv quduqlaridagi statik bosim va pezometrik quduqlardagi suvning statik sathi sinchkovlik bilan kuzatib boriladi. Gaz bosimi xatoligi 0,05-0,03% dan katta bo’lmagan, o’ta aniq nazorat manometri yoki yuk manometri bilan o’lchanishi kerak, ular yordamida bosimning 0,2-0,3 MPa ga pasayishini ishonchli belgilash va o’z navbatida uncha katta bo’lmagan va o’rtacha kon (uyum)lar gaz zaxiralarini ishonchli aniqlash mumkin bo’ladi. Gaz quduqlarida suyuqlik bor bo’lganda quduq tubi bosimini chuqur manometrlar bilan o’lchash hamda quduqning turli rejimlarda ishlashida gaz bilan birga chiqariladigan suvlar va jinslar miqdorini aniqlash zarur.
Erkin gaz zaxiralarini hisoblashda o’rtacha qatlam bosimini aniq o’lchash ayniqsa muhim. Quduqni tajriba  sanoat maqsadida ishlatish jarayonida o’rtacha qatlam bosimini izobaralar xaritalari bo’yicha, g’ovak bo’shlig’ini hajmi bo’yicha aniqlash mumkin:

po'r  (рhmS) , (19.7) (hmS)
bunda rur - gazli qatlamning o’rta qismi qalinligiga mos keluvchi quduqdagi bosim, MPa; h - gazli qatlamning foydali qalinligi, m; m - ochiq g’ovaklilik koeffitsienti; S - izochiziqlar orasidagi elementar maydon.
Bunday hisoblashlarni bajarish uchun qatlam bosimi xaritasi (izobara xaritasi) tuziladi; izobara xaritasi ustiga hm ko’paytmasi xaritasi qo’yiladi; bunday xaritalardagi izochiziqlarning kesishishida hosil bo’lgan nuqtalar bo’yicha rhm xaritasi yuzaga keladi; bu xarita bo’yicha o’rtacha qatlam bosimi rur aniqlanadi.
Ko’rsatilgan formula bo’yicha o’rtacha qatlam bosimini hisoblash gazlilikning nisbatan uncha chuqur bo’lmagan qavatlarida (200 m gacha) va uncha yuqori bo’lmagan bosimlarda (10 MPa atrofida) etarli darajada ishonchli natijalar beradi.
Agar gazlilik qavati katta - 500 m va undan ko’p bo’lsa (ayniqsa qatlam qalinligi o’zgaruvchan bo’lsa), rur ni aniqlashda temperaturaning o’zgarishini tpl va uyum hajmi bo’yicha gazning siqiluvchanlik koeffitsienti z ni hisobga olish lozim. Bunday hollarda izobara xaritalaridan foydalanish mumkin emas va rur ni hisoblash uchun mahsuldor qatlamning to’liq hajmini parallel tekisliklar bilan qator elementar hajmlarga bo’lish lozim, har qaysi shunday hajm uchun tpl, r/z va Vr qiymatini aniqlash kerak bo’ladi
p

( V )


po'r z р . (19.8)
Vр
Bunday hollarda gaz zaxiralari qatlamning har bir elementar hajmi uchun hisoblanadi, elementar hajmlar bo’yicha hisoblangan zaxiralar yig’indisi esa, mahsuldor qatlamning gaz zaxiralarini tashkil qiladi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ERKIN GAZ ZAXIRALARINI BOSIMNING PASAYISHI BO’YICHA HISOBLASH METODLARI

Download 11,69 Mb.