|
GAZ ZAXIRALARINI HISOBLASH METODINI TANLASH
|
bet | 239/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 19.4. GAZ ZAXIRALARINI HISOBLASH METODINI TANLASH
Gaz zaxiralarini hisoblash metodini tanlashda uyumni razvedka qilinganlik darajasi va uning ishlash rejimi hisobga olinadi.
Zaxiralarni hajmiy metod bo’yicha hisoblash uyumni razvedka qilishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Bosim pasayishi metodidan foydalanish uchun quduqni sinash ma’lumotlariga ega bo’lish zarur. Sinov ishlatishning davomiyligi har bir aniq holatda bosim pasayishi metodi bo’yicha zaxiralarni hisoblashni asoslovchi dastlabki ishonchli ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda olish imkoniyatini hisobga olib belgilanadi. Bunda quyidagi ma’lumotlar olinishi kerak:
ma’lum bir vaqt davomida chiqarib olinadigan gaz miqdori haqidagi aniq ma’lumotlar;
o’sha vaqt davomida quduqlar bo’yicha qatlam bosimini namunali manometrlar bilan o’lchash natijalari haqidagi barcha ma’lumotlar;
zaxiralarni hisoblash sanasiga qatlam bosimining asoslangan o’rtacha qiymatlari;
gorizontni ishlash rejimi va suvlilik chegarasining siljish dinamikasi haqidagi ma’lumotlar.
Agar yirik konlarda bosim 0,15-0,20 MPa ga pasayganligi haqida ma’lumotlar to’plangan bo’lsa, u holda gaz zaxiralarini bosimning pasayishi metodi bo’yicha baholash tavsiya etilmaydi. Qatlam bosimining shunday kichik qiymatga pasayishida gaz uyumi depressiya bilan qisman qamrab olinishi mumkin, shu bilan birga jinslarning fatsial o’zgaruvchanligi sezilarli bo’lsa, zaxiralarni hisoblashda xatoga yo’l qo’yiladi. Bu holatda qatlam bosimining birlik ulushiga pasayishida chiqarib olinayotgan miqdorining o’zgaruvchanligi (doimiymasligi) uyumning depressiya bilan to’liq qamrab olinmaganligining ko’rsatkichi hisoblanadi.
Qatlamni ishlash rejimi nuqtai nazaridan qaralganda shuni ta’kidlash lozimki, hajmiy metodni qatlamning har qanday rejimida qo’llash mumkin. Bosimning pasayishi metodidan faqat gaz rejimida (erigan gaz rejimida) samarali foydalanish mumkin. Suv bosimli (gaz-suv bosimli) rejim uchun metodni samaradorligi keskin kamayadi, samarali suv bosimli rejimda esa metodni qo’llanilishi umuman mumkin emas.
Bosim pasayishi bo’yicha zaxiralarni hisoblash metodidan foydalanish imkonini tekshirish uchun uyumni ishlashning turli davrlarida bosimning 0,1 MPa ga kamayishiga uyumdan olingan gaz miqdorini (ideal gazlar holati qonunidan og’ishiga kiritiladigan tuzatishni hisobga olib) hisoblash kerak bo’ladi. Agar olingan natijalar mos kelsa (ya’ni, qatlamni ishlatishda uning ayrim oraliqlaridan olinadigan gaz miqdori bosimning 0,1 MPa ga pasayishida teng bo’lsa), bosim pasayishi metodini qo’llash mumkin. Uyumni ishlatishning keyingi davrlarida bosimning 0,1 MPa ga pasayishiga chiqarib olinadigan gaz miqdori ko’payib borsa, u holda qatlamda bosimli suv borligidan va gaz hajmining bir qismi shu bosim hisobiga siqib chiqarilishidan darak beradi. Bunday holatda bosim pasayishi metodini qo’llashda (19.6) formuladan foydalanish kerak.
Agar uyum hajmini aniqlash uchun ma’lumotlar etarli bo’lmasa, gaz zaxirasini hisoblashni yuqorida ko’rsatilganidek, (11-bob, 11.1 mavzuga qarang) grafik usulda, ya’ni ro’r/z bilan qatlamdan olingan gazning umumiy miqdori oralig’idagi bog’liqlik bo’yicha bajarish mumkin. Bunda ro’r qiymati turli sanalarda o’lchangan quduqlar debitlari bo’yicha aniqlanadi: i
piqi
po'r 1 i , (19.13)
qi
1
bunda pi quduqlar og’zi bir minutga yopilgandan so’ng o’lchangan statik
bosim, MPa; qi quduqning og’zi bir minutga yopilishidan oldingi debiti, m3.
Har xil tarkibli jinslardan tarkib topgan qatlam (riflar) uyumlari uchun ro’r ni aniqlash juda murakkab, chunki bunday uyumlarda qatlam bosimi turlicha pasayadi va ba’zi quduqlarda 3-6 MPa ga farqlanadi. Ba’zan qo’shni quduqlar uzoq vaqt ishlatilganda ham ayrim quduqlardagi boshlang’ich bosim saqlanib qoladi. Bu holatda gaz zaxiralar har bir quduqning debiti bo’yicha hisoblanib so’ngra ushbu quduqlar bo’yicha hisoblangan zaxiralarning yig’indisi olinadi. Amalda bunday metod litologik tarkibi qisqa masofada keskin o’zgaradigan kollektorlar uchun ozmiko’pmi aniq ma’lumotlar beradi, bunda har bir quduq alohida linza va bloklarni drenajlaydi.
Quduqlar debitlari bo’yicha qoldiq gaz zaxiralarini hisoblash uchun ikkita har xil sanalarda quduq bo’yicha o’lchangan ma’lumotlar bo’lishi zarur: birinchi va ikkinchi sanada o’lchangan quduq tubi bosimi (og’zi yopiq quduqda minut davomida olingan o’lchov ma’lumotlari) r1 va r2; o’sha sanalarda uyumni ishlatish boshlanganidan beri chiqarib olingan gazning umumiy miqdori - Q1 va Q2; o’sha sanalarda aniqlangan gazning o’rtacha sutkalik miqdori (erkin debitda) - q1 va q2.
Unda quduq bo’yicha qoldiq gaz zaxirasi quyidagi nisbatlardan biri bo’yicha aniqlanishi mumkin:
V (Q2 Q1)p22 ; (19.14)
p11 p22
bunda 1 va 2 - r1 va r2 bosimlar uchun tegishlicha ideal gazlar holati qonunidan og’ishga kiritilgan tuzatish;
V (Q2 Q1)q2 . (19.15)
q1 q2
Bunday hisoblashlar ayrim quduqlar uchun faqat foydalanish quduqlari qatlamlar bo’yicha to’liq burg’ilanib bo’lingandan so’ng qo’llanilishi mumkin. Yangi quduqlar burg’ilanganda quduqlarni o’zaro ta’sirlanish hodisasi va qatlamda gaz siljishi sharoitlari uyumda bosim qayta taqsimlanishi munosabati bilan shunchalik murakkab bo’ladiki, gaz zaxirasini bu usul bilan hisoblangan qoldiq qiymatini juda ham noaniqligi ayon bo’ladi.
(19.14) va (19.15) formulalarning o’zaro nisbatlari bo’yicha olingan qiymatlarni va quduq bo’yicha aniqlangan qoldiq gaz zaxiralarining miqdorini taqqoslash orqali olingan qiymatlar bajarilgan hisob-kitoblar aniqligining belgilovchi mezon bo’lib xizmat qiladi.
Barcha quduqlar bo’yicha aniqlangan qoldiq zaxiralar yig’indisi hisoblash sanasiga uyum bo’yicha qoldiq gaz zaxiralarini aniqlash imkonini beradi.
Karbonatli va darzli zich qumtoshlarda odatda o’rtacha qatlam bosimini to’g’ri aniqlash uchun zarur bo’ladigan uyum hajmi parametrlarini hisoblash qiyin kechadi. Bu holatda, gaz zaxiralarini yuqorida qayd qilinganidek, grafik usulda yoki tegishli ma’lumotlar borligida material balans metodi yordamida aniqlash kerak.
|
| |