-rasm. Foydali g’ovaklilik m (qoldiq suvni hisobga olgan holda) bilan mutlaq o’tkazuvshanlikning K




Download 11,69 Mb.
bet236/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

19.1-rasm. Foydali g’ovaklilik m (qoldiq suvni hisobga olgan holda) bilan mutlaq o’tkazuvshanlikning KO’T o’zaro bog’liqligi. (A.A.Xanin bo’yisha) Alevrolitlar: 1 – mayda alevritli fraksiya; 2 – yirik alevritli fraksiya; qumtoshlar: 3 – mayda zarrali, 4 – o’rta va yirik zarrali

Ishlatilishi yakuniga etgan 22 ta kon bo’yicha hisoblangan gaz bera olish koeffitsientining o’rtacha arifmetik qiymati 0,87 ga teng. Demak, dastlabki gaz zaxiralaridan o’rtacha gaz yo’qolishi 0,13 (jumladan, quduq og’zidagi qiymati 0,1 MPa ga teng, deb qabul qilingan qoldiq bosim hisobiga o’rtacha gaz yo’qolishi o’rtacha 0,02 atrofida).
MDHda Sankt-Peterburg gaz konining

A QSHning 49 ta gaz koni bo’yicha olib borilgan tahlillar (ularning 22 tasini ishlatish yakuniga etgan) shuni ko’rsatdiki, gaz zaxirasi 1,5-2 mlrd.m3dan ko’p bo’lgan konlarda ulardan foydalanish to’xtatilganda hisoblangan gaz bera olish koeffitsienti qiymati 0,9-0,99 ga teng bo’lgan, zaxiralari kam bo’lgan konlarda esa bu miqdor 0,66-0,80 chegarasida o’zgarib turgan.
ishlatish ma’lumotlari bo’yicha gaz bera olish koeffitsienti 0,84 ga, Kanevskiy konida esa 0,81-0,82 ga teng bo’lgan. O’zbekiston Respublikasida Buxoro-Xiva neftgaz regionidagi Sho’rtan, Gazli, Olon, Zevarda, Qultog’ va b. konlardagi gaz bera olish koeffitsientining o’rtacha arifmetik qiymati 0,854 ga teng.
Gaz bera olish koeffitsientiga qoldiq bosim qiymati anchagina ta’sir qiladi. Odatda yirik gaz konlari uchun quduq og’zidagi qoldiq bosim 0,1 MPa, deb qabul qilinadi, shunga ko’ra yirik konlar bo’yicha gaz bera olishni yuqoriroq koeffitsientiga erishiladi.
MDH da gaz zaxiralarini hisoblashda, chiqarib olinishi mumkin bo’lgan barcha zaxiralar hisobga olinadi, shuning uchun ham qoldiq bosim qiymati foydalanish quduqlari og’zidagi yakuniy bosim 0,1 MPa qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Gaz zaxiralarini hisoblashda qoldiq bosimni hisobga olishdan tashqari geologik zaxiralardan chiqarib olinadigan gaz miqdorini aniqlash ham muhim hisoblanadi, shunga ko’ra gaz bera olish koeffitsienti ham aniqlanadi. Eng ko’p tarqalgan gaz rejimli uyumlarda gaz bera olish koeffitsienti qiymati 0,90-0,95 ga teng bo’ladi.
Suv bosimli rejimda ishlatilayotgan gaz konlarining gaz uyumlarida balans chiqarib olinadigan gaz zaxiralari hajmi qoldiq bosimni hisobga olmasdan aniqlanadi. Lekin kondan foydalanish yakuniga etganda chekka suvlarning bosimi etarli bo’lmaganligi va gaz uyumining hamma qismi suvlanmaganligi sababli zaxiralar hapjmini aniqlashda qoldiq bosimni hisobga olish zarur bo’ladi.
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, suv bosimli rejimdagi uyumlarda gaz zaxiralarini hisoblashda, qatlamning gaz va suyuqlik bera olish koeffitsientini kiritish zarurdir. Bu koeffitsientlar miqdori uyumning tuzilishiga, kollektorlik xususiyatlarining o’zgarishiga, gaz va suvlarni o’zidan nisbiy o’tkazishiga, gaz bilan to’yinish darajasiga va h.k.larga bog’liq.
Gaz bosimli rejimda gaz bera olish koeffitsienti qiymatini aniqlash muhim. Laboratoriyada turli tipdagi kollektorlarda gazni suv bilan siqib chiqarish tajribalari asosan tabiiy va qisman sun’iy qumtosh va ohaktosh kern namunalarida amalga oshirilgan va ma’lum bir natijalar olingan. Olingan ma’lumotlarga ko’ra gazni suv bilan siqib chiqarishda kollektorlarda ko’p miqdorda gaz qolishi aniqlangan, ular hajmi kollektor g’ovaklari bo’shlig’ining 16 dan 50% gacha bo’lgan hajmini egallaydi. Masalan, bo’shoq qumlarda gazni suv siqib chiqargandan so’ng qoldiq gazga to’yinganlik 16%ga teng bo’lgan; zich qumtoshlarda u 25-50% ga, ohaktoshlarda esa 50% ga etgan. Gazning qovushqoqligi, zichligi va siqib chiqaruvchi suyuqliklarning sirt tarangligi qoldiq gazga to’yinish qiymatiga ta’sir etmaydi, qatlam sharoitlari esa (temperatura, bosim, siqib chiqarish tezligi va bog’liq suv miqdori) juda ham kam ta’sir qiladi.
AQShning Texas shtatidagi Vest-Bomont va Luizianadagi Leyksayd konlarida qoldiq gazga to’yinganlik qiymatlari hisoblangan. Qoldiq gazga to’yinganlilik kern va elektr karotaj ma’lumotlari asosida ikkita quduqda gaz-suv tutash yuzasining siljishini o’rganish orqali strukturaning suvlangan qismida aniqlagan. Kern tahlili bo’yicha topilgan qoldiq gazga to’yinganlik g’ovakligi 31-32,9% bo’lgan qumtoshlar 16,7 dan 18,5 % gacha, elektr karotaj ma’lumotlari bo’yicha esa 19,4 dan 37% gacha ekanligi aniqlangan. Bu ma’lumotlar suv bosimli rejimdagi gaz uyumlarining gaz bera olish koeffitsientini taxminan 0,8 ga teng, deb qabul qilishga imkon beradi. Qayd qilingan ma’lumotlar asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

  1. gaz zaxiralari 1,5-2 mlrd.m3 dan ko’p bo’lgan konlarda gaz bera olish koeffitsienti qiymati 0,9-0,99 oraliqda o’zgaradi (0,1 MPa ga teng bo’lgan qoldiq bosimni e’tiborga olgan holda hisoblangan dastlabki zaxiralardan);

  2. gaz zaxiralari kam bo’lgan konlar uchun gaz bera olish koeffitsienti 0,66-0,8 oraliqda o’zgaradi (bunda zaxiralarni hisoblashda qabul qilinadigan qoldiq bosim qiymati katta zaxirali konlar uchun hisoblanganiga qaraganda yuqori bo’lishi mumkin);

  3. bo’shoq qumlarda gazni suv bilan siqib chiqarishda qoldiq gazga to’yinganlik

16% yaqin bo’ladi; zich qumtoshlarda esa u 25-50% chegarasida o’zgaradi;

  1. gazli maydonning suvlangan qismidan olingan kernlarni o’rganish ma’lumotlari qoldiq gazga to’yinganlilik 16,7-21,8% atroflaridaligini ko’rsatdi.

Demak, gaz konlari (uyumlari)dagi gaz zaxiralarini hisoblashda gaz uyumining o’ziga xos geologik xususiyatlarini va gaz bera olish koeffitsientini hisobga olish zarurdir.

Download 11,69 Mb.
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Foydali g’ovaklilik m (qoldiq suvni hisobga olgan holda) bilan mutlaq o’tkazuvshanlikning K

Download 11,69 Mb.