«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi




Download 11,69 Mb.
bet244/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

Qba Vba
Ve
bunda Qba  bashorat qilinayotgan maydondagi neft yoki gaz zaxiralari, mln.t yoki mlrd.m3; Vba  bashorat qilinayotgan hududda baholanayotgan, tarkibida neft yoki gaz zaxiralari bo’lgan jinslar-kollektorlar hajmi, km3; Qe  etalon uchastkada hisoblangan neft yoki gaz zaxiralari, mln.t yoki mlrd.m3; Ve  etalon uchastkada tarkibida neft yoki gaz zaxiralari bo’lgan jinslar - kollektorlar hajmi, km3; k  o’xshashlik darajasiga kiritiladigan umumiy tuzatish koeffitsienti (baholash qulay bo’lganda u birdan katta va noqulay sharoitli hollarda birdan kichik bo’ladi).
Bashoratli zaxiralarni hisoblashda baholanayotgan hududda borligi mumkin bo’lgan neft-gaz maydonining o’lchamlarini aniqlash, hattoki geologik mezonlaridan foydalanilganda ham istiqbolli maydonlarni ajratish eng murakkab masalalardan biri hisoblanadi.
Agar etalon uchastkada neft va gaz uyumlarini taqsimlanish qonuniyatlari haqidagi qandaydir farazlar yoki ishchi sxemalar mavjud bo’lsa, u holda o’xshashlik metodi bo’yicha ularni bashorat qilinadigan hududlar uchun ishlatish juda foydalidir.
Adabiyotlarda uchraydigan mahsuldor maydonlarning hissasi va neft-gaz uyumlarining taqsimlanishi haqidagi hamda ayrim neft hududlari bo’yicha M.A.
Jdanov tomonidan olingan ma’lumotlarni keltirish qiziqarlidir.
Jumladan, U.L.Ressel geosinklinal oblastlarda uchraydigan neft konlarida mahsuldor maydonlar umumiy maydonining 1-5% ni tashkil qilishini qayd qiladi.
Sharqiy Kavkazoldi regionida tarqalgan chokrak  spirialis yotqiziqlar uchun M.A. Jdanov tomonidan bajarilgan shunga o’xshash hisoblashlar bu qiymatni uning turli uchastkalari uchun 0,49-2,43 % ga teng ekanligini ko’rsatdi; shu mahsuldor maydonning 87% da neft uyumlari va 13% da erkin gazi bo’lgan uyumlar mavjud. Maykop yotqiziqlari uchun mahsuldor maydonlar ulushining qiymati yanada pastroqdir, ya’ni 0,014-0,031 % ga teng bo’lgan. Kumaoldi oblastining va Karpinskiy tog’ tizmasining ko’milib ketgan janubiy yonbag’irligidagi quyi bo’r davri yotqiziqlari uchun mahsuldor maydon 1,55-4,88 % ni tashkil qiladi; bu raqamlarning 32% erkin gazi bo’lgan uyumlariga va 68 % nefti bor uyumlarga mansub.
Umuman olganda, Kavkazoldi o’lkasining old egilmasi chegarasida toza neft konlari razvedka qilingan konlarning umumiy sonidan 71% ni, gaz-neftli (gaz qalpog’i bilan) konlarning 15,2 % ni, gaz konlarining 12,6 % ni, gaz kondensat konlarining 1,2% ni tashkil qiladi. Hududning platforma qismi uchun toza neftli konlar 49,3 % ni, gaz-neftli konlar 3,9% ni, gaz konlari 35,0 % ni va gaz kondensat konlari 11,8 % ni tashkil qiladi.
Etalon hududlar uchun mahsuldor maydonlar hissasini, neft va gazning solishtirma zaxiralarini tavsiflovchi qiymatlarni olgandan so’ng bashoratli hududlarning neft va gaz zaxiralarini miqdoriy baholashga o’tish mumkin.
Bu holda hisoblashni stratigrafik birliklar va tektonik elementlar bo’yicha o’zaro tegishli nisbatda alohida olib borish mumkin. f
Qba F q'' (20.5)

Download 11,69 Mb.
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi

Download 11,69 Mb.