|
YO’LDOSH (GELIY) GAZLAR ZAXIRALARINI HISOBLASH
|
bet | 241/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 19.6. YO’LDOSH (GELIY) GAZLAR ZAXIRALARINI HISOBLASH
Geliy yo’ldosh gazlar ichida eng qimmatbahosi hisoblanadi.
Tabiiy gazlardagi geliy zaxiralari tarkibida geliy bor bo’lgan va geliyga to’yingan3) gazlar zaxiralari ma’lumotlari asosida quyidagi o’zaro nisbat bo’yicha aniqlanadi:
VNe=V0Ne , (19.19)
bunda VNe geliy zaxiralari, ming m3; V0 - tabiiy gaz zaxiralari, ming, m3; Ne -
tabiiy gazni geliy bilan to’yinganlik koeffitsienti, birlik ulushlarida.
Bu formula gaz-neft va neft uyumlari tarkibida ham erkin, ham yo’ldosh gazdagi geliy zaxiralarini aniqlash uchun qo’llanilishi mumkin. Lekin shuni nazarda tutish kerakki, geliy gazning eng kam eriydigan komponenti hisoblanadi, shu sababli boshqa gazlarga nisbatan eritmadan tezroq ajralib chiqadi. Neft uyumidan uglevodorod gazlarining boshqa komponentlari eritmadan butunlay ajralib chiqqunga
qadar geliyning deyarli barcha miqdori ajralib bo’ladi.
Demak, qatlam sharoitlarida neftda erigan gazning ajralib chiqishi endi boshlangan vaqtda geliyga to’yinganlikni aniqlash kerak. Geliy miqdorini aniqlash uchun qatlam gazidan namunalar olish va ularni laboratoriyada tahlil qilish zarur. Geliyning miqdori uyumda bir tekis tarqalmaganligi sababli namunani uyumning har xil qismlaridan olish kerak.
20-bob NEFT VA GAZNING ISTIQBOLLI (S2 TOIFA) ZAXIRALARINI HISOBLASH METODLARI, BASHORAT QILINGAN VAPOTENTSIAL ZAXIRALARNI BAHOLASH
Neft-gazning istiqbolli hisoblash va bashorat zaxiralarini baholash, neft va gaz sanoatining rivojlanishini rejalashtirish, uyumlarni razvedka qilish va ishlatishga ajratiladigan kapital mablag’ hajmini aniqlash imkonini beradi.
Neft va gaz genezisi masalalari hamda ularning uyumlarining hosil bo’lishi va tarqalishi hali etarli darajada o’rganilmagan, shuning uchun hududning neft-gazlilik istiqbolini baholash neft va gaz uyumlarining yer qobig’ida taqsimlanish qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlarni hisobga oluvchi umumiy geologik mulohazalarga asoslanadi.
Hozirgi vaqtga kelib, neft-gazlilikning taqsimlanishining faqat ayrim umumiy qonuniyatlari o’rganilgan. Geosinklinal oblastlarda neft va gaz to’planadigan regional zonalar asosan ularning chekka qismlariga to’g’ri keladi, ayrim zonalar esa
shu oblastlarning cho’kkan hamda tog’lararo botiq qismlarida joylashgan.
Platformalarda neft-gaz to’planadigan zonalarning qonuniy joylashishida yirik tektonik elementlar katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bu yerda bunday zonalar asosan gumbazli ko’tarilmalar yonbag’irlarida joylashgan bo’lsa, neft-gaz to’planish zonalarining bir qismi platforma botig’i hamda chekka botiqliklar yonbag’irlari bilan bog’liq.
Neft va gaz uyumlarining taqsimlanishiga kelsak, hozirgi vaqtda ularning faqat quyidagi strukturalarga bog’liqligi aniqlangan:
yer po’stining nisbatan ko’tarilgan uchastkalari uzulishlar, nomosliklar, qiyiqlanish va h.k.lar bilan to’silgan antiklinal ko’tarilmalar va tutqichlarga;
o’tkazmaydigan jinslar (qatlam) ostida yotuvchi, suyuqlik va gazni o’tkazuvchan g’ovakli va darzli jinslarga;
tog’lararo botiq va tog’oldi egilmasiga, tog’oldi egilmasiga qaragan platforma yonbag’irlariga, chekka va ichki chuqur platforma botiqliklariga, gumbazli ko’tarilmalarga va ularning yonbag’irlariga va h.k.
Neft va gaz hosil bo’lishining noorganik nazariyasi tarafdorlari bunday qonuniyatlarga quyidagilarni kiritadalar:
agar neft va gaz neft-gazli hudud kesimining yuqori gorizontlarida bo’lsa, ular barcha pastki gorizontlarida ham har doim uchraydi.
neft-gazlilik chuqur yer yoriqlari bilan bog’liq.
Istiqbolli zaxiralar (C2 toifa) tavsifi O’zbekiston Respublikasining Davlat
Zaxiralar Komissiyasi yo’riqnomasida berilgan (17-bob 17.3. mavzuga qarang).
Neft va gazning bashoratli zaxiralarini miqdoriy baholashning umum qabul qilingan metodi hozircha ishlab chiqilmagan. SHuning uchun ham neft va gaz zaxiralarini bashoratli baholashning aniqligi bir qator omillarga bog’liq. Hozirgi vaqtda ma’lum bo’lgan gaz va neft konlarining tarqalish qonuniyatlarini rejali va chuqur o’rganish asosida bunday metodni yaratishga va takomillashtirishga katta e’tibor berilmoqda.
Bashorat zaxiralarni baholashda istiqbolli maydon bilan razvedka qilingan maydon oralig’idagi o’xshashlik (anologiya) metodi asos bo’lib xizmat qiladi. Bu metod geologik-razvedka ishlari va geologik-konchilik tadqiqotlari ma’lumotlariga asoslanadi. Buning uchun dastlab qazilgan va o’rganilgan konlardagi turli tektonik elementlar bo’yicha ko’tarilmalar zichligi, neft va gaz uyumlarining yotish sharoitlari, kesim bo’yicha zaxiralar zichligining o’zgarishi va h.k.larni tavsiflovchi dastlabki ayrim etalon qiymatlarni olish zarur.
Razvedka qilingan konlardagi neft va gaz zaxiralarining va uyumlarning joylashishini o’ziga xos xususiyatlarini geologik jihatdan har tomonlama o’rganish ularga o’xshash istiqbolli maydonlarni o’rganishda asos qilib olinadi. O’rganilib, razvedka qilingan maydonlarda etalon sifatida olingan ko’pgina ko’rsatkichlar istiqbolli maydonlarda yo’q bo’lishi mumkin, lekin bu tadqiqotchini ikkilantirmasligi kerak, chunki qo’llanilayotgan ko’rsatkichlar bir-biri bilan o’zaro majmuaviy bog’liqligi tufayli ularning ayrimlarini bilish boshqalarini baholash uchun imkon yaratadi.
Qayd qilingan etalon ko’rsatkichlardan konni o’ziga xos geologik tuzilishini bilgan holda foydalanish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bunday holatda mavhum va rasmiy hisoblashlarni ishga solmasdan, istiqbolli maydonlar bo’yicha geologik ma’lumotlardan to’liq foydalanish kerak bo’ladi.
Neft va gaz zaxiralari bo’yicha belgilangan toifalarga mansub bo’lmagan zaxiralar bo’yicha turli qarashlar mavjud. Istiqbolli neft-gazlilikni miqdoriy baholash bo’yicha Davlat Zaxiralar Komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo’llanmaga (1984) muvofiq potentsial zaxira(resurs)lar deganda, oldindan ma’lum bo’lgan konlardan flyuid chiqarib olish boshlanishiga qadar mavjud bo’lgan sanoat ahamiyatiga molik neft va gaz zaxiralarining hamda istiqbolli va bashorat zaxiralarining umumiy miqdori, ya’ni oldin qazib olingan neft hajmi yig’indisi va razvedka qilingan (A+B+C, toifalari), istiqbolli (C2 toifa) hamda bashoratli zaxiralar (D guruhi) tushuniladi.
Bashoratli zaxiralar guruhida ularni baholash uchun yuqorida qayd qilingan qo’llanmaga muvofiq ikkita kichik D1 va D2 guruhlari ajratiladi.
D1 kichik guruhi neft va gaz uyumlarining bashoratli zaxiralari bo’lib, ular quyidagi tutqichlarda uchrashi mumkin: 1) strukturali tutqichlar:
chuqur burg’ilashga tayyorlangan, lekin neft va gaz zaxiralari C2 toifaga
kiritilishi mumkin bo’lmagan;
geologik va geofizik tadqiqotlar ma’lumotlari bo’yicha aniqlangan;
v) qo’shni, yaxshi o’rganilgan (etalon) hududlardagi lokal ko’tarilmalarning
tarqalish qonuniyatlari asosida taxmin qilinadigan; 2) litologik va stratigrafik tutqichlar:
bashorat qilinadigan maydonlarda bajarilgan geologik va geofizik tadqiqotlar
ma’lumotlari bo’yicha belgilangan;
geologik tuzilishi yaxshi o’rganilgan (etalon) hudud bilan bashorat qilinadigan hududlarning geologik tuzilishini taqqoslash asosida qayd qilingan tipdagi tutqichlarning neft-gazliligi taxmin qilingan.
D2 kichik guruhi neft-gazliligi geologik tuzilishining o’xshashligi bilan belgilangan yirik tektonik strukturalar (birinchi tartibli strukturalar) hamda neftgazliligi isbotlangan hududlar chegarasidagi ayrim svitalarning litologik-stratigrafik komplekslarida hisoblangan neft va gazlarning bashorat zaxiralari bo’lib, ularni hududning geologik o’rganilganlik darajasiga ko’ra D1 kichik guruhiga kiritib bo’lmaydi.
D2 kichik guruhiga quyidagi tektonik elementlarda joylashgan neft va gaz uyumlarining bashoratli zaxiralarini kiritish kerak:
1) neft-gazliligi isbotlangan yirik tektonik strukturalar (birinchi darajali strukturalar)da, ularni D1 kichik guruhiga kiritib bo’lmagan hollarda:
hisoblash sanasiga mahsuldorligi belgilanmagan, neft-gazliligi ehtimoli
bo’lgan litologik-stratigrafik komplekslarda;
burg’ilashlar bilan aniqlanmagan, katta chuqurlikka cho’kkan regional
mahsuldor litologik-stratigrafik komplekslarda;
v) neft-gazliligi taxmin qilinadigan regional tarqalgan litologik-stratigrafik
tutqichlar zonalarida.
2) neft-gazliligi taxmin qilinadigan hududlarda D2 kichik guruhiga ushbu yirik tektonik strukturada neft-gazliligi hali isbotlanmagan va litologik-stratigrafik komplekslarda hisoblangan bashorat zaxiralarini kiritish lozim. Geologik tuzilishi va rivojlanishi, neft-gazliligi avvaldan isbotlangan va yaxshi o’rganilgan hududlarni unga o’xshash tektonik strukturalardagi zaxiralarini taxmin qilish mumkin.
M.A. Jdanovning fikricha, VNIGNI tasnifi (1970) aniq va mantiqiy emasligi bilan farqlanadi. Uning tomonidan istiqbolli (S2 toifadan tashqari), alohida bashorat va potentsial zaxiralar ajratilishi taklif qilingan.
Bashorat zaxiralarga neft-gazliligi geologik mezonlar asosida baholanishi
mumkin bo’lgan hududlardagi zaxiralarni kichik guruhlarga bo’lmasdan kiritish mumkin:
mufassal tadqiqotlar asosida o’rganilmagan, neft-gazliligi ma’lum bo’lgan
yoki taxmin qilinadigan oblast (provintsiya)lar;
regional tadqiqotlar asosida o’rganilgan svitalarning neft-gazliligi ijobiy
baholanayotgan hududlarda;
v) neft-gazli hududlarda joylashgan tektonik bloklar chegarasida hali
burg’ilanmagan maydonlarda.
Potentsial zaxiralarga regional geologik va geofizik tadqiqotlar olib borilmagan, neft-gazlilik to’g’risidagi geologik mezonlari bo’lmagan, neft-gazliligi faqat umumiy geologik mulohazalar (katta chuqurliklarda, akvatoriyalarda, yangi va o’rganilmagan hududlarda) asosida belgilangan hududlardagi zaxiralarni kiritish mumkin.
Istiqbolli, bashorat va potentsial zaxiralarni hisoblash metodikasi va ularni baholash turlicha bo’ladi.
|
| |