ISTIQBOLLI ZAXIRALARNI HISOBLASH METODLARI




Download 11,69 Mb.
bet242/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

20.1. ISTIQBOLLI ZAXIRALARNI HISOBLASH METODLARI


C2 toifa bo’yicha neft va yonuvchi gazlar zaxiralarini hisoblash faqat hajmiy metod bilan bajariladi.
Yangi strukturalar bo’yicha C2 toifaga quyidagi neft va gaz zaxiralarini kiritish mumkin:

  1. agar strukturalarning va uning umumiy chegaralari (strukturali, stratigrafik va litologik tutqichlari) ushbu rayon uchun geologik va geofizik tadqiqotlar metodlari bilan ishonchli belgilangan bo’lsa; rayonda ushbu strukturalarning o’lchamlari va shakllarining tasdiqlanganlik darajasi chuqur burg’ilash ma’lumotlari bo’yicha o’rnatilgan bo’lsa;

  2. agar strukturaviy-fatsial va ayrim hollarda burg’ilash ma’lumotlarini tahlil qilish asosida aniqlangan strukturalardagi kollektorlar suyuqlik o’tkazmaydigan jinslar bilan qoplangan bo’lishi taxmin qilinsa;

v) agar kollektorlar sanoat ahamiyatiga molik neft yoki gazga to’yinganlik imkoniyati hamda strukturalarni neft yoki gaz bilan to’lganlik koeffitsienti ushbu strukturaviy-fatsial zona chegarasida neft va gaz uyumlarining hosil bo’lish sharoitlarini tahlil qilish asosida yaxshi o’rganilgan konlar bilan taqqoslab asoslansa;
g) quduqni burg’ilash jarayonida neft va gaz oqimi faqat qatlam sinagichlari
yordamida olingan maydonlarda;
d) ushbu neft-gazli provintsiyalarning strukturaviy-fatsial zona chegarasidagi
maydonlarda sanoat miqyosidagi mahsuldorligi boshqa, avval o’rganilgan, geologik tuzilishi o’xshash bo’lgan konlarda belgilanganda.
C2 toifali zaxiralaridan yuqori toifalardagi zaxirasi bo’lgan neft va gaz konlarida hisoblanadi:

  1. mahsuldor qatlamlar bo’yicha  zaxiralari yuqoriroq toifalarda baholangan

maydonlarga yondoshgan yirik tektonik blok bo’yicha istiqbolli uchastkalarda;

  1. kon-geofizika tadqiqot ma’lumotlari bo’yicha neft-gazliligi taxmin

qilinadigan va quduqlar bilan ochilgan qatlamlarda;
v) mahsuldorligi qo’shni, yaxshi o’rganilgan konlar bilan taqqoslab aniqlangan,
quduqlar bilan ochilmagan qatlamlarda.
Neft va gazning S2 toifali zaxiralarini hisoblashda quyidagilarni asoslash zarur:

  1. qatlamning yotishining geologik-strukturaviy sharoitlarini va litologik

xususiyatlarini tahlil qilish, hisoblash maydonini aniqlash imkonini beruvchi neftgazlilik chegaralarini;

  1. yangi strukturalarda ularga geologik tuzilishi o’xshash bo’lgan va yaxshi

o’rganilgan konlardan olingan ma’lumotlardan foydalanib hamda ushbu struktura joylashgan hududning tektonik tuzilishi va fatsiyaning o’zgarish qonuniyatlarini hisobga olgan holda qatlamning neft-gazga to’yingan qismining qalinligini, g’ovakliligini va boshqa hisoblash parametrlarini;
v) yaxshi o’rganilgan konlarda esa, qo’shni joylashgan, geologik jihatdan o’rganilgan uchastkalarniki kabi konlarda  tektonik tuzilishini va jinslarning litologik tarkibini o’zgarishidagi aniqlangan qonuniyatlarini hisobga olib o’rganilgan parametrlarni asoslash.
Istiqbolli zaxiralarni (C2 toifa) hisoblash uchun hajmiy metoddan foydalanish ehtimoliy mahsuldor maydonni aniqlashda juda murakkab hisoblanadi. Shuning uchun, o’xshashlik metodini qo’llab, quyidagi usulni ishlatish foydali hisoblanadi:
1. Avvaldan ma’lum bo’lgan konda ishlatilayotgan gorizontlari bo’yicha struktura xaritasida o’rtacha neftlilik maydoni C (bir qator gorizontlar uchun o’rtacha qiymat sifatida) va geologik xaritada qandaydir tayanch stratigrafik gorizontga mos keluvchi izogips chizig’i bo’yicha struktura maydoni C1 o’lchanadi. Keyin maydonlar nisbati aniqlanadi
S
 . (20.1)
S1 2. Ushbu rayonda joylashgan konlarning ishlatish gorizontlari bo’yicha belgilangan  koeffitsienti qiymatlaridan foydalanib, hali razvedka qilinmagan katta chuqurlikda joylashgan gorizontlarning ehtimoliy neftlilik maydonlarini va yangi strukturalarning neftlilik maydonlarini aniqlash mumkin bo’ladi.
Buning uchun ushbu stratigrafik gorizontlar chegaralari bo’yicha aniqlangan yangi strukturaning (yoki chuqurroqda joylashgan istiqbolli gorizontning) maydoni C2 topiladi, so’ngra neftliligi taxmin qilinayotgan maydon Sx quyidagi nisbat bo’yicha hisoblanadi:
С
Сx С2 С2 . (20.2)
С1
Yangi maydonda yaxshi o’rganilgan maydondagiga nisbatan u yoki bu fatsial o’zgarishlar qayd qilinsa, u holda geologik taxminlar asosida koeffitsient  qiymatiga tuzatish kiritiladi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ISTIQBOLLI ZAXIRALARNI HISOBLASH METODLARI

Download 11,69 Mb.