NEFTDA ERIGAN GAZ ZAXIRALARINI HISOBLASH




Download 11,69 Mb.
bet238/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

19.3. NEFTDA ERIGAN GAZ ZAXIRALARINI HISOBLASH


Neftda erigan gaz zaxiralarini aniqlash hisoblash sanasida neftning gaz bilan to’yinganligi bo’yicha bajariladi. Agar neftning gaz bilan to’yinganligi haqidagi ma’lumotlar bo’lmasa, tegishli qatlam bosimida hisoblash sanasida neftda erigan gaz miqdori neftda gazning eruvchanlik egri chiziqlari bo’yicha aniqlanadi. Gaz zaxiralarini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlarlarga ega bo’lish kerak: r - neft uyumidagi o’rtacha qatlam bosimi (hisoblash sanasida izobara xaritasi bo’yicha hisoblanadi, MPa); Q1 - hisoblash sanasida neftning chiqarib olinadigan (sanoat miqyosidagi) qoldiq zaxiralari, t; rP  hisoblash sanasida o’rtacha gaz omili, m3/t; r  hisoblash sanasida (r bosimda) grafik bo’yicha hisoblangan neftda gazning eruvchanligi, m3/t. Unda gaz zaxiralari V (m3) teng bo’ladi:
rP  r bo’lganda V=Q1r , (19.9)
rP  r bo’lganda V=Q1rr . (19.10)
Neftning gaz bilan to’yinganligini (hisoblash sanasida) chuqurlikdan olingan neft namunalarini tahlil qilish orqali aniqlash yaxshi natija beradi. Unda neftda erigan gaz miqdori neftda erigan gaz zaxiralarini hisoblashda dastlabki (boshlang’ich) ma’lumot bo’lib xizmat qiladi.
Neftni chiqarib olishda uning qatlamda qolgan qismidan bosim pasayishi bilan gaz ajralib chiqa boshlaydi, bunda erigan gaz rejimida va gaz qalpog’i rejimida zaminda qolgan neftdan qo’shimcha olinishi mumkin bo’lgan gaz miqdori ham hisobga olinadi.
Bu holda neftda erigan gaz zaxiralarini hisoblash formulasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
V0=Q0r0−Qol.b0poof−Qol.(b0−b)poof−Qch.o.ro , (19.11)
bunda V0  standart sharoitlarda neftda erigan gazning olinadigan zaxiralari, m3; Q0  standart sharoitlarda neftning balans zaxiralari, m3; Qol.  standart sharoitlarda chiqarib olinadigan neft zaxiralari, m3; Qch.o.  standart sharoitlarda chiqarib olinmaydigan neft zaxiralari, m3; b0 - p0 bosimda uyumni ishlatishning boshlanish sanasidagi qatlam neftining hajmiy koeffitsienti; bpo qoldiq bosimida uyumni ishlatishning yakuniy sanasidagi qatlam neftining hajmiy koeffitsienti; r0  0,1 MPa bosimda trapda o’lchangan dastlabki gaz omili rk  ro qoldiq bosimda neftda erigan qoldiq gazning miqdori, m3/m3; pk - qatlamdagi qoldiq bosim, MPa; o  pk bosimdagi gazning siqiluvchanlik koeffitsientiga tuzatish; f  temperaturaga tuzatish [(19.2) ga qarang]. Hisoblashni soddalashtirish uchun odatda pk=1 MPa ga teng deb qabul qilinadi.
Demak, qatlamda chiqarib olib bo’lmaydigan neftda ajratib olib bo’lmaydigan erigan (qoldiq) gaz, shuningdek, neftning chiqarib olinishi va neftning kirishishi hisobiga hosil bo’lgan g’ovaklar bo’shlig’idagi erkin gaz qoladi. So’ngra qoldiq bosim qiymati po ni va shu bosimda neftda qoldiq gazning eruvchanligini ro aniqlash mumkin bo’ladi.
Suv bosimli rejimdagi konlarda neftda erigan gazning chiqarib olinadigan zaxiralari faqat olinadigan neft zaxiralari bo’yicha aniqlanadi, boshqa rejimdagi konlarda esa neftning balans zaxiralari (19.11) formulasi bo’yicha hisoblanadi.
Boshqa rejimdagi (suv bosimsiz) neft uyumlari uchun neftda erigan gazning balans zaxiralarini V hisoblashda M.A. Jdanovning birmuncha o’zgargan shakldagi formulasidan foydalaniladi:
V=Qajrr0+Qol.[r0q]Qnpo , (19.12)
bunda Qajr  chiqarib olinadigan neft zaxiralari, t; Qch.o.  chiqarib olinmaydigan (qoldiq) neft zaxiralari, t; Qn  neftning chiqarib olinishi va zamindagi neftning kirishishi hisobiga hosil bo’lgan g’ovak bo’shlig’ining hajmi, m3; q  1 t neftdagi qoldiq erigan gaz miqdori (1 MPa qoldiq qatlam bosimida), m3; po  uyumni ishlatishning yakuniy bosqichida shartli ravishda 1 MPa ga teng deb kabul qilingan qoldiq mutlaq qatlam bosimi.
Demak, zaminda gazning yo’qoladigan miqdori (ya’ni, chiqarib olinmaydigan gaz) 1 MPa ga teng qoldiq qatlam bosimida chiqarib olib bo’lmaydigan neftdagi qoldiq gaz miqdori va neft zaxiralarini chiqarib olinishi natijasida hosil bo’lgan g’ovak bo’shlig’idagi erkin gazdan tashkil topgan.
Neftning (chiqarib olinadigan va chiqarib olinmaydigan) balans zaxiralaridagi gazning balans zaxiralari qatlam neftidan olingan namunalardan o’lchangan gaz omillari bo’yicha aniqlanadi.
Neftda erigan gaz zaxiralarini hisoblashda (19.12) formulaga nisbatan (19.11) formuladan foydalanish yaxshi natija beradi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



NEFTDA ERIGAN GAZ ZAXIRALARINI HISOBLASH

Download 11,69 Mb.