ZAXIRALARINI HISOBLASH METODLARI




Download 11,69 Mb.
bet234/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

GAZ VA GAZ KONDENSATI KONLARIDAGI GAZ VA KONDENSAT

ZAXIRALARINI HISOBLASH METODLARI



Yer qobig’ida tabiiy gazlar erkin gaz to’plamlari, neftda erigan, suvda erigan va toshko’mir qatlamlariga yutilgan (gidrat holatdagi gazlar ko’rib chiqilmaydi) tarzida uchraydilar. Ulardan oldingi ikki guruhi eng muhim sanoat ahamiyatiga molikdir.
Yerosti suvlarida erigan gazlar miqdori kam bo’lsada, ularning mutlaq zaxiralari katta bo’ladi, lekin shunga qaramay ulardan hech qaerda deyarli foydalanilmaydi. Toshko’mir qatlamlaridagi gazlarni faqat 1975-80 yillarga kelib qazib ola boshladilar. Bunday konlardan foydalanish usullari o’ziga xos va murakkab bo’lganidan ularni ishlatish chegaralangan.
Toza gaz va gaz kondensati konlaridagi, gaz qalpog’idagi va neft konlaridagi neftda erigan (yo’lakay) gazlarning joylashish sharoiti va zaxiralari turlicha bo’lganligi sababli ularning zaxiralari alohida-alohida o’rganilishi va hisoblanishi kerak. Tabiiy gazlar turli uglevodorodlar aralashmasidan iborat bo’lib, yonuvchi gazlar ularning asosiy va eng qimmatbaho tarkibiy qismi hisoblanadi; tabiiy gazlarda ko’pincha uchraydigan geliy ham sanoat ahamiyatiga ega; azot va karbonat kislota ballast (ortiqcha narsa) hisoblanib, ularning gaz tarkibida yuqori miqdorda bo’lishi gazning kaloriyaliligini, demak, tabiiy gazning bahosini pasaytiradi; vodorod sulfid o’zining zaharliligi va yuqori korroziyali xususiyatiga ko’ra zararli aralashma hisoblanadi; argon yer qa’rining ushbu uchastkasining tabiiy gazlar bilan boyiganlik darajasini ko’rsatuvchi eng muhim kimyoviy indikator vazifasini o’taydi.
Yonuvchi gazlarning zichligi, siqiluvchanligi, issiqlik chiqarish qobiliyati hamda ulardan sanoat miqyosida frydalanish imkoniyati ularni hosil qiluvchi uglevodorodlar tarkibiga bog’liq.
Tabiiy gazlarga davlat standartlari (GOST) o’rnatilmagan, shuning uchun ularni tavsiflaganda metan, og’ir uglevodorodlar, vodorod sulfidi, karbonat kislota, azot, argon va geliy gazlarining miqdori (hajmiy foizlarda) ko’rsatilgan kimyoviy tarkibini berish zarur. Shuningdek, gaz zichligi va uning issiqlik chiqarish qobiliyati ham ko’rsatiladi. Tarkibida katta miqdorda og’ir uglevodorodlari bo’lgan 1m3 gazda mavjud bo’lgan benzin miqdori (grammda), gaz kondensati konlari uchun esa, 1m3 gazdagi kondensat miqdori (grammda) haqidagi ma’lumotlarni ko’rsatish zarur. Neft va gaz konlaridagi gazning sanoat ahamiyatiga molikligi ularning sanoat miqyosidagi tavsifiga, konni ishlatishning iqtisodiy sharoitlariga bog’liq bo’lib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan hamda «O’zbekneftgaz» MXK tavsiyasiga binoan o’rnatiladi.
Gazning zichligining kamligi va harakatchanligining yuqoriligi uning qatlamda o’ziga xos joylashishini belgilab, g’ovaklarning bo’sh qismini to’la egallashini ta’minlaydi. Gazning bunday xususiyatlari u qatlamda suv bilan birga harakatlanganida g’ovakli jinslarning eng yuqori qismlarini to’ldirish imkonini beradi, shuning uchun gaz-suv tutash yuzasi, odatda gorizontal holatda bo’ladi. SHuning uchun gaz uyumining chegarasi odatda uyum joylashgan struktura izogipsiga to’g’ri keladi. Gazlar joylashishining bunday o’ziga xos xususiyati uyum chegarasini (mahsuldor qatlam strukturasi ma’lum bo’lganda) va kam sonli quduqlar burg’ilanganda gaz-suv tutash yuzasi holatini belgilashga imkon beradi. Gaz uyumining chegaralari va gaz-suv tutash yuzasi holati haqida olingan ma’lumotlar gaz uyumi hajmini hisoblashni osonlashtiradi.
Ko’pincha gaz uyumidagi gaz chekka yoki qatlam osti suvlarining u yoki bu bosimi ostida bo’ladi. Lekin ko’pincha suv bosimi sust bo’ladi, bunday hollarda gaz uyumini ishlatish jarayonida uning hajmi deyarli o’zgarmaydi. Suv faol bo’lishi ham mumkin, shunga ko’ra gaz uyumini ishlatish jarayonida gazlilik chegarasining (chekka suvlar mavjud bo’lganda) yoki gaz-suv tutash yuzasining (qatlam osti suvlari mavjud bo’lganda) siljishi sodir bo’ladi.
Gaz uyumidagi bosim ko’pincha bosimli suvlarning tazyiqidan paydo bo’ladi va uning miqdori shu bosim qiymati bilan aniqlanadi. Gaz qalpog’i chegarasida joylashgan quduqdagi bosimni va gaz-suv tutash yuzasi chegarasidan tashqarida joylashgan quduqdagi suv bosimini bilgan holda gaz-suv tutash yuzasi holatini (8.8) formula yordamida osongina aniqlash mumkin.
Shunday qilib, neftdan farqli o’laroq, gaz uchun uning engilligi va tez harakatchanligi tufayli nisbatan kam sonli kuzatuvlar yordamida zaxiralarni hisoblash uchun zarur bo’lgan bir qator muhim ko’rsatkichlarni aniqlash mumkin.
Lekin geologik-izlov ishlari ma’lumotlari va dala kuzatuvlari bo’yicha gaz konlari borligini oldindan aytib berishning hozircha iloji yo’q. Ishonchli ma’lumotlar to’plangan ayrim hollarda gaz-neft koni borligini taxmin qilish mumkin, lekin gaz koni mavjudligini ajratib ko’rsatish ehtimoldan uzoqdir. Agar gaz to’planishiga qulay strukturalar avvalroq topilgan strukturalarga asoslanib baholanadigan bo’lsa, u holda gazliligi belgilangan provintsiyalarda bir nechta gaz uyumlari mavjudligini taxmin qilish mumkin.
Hattoki, gazning tabiiy holda yer yuzasiga chiqib turgan joylari mavjudligi ham zaminda sanoat ahamiyatiga molik gaz koni borligini isbotlovchi aniq ma’lumot vazifasini hardoim ham o’tay olmaydi. Ko’pgina hollarda gaz chiqib turgan bunday joylar sanoat miqyosidagi uyumlar bilan bog’liq bo’lmagan gaz oqimlari siljiyotgan qatlamlar bo’lishi mumkin. Lekin ular ko’pincha gaz-neft konlarining darakchilari bo’lib xizmat qiladi.
Gosinklinal oblastlarda, ayniqsa kesimning yuqori intervallarida toza neft uyumlari ko’p uchraydi; toza gaz uyumlari hamda neft-gaz uyumlari esa 1000-1500 m intervallarda namoyon bo’la boshlaydi. Toza gaz uyumlari ko’pincha 1500-2000 m intervallarda, gaz kondensati uyumlari esa 2500-3000 m intervallarda ko’proq uchraydi.
Platforma oblastlarida esa boshqacha manzara kuzatiladi, chunonchi: kesimning yuqori intervallarida gaz uyumlari ko’proq uchraydi; 1000-1500 m intervallardan boshlab esa neft uyumlari ko’proq bo’lib, undan ham chuqurroqda gaz uyumlariga nisbatan ularning soni yanada ortib ketadi. Gaz kondensati uyumlari ayrim hollarda 1000-1500 m intervalda paydo bo’ladi, 2000-2500 va 2500-3000 m chuqurlikda esa ularning soni yanada ortadi. Masalan, O’zbekistondagi Ko’kdumaloq konida gaz kondensati rif majmuasi (yuqori yura davri korbonat formatsiyasi) kesimida an’anaviy XV-NR (rif usti, 2830-2930 m intervalda ochilgan), XV-P (rif, 2930-3070 m), XV-PR (rif osti,3110-3200 m) gorizontlarida ochilgan. Gaz kondensati uyumida qatlam bosimi 57,3-56,2 MPa, temperatura 1100S. Qayd qilingan taxminiy qonuniyatlar gaz uyumlarini izlashda muhim hisoblanadi.
Geologik va geofizik tadqiqotlar asosida istiqbolli uchastkalarni ajratish va razvedka burg’ilashi uchun qulay strukturalarni belgilash mumkin; ular chuqurlikda toza gaz, gaz kondensati yoki gaz-neft koni borligi haqidagi masalaga oydinlik kiritishi mumkin.
Metodik jihatdan to’g’ri tashkil qilingan geologik s’yomka, geofizik tadqiqotlar va burg’ilash ishlari bir-birini to’ldiradi va gaz konining geologik tuzilishini to’la va aniq yoritishga, gaz va kondensat zaxiralarini hisoblash uchun gaz yoki gaz kondensati uyumining kerakli tavsiflarini olishga imkon beradi.
Magistral gazuzatgich korxonalarini loyihalashda hisoblangan gaz zaxiralari asos qilib olinadi, shu sababli ularni hisoblash yo’riqnomalar talablariga rioya qilgan holda bajariladi.

Download 11,69 Mb.
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   252




Download 11,69 Mb.