|
Q0 QH[b1 (rp -r0 )Vp ]-(W -ω) b1 -b0
|
bet | 233/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi Q0 QH[b1 (rp -r0 )Vp ]-(W -ω) b1 -b0
rp-r0=0; b1=b0; QNb1=W-, bo’lganligi sababli neft zaxiralarini hisoblash noaniq
echimga olib keladi.
Neft zaxiralarini hisoblash metodlari uyumlarni razvedka qilinganlik darajasiga (zaxiralar toifasiga) ko’ra tanlanadi.
Zaxiralarni hajmiy metod bilan hisoblash neft uyumining razvedka qilinganligini har qanday bosqichida qo’llanilishi mumkin. Gaz bosimli yoki erigan gaz rejimli neft uyumlari uchun qo’llaniladigan statistik metod quyidagi hollarda ishlatiladi, agar:
bir qancha quduqlarning kamida bir yilda ishlatilganligi haqidagi ma’lumotlar
bo’lganda;
uyumlarni ishlatish sxemasi tanlangan va quduqlarni yillar davomida ishga
tushirish sur’atlari belgilanganda;
v) uyumni ishlatish rejimi, qatlam bosimlari va suvlilik chegarasini siljish
dinamikasi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lganda.
Neft zaxiralarini moddiy balans metodi bilan hisoblaganda quyidagilarga ega bo’lish zarur:
neftda gazni eruvchanligi haqidagi laboratoriya tekshiruvlari va shu munosabat bilan qatlam sharoitlaridagi va turli bosimlardagi neft hajmining o’zgarishi haqidagi ma’lumotlar;
turli bosimlarda uglevodorod gazlarining hajmi o’zgarishini ideal gazlar
qonunidan farqlanishi haqidagi ma’lumotlar;
v) gazlilik va neftlilik chegaralari hamda o’rtacha gaz omili haqidagi
ma’lumotlar;
g) qatlamni ishlatish boshlanishidan hisoblash sanasigacha chiqarib olingan neft,
gaz va suvlarning miqdori haqidagi ma’lumotlar (jami va oylar bo’yicha);
d) qatlamni ishlatish rejimi va qatlam bosimini o’zgarish dinamikasi haqidagi ma’lumotlar hamda izobar xaritalarini tuzish uchun barcha dastlabki ma’lumotlar bo’lganda.
19-bob
|
| |