Mavzu: Kimyo sanoati mashina va apparatlarini korroziyadan himoyalash usullari




Download 0,78 Mb.
bet1/2
Sana10.02.2024
Hajmi0,78 Mb.
#154385
  1   2
Bog'liq
M 8

Mavzu: Kimyo sanoati mashina va apparatlarini korroziyadan himoyalash usullari

Bajardi: Ma’murov M Tekshirdi: Sobirov S

Reja:

Reja:

1. Yupqa sirt qoplamalari orqali metallarni korrozidan himoyalash .

2. Fosfatli va oksidli himoya plyonkalari. 3. Fosfatlash jarayonining texnologiyasi


Metallarni korroziyadan himoyalashning asosiy sharti – korroziya tezligini kamaytirishdir. Korroziya tezligini quyidagi yo‘llar bilan kamaytirish mumkin: • tegishli korroziyabardosh qotishmalarni tanlash; • agressiv muhit tarkibini o‘zgartirish; • himoya qoplamalarini qo‘llash; • metallni korroziyaga yanada bardoshliroq material bilan agressiv muhitdan izolyatsialash; • himoyaning elektrokimyoviy usullarini qo‘llash. Birinchi guruh himoya usullari metall yoki qotishmalarni tayyorlash, termik yoki mexanik ishlov berish bosqichida qo‘llaniladi. Korroziyaga qarshi kurashishning ikkinchi guruh metodlari – muhit agressivligini kamaytirish maqsadida unga ingibitorlarni aralashtirish. Bu oxirgi paytlarda keng tarqalgan usuldir. Metall sirtiga izolyatsiyalovchi qoplamalarni yopishtirish uning korroziyalanish tezligini sezilarli darajada kamaytiradi. Bu universal usul bo‘lib, u ko‘pdan beri qo‘llaniladi. Qoplamalar organik masalan, lok-bo‘yoq va noorganik (galvanik, fosfatli va b.) bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda himoya xossasini kuchaytirish maqsadida organik va noorganik qoplamalarning kombinatsiyasi ham ishlatiladi. Ko‘p hollada oraliq qatlam sifatida metallga yaxshi adgeziyalanuvchi fosfatlash amalga oshiriladi. Bunda organik qoplamaning himoyalash qobilyati bir necha martaga ortadi.
Bir vaqtda boradigan katod va anod reaksiyalari tezligiga bevosita ta’sir etishga asoslangan usullar elektrokimyoviy usullarga ta’luqlidir. Bu ko‘pincha himoyalanadigan metallning potensiali bilan ifodalanadi. Anodli va katodli elektrokimyoviy usullar mavjud. Metallarni korrozidan himoyalashda yupqa sirt qoplamalari sifatida asosan noorganik himoya plyonkalari, galvanoqoplamalar va lok-bo‘yoq qoplamalari 209 ishlatiladi. Polimer materiallar yordamida metallarni korroziyadan himyalash oldingi bo‘limlarda ko‘rib o‘tilgan edi. Metallarni korroziyadan himoyalash uchun u yoki bu turdagi qoplamani qo‘llash buyumni ekspluatatsiya qilish muddati va korroziya tezligiga bog‘liq. 9.1- rasmda talab qilinadigan ishlash muddati va muhitning agressivlik darajasiga bog‘liq holda korroziyaga qarshi himoyalashning iqtisodiy maqbul usullari ulushining umumlashtirilgan ma’lumotlari keltirilgan.
1-rasm. Turli himoyalash usullari R solishtirma og‘irligi bilan po‘lat konstruksiyalarining talab qilinadigan ishlash muddati D ga bog‘liq holda korroziyaga qarshi qo‘llaniladigan vositalar hajmida taqsimlanishi. 1– elektrometallizatsiya (80 mkm)+LBQ (lok-bo‘yoq qoplamalari); 2– issiqlikda ruxlash (60–80 mkm); 3– silliqlangan sirtga LBQ (120 mkm); 4– past legirlangan po‘lat, loksiz; 5– qo‘lda metallash (150–200 mkm); 6– qo‘lda metallash (150–200 mkm)+LBQ; 7– qo‘l bilan zangdan tozalangan sirtga LBQ (120 mkm);
Download 0,78 Mb.
  1   2




Download 0,78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Kimyo sanoati mashina va apparatlarini korroziyadan himoyalash usullari

Download 0,78 Mb.