|
Mavzu: Kimyo sanoati mashina va apparatlarini korroziyadan himoyalash usullari
|
bet | 2/2 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #154385 |
Bog'liq M 81, 2, 4, 6 – 0,5-1,0 mm/yil; 3,7– 0,05 mm/yil.
Rasmdan ko‘rinadiki, xizmat qilish muddati 10 yildan oshmaydigan, korroziya tezligi 0,05 mm/yil dan oshmaydigan hollarda lok-bo‘yoq qoplamalarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Korroziya tezligi 0,5–1,0 mm/yil bo‘lganda buyumlarning xizmat muddatini kombinatsiyali metallash-tirilgan lok-bo‘yoq qoplamalarini qo‘llash orqali uzaytirish mumkin. Masalan, issiqlik orqali ruxlash plyus lok-bo‘yoq qoplamalari, qo‘lda metallash plyus lok-bo‘yoq qoplamalari va h.k. Bunday himoya usullarni qo‘llash orqali xizmat muddatini 30 yil va undan ortiqroqqa uzaytirishi mumkin. Atmosfera sharoitida ko‘pgina metallar oksid plyonkalari bilan qoplangan bo‘ladi. Biroq bu plyonkalar hamma vaqt ham buyumni korroziyadan to‘liq himoyalay olmaydi. Kimyoviy va elektrokimyoviy ishlov berish orqali metall sirtida yuqori adsorbsion imkoniyatga, elektroizolyatsiya xossalariga, yuqori mustahkamlik-ka ega bo‘lgan va yeyilmaydigan fosfat yoki oksid qoplamalarini hosil qilish mumkin. Passivlashtiruvchi eritmalar, moylovchi yoki lok-bo‘yoq materiallari bilan 210 qo‘shimcha ishlov berish orqali metallar va qotishmalar-ning korroziyabardoshligini yanada oshirish mumkin.
Fosfatlash jarayonining texnologiyasi oddiy. Fosfatlash qora va rangli metallar uchun qo‘llaniladi va u temir, marganes yoki ruxning kam eriydigan fosfatlarini hosil qolishdan iborat. Bu metod fosfor kislotasi tuzlarining xossalariga asoslangan. Fosfor kislotasi – H3PO4 uch turdagi tuzlarni hosil qilishi mumkin: • bir almashingan – digidrofosfatlar Me(H2PO4)2 • ikki almashingan – monogidrofosfatlar MeHPO4 • uch almashingan – fosfatlar Me3(PO4)2 (bunda Me – ikki valentli metall). Suvda faqat ammoniy va ishqorli metallarning fosfatlari eriydi. Temir, marganes va ruxning bir va ikki almashingan fosfatlari kam eruvchan. Demak, ularning hosil bo‘lishi uchun sharoit yaratilsa, ular metallning sirtida qolaveradi. Metall fosfor kislotasi bilan ta’sirlashganda dastlab digidrofosfatlar hosil bo‘ladi: Me + 2H3PO4 = Me(H2PO)2+ H2 Fosfor kislotasining konsentratsiyasini kamaytirsak uning ikkilamchi va uchlamchi tuzlari hosil bo‘ladi: Me(H2PO4)2 ↔ MeHPO4 + H3PO4 3Me(H2PO4)2 ↔Me3(PO4)2 + 4H3PO4
Fosfat plyonkasining hosil bo‘lishida fosfor kislotasi bilan metall o‘zaro ta’sirlashganda hosil bo‘ladigan mahsulot va fosfatlash uchun olingan eritma tarkibidagi modda qatnashadi. Fosfat plyonkasining hosil bo‘lishidan oldin temirning ionlanish Fe ↔ Fe2+ + 2e va vodorodning ajralish reaksiyasi 2H+ + 2e ↔ H2↑ boradi deb ta’kidlash mumkin. Eritmaga o‘tadigan temir fosfor kislotasini bog‘laydi va reaksiyaning muvozanati o‘ng tomonga siljiydi. Cho‘kmaga tushadigan di- va trifosfatlar kristallanib, po‘lat buyum sirtida zich kristall plyonka hosil qiladi.
Butun sirt yaxlit plyonka bilan qoplanib, vodorod ajralishi to‘xtagach, fosfatlash tugatiladi. Fosfat plyonkasi yaxshi adgeziyaga hamda yuqori rivojlangan g‘adir-budurlikka ega. Ular lok-bo‘yoq qoplamalari va singuvchi moylamalar uchun yaxshi grunt vazifasini o‘taydi. Dengiz suvlarida, tropik rayonlarda ishlatiladigan jihozlarda fosfatlash yaxshi samara beradi. Xizmat muddatining qisqaligi, mustahkamligi va elastikligining pastligi ularning asosiy kamchiligi hisoblanadi
|
| |