|
1-amaliy mashg’ulot texnologik jarayon strukturasini o’rganish
|
bet | 1/2 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 19,51 Kb. | | #236183 |
Bog'liq 1-Amaliy mashg`ulot
1-AMALIY MASHG’ULOT
Texnologik jarayon strukturasini o’rganish
Texnologik jarayonlar yangi qurilgan zavodlar uchun yaratilsa, boshlang’ich berilganlarga quyidagilar kiradi:
- detalning ishchi chizmasi, uning materialini, konstruktsiya, shakli va o’lchamlarini aniqlovchi;
- detalni tayyorlash uchun qo’yilgan texnik talablari, bunga esa ishlov berish aniqligi, sifati (qattiqligi, strukturasi, termik ishlov berish, balansirlash, og’irligi bo’yicha moslashtirish va boshqa shartlar) kiradi;
- vazifa qilib berilgan dasturning miqdori (buyum yoki detallarning soni);
- berilgan dasturdagi buyum va detallarni ishlab chiqarish muddati: yil, kvartal, oy va xafta (umumiy holda yil bilan ko’rsatiladi).
Texnologik jarayon mavjud yoki rekonstruktsiyalashtiriluvchi zavodlar uchun loyihalansa, zavodda mavjud bo’lgan jihozlarning soni, maydoni va boshqa ishlab chiqarish sharoitlari to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lish kerak.
Texnologik jarayon loyihalashda: GOST, ma’lumotnoma, katalog va jihozlarning pasportlari; moslama va asboblar albomi; keskich, o’lchagich asboblar uchun meyorlar; aniqlik, g’adir-budurlik, qo’shimlarni hisoblash va tayinlash, kesish rejimlarini hisoblash va texnik vaqtni aniqlash me’yorlari; tarifli-malakaviy ma’lumotnoma va boshqa yordamchi, internet materiallaridan foydalaniladi.
Ishlab chiqarish turi, ishlab chiqarish takti yoki amallar bog’lanish koeffitsienti hisoblab topilgandan keyin aniqlanadi. Ishlab chiqarish taktini (ba’zi bir adabiyotlarda tempi) hisoblash formulasi quyidagicha:
, min/son.
Bu erda: - jihozlarning bir yillik bir smenalab ishlash haqiqiy vaqt fondi, soatda; -smenalar soni; -dastur bo’yicha detallarning bir yillik soni.
Agar takt miqdori, boshlang’ich taxminiy o’rnatilgan xarakterli amallar uchun ketgan o’rtacha vaqtga yaqin yoki kichikroq bo’lsa ishlab chiqarishni ommaviy deb qabul qilinadi. Bu holda jihozlarning yuklatilganligi (70% dan kam emas) natijasida amallarni ishchi joylarga bog’lab qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Amallarning uzayish vaqti yirik me’yorlar yordamida xarakterli amallar o’lchamlari asosida taxminiy hisoblashlar bilan aniqlanadi.
Agarda takt miqdori ko’zda tutilgan alohida amallar vaqt uzunliklaridan bir qancha katta bo’lsa, detallarni tayyorlash seriyali ishlab chiqarish tamoili asosida olib borilishi kerak. Bu holda dastgohlarning kam yuklanganligi sababli detallarga partiyalab ishlov berish maqsadga muvofiq bo’ladi. Jihozlarni sozlashning sermehnatliligi tufayli, ishlov jarayonining uzunligi, mahsulot ishlab chiqish kalendar muddati, mahsulot turi va boshqa tashkiliy hamda iqtisodiy fikrlarga ko’ra seriyalab ishlab chiqarishda taxminiy partiya miqdori belgilanadi.
|
| |