• Gidrofob surtmalar.
  • Absorbsion surtmalar.
  • 2. Gidrofil asoslar
  • Gidrofil surtmalar uchun ishlatiladigan asoslar 1. Suvda eruvchan asoslar
  • Yumshoq dori shakllarini ishlab chiqishda ishlatiladigan yordamchi moddalar




    Download 83.09 Kb.
    bet1/3
    Sana25.05.2023
    Hajmi83.09 Kb.
    #64801
      1   2   3
    Bog'liq
    2-kredit
    Laboratoriya ishi-10

    Yumshoq dori shakllarining (linimentlar krem gel pasta) biologik samaradorligini aniqlash


    Surtmalar. Bu dori turlari boshqa mahalliy ishlatiladigan dori vositalariga nisbatan yuqori qulaylik va imkoniyatlarga ega bo’lib, ular o’z navbatida gidrofob, adsorbsion va gidrofil surtmalarga bo’linadi.
    Gidrofob surtmalar. Bu surtmalar uglevodorodli asoslar (vazelin, vazelin moyi, parafin) yordamida tayyorlanib, tarkibida boshqa turdagi lipofil xossali yordamchi moddalarni ham saqlashi mumkin (o’simlik va hayvon moylari, mumlar, sintetik glitseridlar va suyuq polialkilsiloksanlar). Shuningdek, ularni tarkibida juda kam miqdorda suv yoki dori moddalarning suvli eritmalari ham bo’lishi mumkin. Gidrofob surtmalar ishlatilish davrida yutilish (havo bilan muloqotni to’xtatish), suv bilan qiyin yuvilish, eksudatlar bilan qiyin aralashish va terini bo’shashtirish xossalariga egadir. Absorbsion surtmalar. Bu surtmalar ham gidrofob xossali bo’lib, ular teriga surtilish davomida eksudatni o’ziga absorbsiyalash (emulgirlash) xossasiga ega bo’ladi.
    1. Gidrofob asoslar: ular tarkibida juda kam miqdordagi suv yoki dori moddalarining suvli eritmalarini suvning moydagi emulsiyasi ko’rinishida saqlagan uglevodorodlar yoki suvning moydagi emulsiyalari bo’lishi mumkin (vazelin, lanolin yoki junli mumli spirtlar)
    2. Gidrofil asoslar: ular tarkibida qo’shimcha ravishda emulgirlangan suv yoki dori moddalarining suvli eritmalarini saqlagan suvning moydagi yoki moy-suv-moy ko’rinishidagi emulsiyalardan iborat (vazelin va suvli lanolin). Gidrofil surtmalar. Bu surtmalar giperosmolyar xossali bo’lib, ular katta miqdordagi eksudatlarni absorbsiya qilish imkoniyatiga egadir.
    Gidrofil surtmalar uchun ishlatiladigan asoslar
    1. Suvda eruvchan asoslar - ular o’z tarkibida gidrofil xossaga ega bo’lgan suvsiz erituvchilarni saqlaydi (polietilenglikol 400, propilenglikol va boshq.), shuningdek katta konsentratsiyali suvda eruvchan polimerlar (polietilenglikol 1500, proksanol 268 va boshq.)ham bo’lishi mumkin.

    Download 83.09 Kb.
      1   2   3




    Download 83.09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yumshoq dori shakllarini ishlab chiqishda ishlatiladigan yordamchi moddalar

    Download 83.09 Kb.