UYUMLARNI RAZVEDKA QILINGANLIK DARAJASI VA REJIMIGA KO’RA NEFT ZAXIRALARINI HISOBLASH METODLARINI TANLASH




Download 11,69 Mb.
bet232/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

18.5. UYUMLARNI RAZVEDKA QILINGANLIK DARAJASI VA REJIMIGA KO’RA NEFT ZAXIRALARINI HISOBLASH METODLARINI TANLASH


Turli geologik sharoitlar neft va gaz zaxiralarini hisoblashda u yoki bu metodlarni yanada muvaffaqiyatli qo’llash imkonini oldindan belgilab beradi. Odatda platformalarda joylashgan uyumlardagi zaxiralar faqat hajmiy metod yordamida, geosinklinallarda joylashganlari esa hajmiy va statistik metodlar yordamida hisoblanadi. Zaxiralarni rasmiy hisoblashlarda moddiy balans metodi deyarli qo’llanilmaydi.
MDHdagi konlarning ko’pchiligida qatlamga ta’sir etish metodi qo’llanilishi munosabati bilan hajm metodidan keng foydalaniladi, bu o’z navbatida statistik metodlardan foydalanishni cheklaydi.
Zaxiralarni hisoblash metodlarini tanlashda uyumni ishlatish rejimi va uning razvedka qilinganlik darajasi eng muhim omillarga kiradi. Uyumning ishlatish rejimiga ko’ra quyidagilarni inobatga olish zarur:

  1. samarali suv bosimli rejimda faqat hajmiy metod qo’llanilishi mumkin;

  2. nosamarali suv bosimli rejimda va uni erigan gaz rejimi bilan birgalikdagi ta’sirida (qatlam bosimi qiymati neftni gaz bilan to’yinish bosimi qiymatidan past bo’lganda) hajmiy metoddan tashqari moddiy balans va statistik metodlarni ham qo’llash mumkin;

  3. gaz qalpog’i va erigan gaz rejimlarida barcha uchta metodlarni qo’llash mumkin;

  4. gravitatsion rejimda faqat hajmiy metodni qo’llash mumkin (yana hajmiy metodning hajmiy-og’irlik varianti ham qulay).

Shunday qilib, hajmiy metod (uning variantlari bilan) har xil rejimlarda universal hisoblanadi. Lekin qatlamning fatsial o’zgaruvchanligi sezilarli darajada bo’lib, uning o’rtacha qalinligi, g’ovakliligi va boshqa parametrlarining qiymatini aniqlash murakkab bo’lganda hajmiy metodni qo’llash qiyin bo’ladi. Bunday sharoitlar ko’pincha erigan gaz rejimidagi uyumlar uchun xos; bu holda mavjud ma’lumotlarga asoslanib statistik metoddan yoki zaxiralarni hisoblashda qatlam hajmi va tegishli parametrlarni bilishni talab qilmaydigan moddiy balans metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday holda moddiy balans metodini qo’llash imkoniyati, jinslarning fatsial o’zgaruvchanligi va unga bog’liq holda qatlam bosimining notekis taqsimlanishi hamda qatlam bo’yicha uni ishlatishning bir xil sharoitlarini yaratishning qiyinligi bilan chegaralanadi. Demak, faqat statistik metod, uning kamchiliklariga qaramay, eng samaralidir.
Samarali suv bosimli rejimda statistik metodni yuqorida qayd etilganidek qo’llab bo’lmaydi, chunki qatlam bosimini muntazam pasayishidan oldingi va keyingi debitlar qiymatining bog’liqligi kuzatilmaydi, bog’liqlik ko’proq kundalik suyuqlik chiqarib olish miqdoriga bog’liq. Bu holda moddiy balans metodini ham qo’llab bo’lmaydi, chunki quyidagi formulada

Download 11,69 Mb.
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



UYUMLARNI RAZVEDKA QILINGANLIK DARAJASI VA REJIMIGA KO’RA NEFT ZAXIRALARINI HISOBLASH METODLARINI TANLASH

Download 11,69 Mb.