|
Mavzu №5: Korroziya, uning turlari va oldini olish choralari
|
bet | 1/2 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 168,4 Kb. | | #137397 |
Bog'liq korroziya gaz ta\'minoti prezentatsiya Mavzu №16:Korroziya turlari, Kimyoviy korroziya, Elektr – kimyoviy korroziya Reja: 1.Korroziya tushunchasi. 2. Kimyoviy korroziya. 4. Korroziyani oldini olish tadbirlari.
Korroziya (lotincha. corrigere — oʻymoq, yemirmoq) — 1) jismlar (metallar, beton, tosh, yogʻoch, baʼzi plastmassalar va boshqalar)ning tashqi muhit bilan biologik, kimyoviy yoki elektr-kimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Ma’lumki, ko‘pgina metall hamda uning qotishmalaridan tayyorlanadigan detallar termik va boshqa ishlovlarga berilishiga qaramay, tashqi muhit (havo, suv, kislota, ishqor, tuz eritma) ta’sirida korroziyaga berilib yemiriladi.
Korroziyaga bardosh (yoki zanglamaydigan) po’latlar deb, agressiv muhitlarda yuqori kimyoviy barqaror bo’lgan po’latlarga aytiladi. Korroziyagabardosh po’latlar kam yoki o‘rtacha uglerodli po’latlarni xrom, nikel. titan, aluminiy, marganes bilan legirlab olinadi. Korroziyaga qarshi xossalar po’latga ko‘p miqdorda xrom yoki xrom va nikel qo'shib hosil qilinadi. Xromli va xrom-nikelli po’latlar ko‘p tarqalgan. Xromli po’latlar arzon turadi, lekin xrom-nikelli po’latlarning korroziyagabardoshligi yuqori.
Zanglamaydigan po’latda xrom miqdori kamida 12%bo’lishi kerak . Xrom miqdori ko‘rsatilgandan kam bo’lganda korroziyaga qarshilik ko‘rsata olmaydi, chunki uning elektrod potensiali manfly bo’lib qoladi.
Po’latlarning korroziyaga bardoshligi kerakli termik va mexanik ishlov berishdan keyin ortadi. Masalan, 12X13 po’latning korroziyagabardoshligi termik ishlovdan keyin ortib, uning qattiqligi HRC 52-55 ga yetadi. 12X17 po’lati yanada korroziyagabardoshroq. Kislotali muhitlarda ham yaxshi ishlaydi. Payvandli konstruksiyalar uchun bu po’lat tavsiya etilmaydi, chunki payvandlash vaqtida po’lat 900-950°C dan yuqoriroq qizdirilib, tez sovitilganda (payvandlashda) uning sirtidagi donalarda xrom kamayadi (12% dan kam). Bu donalar chegarasida xrom karbidi ajralib chiqishi bilan tushuntiriladi. Natijada kristallararo korroziya yuzaga keladi.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda mamlakatimizda yiliga 10% ga yaqin metall korroziya tufayli yemiriladi. Bu esa millionlab so‘m mablag‘ ko‘kka sovurildi, demakdir
Metallarni korroziyaga berilish mexanizmiga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin:
|
| |