• Metallarning elektr toki o‘tkazadigan muhit (masalan, elektrolitlar)da yemirilishi elektrokimyoviy korroziya deyiladi
  • Metallarni dielektrik muhit (havo, moy, benzin va boshqa)lar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi tufayli yemirilishi kimyoviy korroziya deyiladi




    Download 168,4 Kb.
    bet2/2
    Sana15.01.2024
    Hajmi168,4 Kb.
    #137397
    1   2
    Bog'liq
    korroziya gaz ta\'minoti prezentatsiya

    Metallarni dielektrik muhit (havo, moy, benzin va boshqa)lar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi tufayli yemirilishi kimyoviy korroziya deyiladi.
    Korroziya tezligi metallning va muhitning xiliga, tarkibiga temperaturasiga, bosimiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, alangali pechlarda metallarning plastikligini orttirish maqsadida qizdirilganda undagi havo kislorodining metall sirtiga, yutilib temir oksidi (Fe2O3) hosil qilishi kimyoviy korroziyaga misol bo‘la oladi. Agar metall sirtidagi oksid parda zich va puxta (masalan, A12O3) bo‘lib, metallga yaxshi birikkan bo‘lsa, bu parda havo kislorodini metallning ichki qatlamlariga o‘tishiga to‘sqinlik qilib, uni yemirilishdan saqlaydi va aksincha zich va puxta bo‘lmasa, (masalan, Fe2O3) kislorod metallning ichki qatlamlariga o‘tib uni yemira boshlaydi.
  • Elektrokimyoviy korroziya. Metallarning elektr toki o‘tkazadigan muhit (masalan, elektrolitlar)da yemirilishi elektrokimyoviy korroziya deyiladi.

  • Bu xil korroziya amalda ko‘p uchraydi. Korroziya tezligi metall va elektrolit xiliga, konsentratsiyasiga, temperaturasiga, vaqtga va boshqalarga bog‘liq.

    Korroziyaning oldini olish tadbirlari . Metallar korroziyalanishining oldini olish tadbirlari xilma-xil bo‘lib, ularga masalan, sirt yuzalarini korroziyabardosh metallar (Zn, Cr, Al, Ni) bilan qoplash, agressiv muhit aktivligini pasaytirish va boshqalar kiradi. Quyida bu usullar bilan qisqacha tanishib chiqamiz:
    a) Sirt yuzalarini korroziyabardosh metallar bilan qoplash. Buning uchun avval buyumlarning sirt yuzalari mexanik yoki kimyoviy usullarda zang, moy va boshqalardan tozalanadi, Keyin esa korroziya-bardosh metall (Zn, Sb, Rb) vannasiga tushirilib, u yerda ma’lum vaqt saqlanadi. Masalan, tunuka list, sim, trubalar rux vannasida ruxlansa, mis buyumlar qalayli vannada qalaylanadi. Jarayonning oddiyligi, ish unumining yuqoriligi va puxta qoplama hosil qilishi sababli bu usul amalda keng qo‘llaniladi.
    b) Buyum sirtini galvanik usulda korroziyabardosh metallar bilan qoplash. Buning uchun vannaga korroziyabardosh metall tuzining suvdagi eritmasi (elektrolit) quyilib, unga buyum (katod) va korroziyabardosh metall plastinkasi (anod) tushiriladi. Katod tok manbaining manfiy qutbiga, anod esa musbat qutbiga ulanadi. Zarur tok o‘tishida anod plastinkasi elektrolitda erib, uning ionlari katod sirtiga yig‘ila boradi. Qoplama qalinligi tok kuchiga, uning o‘tish vaqtiga bog‘liq. Shuni qayd etish lozimki, agar buyum o‘z potensialidan kichik potensialli metall bilan qoplansa – anodli va aksincha, o‘z potensialidan katta potensialli metall bilan qoplansa – katodli usul deyiladi.
    e) Kimyoviy usul. Bu usulda po‘lat buyumlar N2NO3 tuzining 140–150 o С temperaturali eritmasiga tushirilib, 40– 50 daqiqa saqlanadi. Bunda ajralgan O2 buyum sirti bilan birikib himoya parda hosil qiladi.
    f) Elektrokimyoviy usul. Bunda buyumlar yuziga yaqinroq joyga protektor deb ataluvchi plastinka o‘rnatiladi. Bu plastinka potensiali himoya etiluvchi metall potensialidan kichik bo‘lmog‘i lozim. Bunday sharoitda buyumlarni elektrolitda yoki suvda ishlashda u bilan protektor orasida galvanik tok hosil bo‘ladi. Bunda protektor-anod, buyum katod vazifasini bajaradi. Ma’lum vaqtdan so‘ng anod, ya’ni protektor korroziyaga berila boradi. Bunda buyum korroziyaga berilmay saqlanadi. Masalan, kemalarning po‘lat vintlarini korroziyadan saqlashda protektor sifatida rux plastinkalaridan foydalaniladi.
    g) Muhit aktivligini pasaytirish. Buning uchun muhitga ma’lum miqdorda ingibitor deb ataluvchi maxsus moddalar kiritiladi. Bu usuldan, masalan, bug‘ qozonlarida va boshqa suv bilan ta’minlanadigan tizimlarda keng foydalaniladi. Masalan, ichki yonuv dvigatellarining sovitish tizimiga quyiladigan suvga ma’lum miqdorda xrompik (K2Cr2O7) qo‘shilsa, metall korroziyadan ancha saqlanadi.
    E’tiboringiz uchun tashakkur
    Download 168,4 Kb.
    1   2




    Download 168,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metallarni dielektrik muhit (havo, moy, benzin va boshqa)lar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi tufayli yemirilishi kimyoviy korroziya deyiladi

    Download 168,4 Kb.