|
GAZ KONDENSATI KONLARIDA KONDENSAT ZAXIRALARINI HISOBLASH
|
bet | 240/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 19.5. GAZ KONDENSATI KONLARIDA KONDENSAT ZAXIRALARINI HISOBLASH
Gaz kondensati konlarida gaz zaxiralarini hisoblash gaz uyumlari uchun qo’llanilgan (hajmiy va bosim pasayishi) metodlari bilan bajariladi. Gaz zaxiralari aniqlagandan so’ng 1 kub metr gazga to’g’ri keladigan kondensatning o’rtacha miqdori grammlarda aniqlanib, so’ngra kondensat zaxiralari hisoblanadi. Dastlab kondensat miqdori qatlam sharoitlarida hisoblanadi, so’ngra turli separatsiya rejimlarida cho’kib qoladigan barqaror kondensat miqdori va uning fraktsion tarkibi va zichligi aniqlanadi.
Ma’lumki, metanga yuqori uglevodorodlar qo’shilganda ko’pgina holatlarda aralashma hajmi o’sha temperatura va bosimda ko’paymay, balki metan hajmidan kam bo’lar ekan. Bu hodisa ko’pincha gazda pentanlar miqdori 5-10% dan ko’proq miqdor bo’lganda va mutlaq bosimda 35 MPa dan oshmaganda kuzatiladi. Gaz kondensati uyumlaridagi gazlarda pentan va yuqori uglevodorodlar miqdori 1 dan
5% gacha, bosim esa ba’zan 35 MPa dan yuqori bo’lganda «manfiy hajm» qiymati gaz zaxiralarini odatdagi metodlar bilan hisoblash aniqligiga deyarli ta’sir qilmaydi (xatolik 0,2 dan 1% gacha).
Barqaror kondensatning balans zaxiralari uyumdagi gazning balans zaxiralari ma’lumotlari bo’yicha massa birliklarida quyidagi nisbati bo’yicha aniqlanadi:
V0ρк (19.16)
Q0
R
yoki
Q0 V0qρк , (19.17)
bunda Q0 - standart sharoitlarda barqaror kondensatning boshlang’ich balans zaxiralari, m3; V0 - ctandart sharoitlarda gazning boshlang’ich balans zaxiralari (kondensat bilan birgalikda), m3; k - barqaror kondensat zichligi, t/m3; R - ctandart sharoitlarda o’rtacha boshlang’ich gaz kondensati omili, m3/m3; q - standart sharoitlarda barqaror kondensatning gazdagi o’rtacha boshlang’ich miqdori, m3/m3. Tajriba ma’lumotlari bo’yicha aniqlangan (kondensat bilan hisoblanganda) kondensat bera olish koeffitsienti miqdori 0,75 ga etadi, qatlam bosimini saqlash bilan uyum oqilona ishlatilganda kondensat bera olishni 0,9-0,92 gacha ko’tarish mumkin.
Shuni nazarda tutish kerakki, gaz kondensati uyumlaridan foydalanishda qatlam bosimi pasayishiga ko’ra gazdan o’ta qaynovchi fraksiyalar suyuqlik fazasi tarzida qisman ajralib chiqadi, shuning uchun ham gaz tarkibi unda o’ta qaynovchi fraksiyalar kamayishi yo’nalishida o’zgarib boradi. Qatlam bosimi pasayishi natijasida gazning zichligi va o’ta siqiluvchanlik koeffitsienti o’zgarib boradi. Shuning uchun gaz zaxiralarini to’g’riroq aniqlash uchun laboratoriya tadqiqotlari olib borish zarur, bu maqsadda vaqti-vaqti bilan gaz namunalaridan olib turiladi. Uyumlarda sodir bo’ladigan bunday o’zgarishlarni hisobga olmasdan turib, tarkibida
400-500 sm3/m3 atroflarida suyuq fazasi bo’lgan qatlam gazi uchun o’rtacha qatlam bosimini aniqlashdagi xatolik 15% ga etadi (r/z nisbati esa - 17% ga yaqin), bunday xatoliklar, tabiiyki, gaz zaxiralarini to’g’ri aniqlash imkonini bermaydi.
Agar gazdagi suyuqlik fraksiyasi miqdori 150-200 sm3/m3 bo’lsa, o’rtacha qatlam bosimini (rsr) aniqlashdagi xatolik 5% dan kam bo’ladi, bunday holatda rsr hisoblashda qatlamda cho’kib qolgan suyuq faza hajmining va gaz fazasi tarkibining o’zgarishini e’tiborga olmasa ham bo’ladi.
Shunday qilib, gaz kondensati konlaridagi gaz zaxiralarini hisoblashda gazda gazsimon holatda bo’lgan kondensat ulushini hisobga olish lozim. Chunki, gazsimon kondensat suyuq faza tarzida ajralib chiqqandan so’ng hisoblangan gaz zaxiralarining hajmi shu ajralib chiqqan kondensat hajmi hisobiga kamayadi. Bu qiymat gaz zaxiralari katta va gazda kondensatning miqdori yuqori bo’lganda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Gaz holatidagi kondensatning gazdagi miqdorini quyidagi nisbat bo’yicha aniqlash mumkin:
22,4 3 V Q0 10 , (19.18) M
bunda V standart sharoitlarda qatlam gazidagi gaz fazasi ko’rinishidagi kondensat miqdori, m3; Q0 kondensatning balans zaxiralari, t; M kondensatning molekulyar massasi14).
Qatlam gazida gaz holatidagi kondensat hajmi (standart sharoitlarda) qatlam gazidagi og’ir yuqori molekulyar uglevodorodlar miqdoriga bog’liq bo’lib (19.18) formula bo’yicha aniqlanadi.
Masalan, gaz kondensati uyumida gaz zaxiralari 50 mlrd.m3 barqaror kondensatning boshlang’ich miqdori 150 g/m3 bo’lsa, u holatda kondensatning boshlang’ich zaxiralari 7,5 mln.t ni tashkil qiladi. (19.18) formula yordamida qatlam gazining gaz fazasidagi kondensat hajmi 1,68 mlrd.m3 yoki boshlang’ich gaz zaxirasidan 3% ni tashkil etishini aniqlash mumkin15). Gaz zaxiralari 50 mlrd.m16, barqaror kondensaning boshlang’ich miqdori 500 g/m3 bo’lsa, kondensat zaxiralari 25 mln.t ga teng bo’ladi. (19.18) formula bo’yicha aniqlangan gaz fazasidagi kondensat hajmi 5,6 mlrd.m3 ni, ya’ni boshlang’ich gaz zaxirasining 9% ga yaqinini tashkil qiladi. Bu miqdorni erkin gaz zaxiralarini hisoblashda e’tiborga olish zarur.
|
| |