BASHORAT QILINADIGAN ZAXIRALARNI BAHOLASH




Download 11,69 Mb.
bet243/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

20.2. BASHORAT QILINADIGAN ZAXIRALARNI BAHOLASH


O’rganilayotgan hududdagi bashorat qilinadigan neft (yoki gaz) zaxiralarini baholash maqsadida eng oldin quyidagi geologik mezonlar asosida hududda neftgazli yotqiziqlarning tarqalishi uchun qulay sharoitlar yuzaga kelganligini baholash kerak:

  1. tektonik sharoitlar va lokal strukturalarning borligi yoki yo’qligi;

  2. yotqiziqlarning hosil bo’lishi va shakllanishida paleogeografik sharoitlarning mavjudligi va ularning stratigrafik kesimi;

  3. jinslarning litologik-fatsial xususiyatlari va cho’kindi to’planish sharoitlari;

  4. gidrogeologik va gidrokimyoviy ko’rsatkichlar;

  5. geokimyoviy ko’rsatkichlar;

  6. qo’shimcha geologik ko’rsatkichlar; 7) neft va gaz uyumlarining hosil bo’lish sharoitlari va joylashishi;

8) jinslarning kollektorlik xususiyatlari; 9) tutqichlarni hosil bo’lish sharoitlari;

  1. neft va gaz uyumlarining saqlanib qolish va buzilib ketish sharoitlari;

  2. jinslarning metamorfizmga uchrashining neftlilik va gazlilikka ta’siri va h.k.

Qayd qilingan ma’lumotlar asosida hududning sifat tafsilotlariga oid bashoratli xaritalari tuziladi. Bunday xarita hudud uchun tuzilgan umumiy tektonik rayonlashtirish xaritasi asosida tuziladi.
Yuqorida qayd etilgan geologik mulohazalar asosida xaritada istiqbolliligi turli
darajada bo’lgan maydonlar ajratilishi lozim va ularning taxminiy tasnifi keltirilishi kerak (20.1-jadval).
Shundan so’ng bashorat qilinadigan zaxiralarni miqdoriy baholashga o’tish mumkin.
Oldin ko’rsatilganidek, neft va gazning istiqbolli zaxiralarini hisoblashni umum qabul qilingan yagona metodikasi yo’q. Lekin barcha qo’llaniladigan usullar mazmuniga ko’ra u yoki bu darajada geologik o’xshashlik tamoyillaridan kelib chiqadi. SHu o’rinda jiddiy hisoblashlarda qo’llaniladigan eng muhim ko’rsatkich sifatida solishtirma zaxiralar (zaxiralar zichligi) qabul qilingan. Bu ko’rsatkich o’rganilgan va razvedka qilingan maydonda oldindan hisoblangan neft uchun km2 ga tonnalarda va gaz uchun km2 ga kub metrlarda (yoki qandaydir boshqa birliklarda, masalan, 1 m mahsuldor qatlam qalinligiga to’g’ri keladigan va b.) ifodalanadi.
20.1-jadval



Maydonning istiqbolli xususiyatlari

Neft-gazlilikning geologik mezonlari va neft-gaz uyumlarining hosil bo’lish sharoitlari

I

Nihoyatda istiqbolli

Strukturalar va tutqichlar mavjud, jinslarning qulay litologik-fatsial tavsifi va ularning kollektorlik xususiyatlari belgilangan; bevosita qulay geokimyoviy va gidrokimyoviy ko’rsatkichlar bor; qulay paleogeografik ko’rsatkichlar va neft-gaz uyumlarini hosil bo’lishi va saqlanib qolishi uchun paleogeologik sharoitlar mavjud va h.k.

II

Istiqbolli

Strukturalar va tutqichlar bor; jinslarning qulay litologik-fatsial tavsifi va ularning kollektorlik xususiyatlari belgilangan; neft va gaz uyumlarining hosil bo’lishi va saqlanib qolishi uchun qulay sharoitlarning iloji borligi haqida dalolat beruvchi geokimyoviy va gidrokimyoviy ko’rsatkichlarning faqatgina ayrim bilvosita ma’lumotlari bor va h.k.

III

Kam istiqbolli

Ayrim qulay belgilar  struktura va kollektorlar borligi bilan bir qatorda noqulay ko’rsatkichlarga ham ega: strukturalar qisman ochilgan, neft va gaz uyumlarining qisman buzilganligidan dalolat beruvchi kuchli buzilish-lar; jinslarning kollektorlik xususiyatlarini yomonlashtiruvchi metamorfizatsiya hodisasiga uchraganligi kuzatiladi va h.k.

IV

Istiqbolli emas

Qulay strukturalar yo’q; neft va gaz uyumlarining buzilishini aniq geokimyoviy va gidrokimyoviy ko’rsatkichlari mavjud, neft va gaz uyumlarini hosil bo’lishi uchun noqulay paleogeografik sharoitlar yuzaga kelganligi haqidagi dalolatlar bor; jinslarning kuchli metamorfizmga uchraganligi kuzatiladi va h.k.

V

Istiqbolligi noaniq bo’lgan maydonlar

Neft-gazlilikning geologik mezonlari va neft-gaz uyumlarining hosil bo’lish sharoitlari noaniq yoki etarli darajada aniqlanmagan. Faqatgina strukturalar va kollektorlarning bo’lishi mumkinligi haqidagi umumiy ma’lumotlar va cho’kindilar hosil bo’lishining paleogeografik sharoitlari haqidagi umumiy mulohazalar bor xolos.

Razvedka qilingan maydon uchun hisoblangan solishtirma zaxiralar qiymatidan turli metodlar bilan bashorat qilinadigan zaxiralarni hisoblashda foydalanish mumkin.
Razvedka qilingan rayonlarda yaxshi o’rganilgan kon (gorizont)lar bo’yicha birlik (m2, km2) maydon (yoki hajm) uchun hisoblangan o’rtacha solishtirma zaxiralarni hisoblashning o’xshashlik metodi keng tarqalgan bo’lib, uni geologik tuzilishi o’xshash bo’lgan va bashorat qilinadigan hududlarda etalon metod sifatida qo’llash mumkin.
O’xshashlik metodining (qiyosiy geologik tahlil) asosini etalon va baholanayotgan hududlarning geologik rivojlanish tarixini, tektonik holatini, lokal strukturalarning tuzilishini, cho’kindi jinslar majmuasining litologik tarkibini va fatsial xususiyatlarini, ularning qalinligini, yoshini va h.k. larning o’ziga xosligini, o’xshashligini va farqlanishini aniqlash tashkil qiladi. Ushbu hududlar o’rtasidagi o’xshashlikni taqqoslash qancha chuqur va to’laroq olib borilgan bo’lsa va ularning geologik tuzilishida qanchalik ko’p o’xshashlik aniqlansa, neft va gaz zaxiralarini bashoratli baholash shuncha ishonchli bo’ladi.
O’rganilgan maydonda neft va gaz zaxiralarini miqdoriy bashoratli baholash uchun etalon uchastka tanlanadi, u geologik tuzilishi va neft-gazni joylashish sharoitiga ko’ra baholanayotgan maydonga juda o’xshash bo’lishi zarur. Bunday etalon uchastka uchun neft-gaz zaxiralari, neftlilik maydoni va mahsuldor yotqiziqlar (neft va erkin gazlar uchun alohida-alohida bo’lgan) hajmi aniqlanadi.
Qayd qilingan ma’lumotlar asosida etalon uchastka bo’yicha maydon birligiga va neft yoki erkin gazi bo’lgan jinslar  kollektorlar hajm birligiga zaxiralar zichligi aniqlanadi.
Bu ma’lumotlardan keyinchalik quyidagi nisbatlar bo’yicha bashoratli hududdardagi neft yoki gaz zaxiralarini hisoblashda foydalaniladi.

  1. Agar ma’lum bir maydon birligigada hisoblash birligi sifatida zaxiralar zichligi qabul qilinsa, unda

Q=Fqk, (20.3)
bunda Q  baholanayotgan hududdagi neft yoki gaz zaxiralarini miqdoriy baholash, mln.t neft yoki mlrd.m3 gaz; F  baholanayotgan hududning umumiy maydoni, km2; q  razvedka qilingan (etalon) maydon birligiga to’g’ri keladigan neft yoki gaz zaxiralarining o’rtacha zichligi, mln.t/km2 yoki mlrd.m3/km2; k  razvedka qilingan va baholanayotgan maydonlarning geologik tuzilishidagi yoki neftgazliligidagi farqni hisobga oluvchi o’xshashlik darajasiga kiritiladigan umumiy tuzatish koeffitsienti. Uning qiymati hududni o’rganilganlik darajasini hisobga olgan holda neft-gazlilikning dastlabki mezonlarini tahlil qilish asosida aniqlanadi.

  1. Agar hisoblash birligi sifatida tarkibida neft va gaz bo’lgan jinslar-kollektorlar hajmi birligiga to’g’ri keladigan zaxiralar zichligi qabul qilinsa, unda

Qe k , (20.4)

Download 11,69 Mb.
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BASHORAT QILINADIGAN ZAXIRALARNI BAHOLASH

Download 11,69 Mb.