• Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirish tamoyillari.
  • Mavzu: Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishning maqsadi va vazifalari




    Download 287,49 Kb.
    bet1/4
    Sana12.10.2024
    Hajmi287,49 Kb.
    #274622
      1   2   3   4
    Bog'liq
    19 Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishning maqsadi va vazifalari


    Mavzu: Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishning maqsadi va vazifalari



    Reja:


    1. Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish maqsadi va vazifalari

    2. Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish turlari tasnifi

    3. Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirish tamoyillari.

    4. Xulosa

    5. Foydalanilgan adabiyotlar

















    Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirishning maqsad va vazifalari

    Muhandislik inshootlari (yo‘l, ko‘prik va boshqalar) tarkibiga kiradigan yo‘l daraxtlari ob’ektning o‘ziga xosligini ta’kidlab, uni transport haydovchisi, piyodalar va yo‘lovchilar tomonidan qabul qilinishini oshirishi kerak. Yo‘l o‘simliklari quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:



        1. yo‘lning ko‘rinishini idroq qilish;

        2. insonlar va transport harakati xafsizligini yaxshiroq ta’minlash uchun sharoit yaratish;

    v) yo‘lni atrof landshaftiga moslashtirish, tabiat go‘zalligini bor bo‘yicha ko‘rsatish va shuningdek, landshaftni boyitish;
    g) mikroiqlimni yaxshilash;
    d) inshootlarning uzoq muddat ishlashini ta’minlash.
    Yo‘l o‘simliklari tabiatning boyliklarini ko‘rinishini buzmasdan, ayrim ko‘rimsiz ob’ektlarni (bino, ochiq kon v.b) ko‘rinishini berkitishga xizmat qiladi. Yo‘l o‘simliklari odamlar to‘planadigan joylarda (avtobus bekatlari, dam olish maydonchalari) atrof muhitga qaraganda yaxshilangan mikroiqlim sharoitini yaratishi kerak. Ular yuqori didli ko‘rinishda bo‘lib, odamlar to‘planadigan joyni shamoldan to‘sish, quyosh, chang va shovqindan saqlashga xizmat qiladi.
    Yo‘l o‘simliklari muhandislik inshootlari (ajratuvchi tasma, yon bag’r qiyaligi, suv qochirish ariqchalari v.b.) saqlanganligini ta’minlashga yordam beradi. Ko‘kalamzorlashtirish faqat manzara vazifasini emas, balki yo‘lning transport-ekspluatastion ko‘rsatgichlariga, ba’zi bir hollarda yo‘l harakati xavfsizligi va qulayligiga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
    Yo‘l bo‘yi o‘simliklarining himoya funkstiyalari yo‘llarni qor va qum bosishidan va chang-to‘zondan asrashda, daraxtlar ochiq joylarda transport vositasini boshqarishni qiyinlashtiradigan yon tomondan esadigan kuchli shamolni to‘sishda,
    butalar o‘yma, ko‘tarma yon bag’rlarini va jarliklarni suv va shamoldan emirilishidan himoyalashda, o‘simliklar yo‘l poyini namgarchilik va suvli joylarda quritishga yordam beradi.
    Yo‘l bo‘yi o‘simliklari yo‘l harakatini tashkil etishning kompleks tadbirlarida, tuman va qor bosib qolish davrlarida, sutkani qorong’i vaqtida yo‘lni idrok etishni ta’minlash, hamda yo‘lning to‘g’ri va egri bo‘laklarida haydovchilarni yo‘nalishni aniqlashini yaxshilash, yo‘lning ayrim elementlarini, chorrahalar, xizmat ko‘rsatish inshootlarini aniq ko‘rsatib harakat xavfsizligini oshirishga yordam beradi. Ajratuvchi tasmali bo‘lgan ko‘p tasmali yo‘llarda haydovchilarni qarshi tomondan kelayotgan avtomobillar farasi yorug’ligidan ko‘z qamashishini oldini oladi. Mamlakatga mehmon bo‘lgan yo‘lovchilarni zavqlantiruvchi manzaralar bilan o‘ziga jalb qiladi.

    Download 287,49 Kb.
      1   2   3   4




    Download 287,49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishning maqsadi va vazifalari

    Download 287,49 Kb.