Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish turlari tasnifi




Download 287,49 Kb.
bet2/4
Sana12.10.2024
Hajmi287,49 Kb.
#274622
1   2   3   4
Bog'liq
19 Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishning maqsadi va vazifalari

Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish turlari tasnifi


Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish asosiy ikki turga bo‘linadi: himoya va manzarali ko‘kalamzorlashtirish.



  1. Himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirishga quyidagilar kiradi:

  • nurashga qarshi himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;

  • qordan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;

  • qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;

  • shovqin-gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish.

  1. Manzarali ko‘kalamzorlashtirish - turizm sohasi bo‘yicha mamlakat mehmonlarini jalb etuvchi omil bo‘lib, avtomobil yo‘lini arxitektura-tasviriy ko‘kalamzorlashtirish uchun qo‘llaniladi.

Himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish.
Nurashga qarshi himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish avtomobil yo‘llarini atmosfera yog’inlari va uchirib ketuvchi shamollarning buzuvchi ta’siridan himoyalash uchun qo‘llaniladi. Nurashga asosan himoyalanmagan yo‘l yoqasi yuzasi, yo‘l yon bag’irlari va suv qochirish inshootlari uchraydi. Nurashga asosan past mustahkamlikka ega mayda donali changsimon qumlar, changsimon suglinok va
glinalar, lyoslar va lyossimon suglinoklar, tarkibida ko‘p miqdorda glina donalari bo‘lgan mergeli gruntlar xarakterlidir. Tuproq yuzalarini nurashga qarshi himoyalash choralarining samarali usullaridan biri, ularda ildizi 20 sm va undan chuqurroq o‘suvchi o‘simlik qatlamini barpo qilish va natijada zich va mustahkam chimli qatlam hosil qilishdir. Hosil qilingan o‘simlik qatlami himoya vazifasini bajarishidan tashqari avtomobil yo‘llarini estetik bezatish elementi ham hisoblanadi.
Bundan tashqari nurashga qarshi himoyaga yo‘llarni buzib yuboruvchi va o‘suvchi jarliklarga, sel oqimini yuvib ketishi va buzishi, hamda ko‘chkiga qarshi kurashish chora tadbirlarida ishlatiladigan himoyalar ham kiradi. Bunday o‘simliklar har qanday holatda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida tashkil qilinadi.
Qordan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish yo‘l poyini qor bosishidan himoyalash uchun qo‘llaniladi. Bu turdagi ko‘kalamzorlashtirish bir yoki bir necha tasma ko‘rinishida, uncha katta bo‘lmagan hajmli qor bosishida buta yoki qoraqarag’ay, jonli devor ko‘rinishida qo‘llaniladi.
Qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish - avtomobil yo‘llarini qum bosishidan saqlaydi va daraxt-buta ekinlari hamda yo‘l bo‘ylab yotuvchi qumlarni o‘simlik ekish bilan mustahkamlashni o‘z ichiga oladi. Yo‘l bo‘yida yotuvchi ko‘chib yuruvchi qumlarga qarshi chora ko‘rilmasa qatnov qismini qum bosishiga olib kelishi mumkin.
Shovqin-gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish yo‘lning aholi yashash joylari va ularning yaqinidan, kurort mintaqasi hududi yonidan, davolanish maskanlari, turizm rivojlangan hududlar, qo‘riqxonalar, milliy bog’lar hamda madaniy qimmatbaho qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish uchun mo‘ljallangan erlar va boshqa joylarda qo‘llaniladi.
Bu turdagi ko‘kalamzorlashtirish maxsus tanlab olingan ko‘p qatorli daraxt- butali ekinlardan tashkil topadi va shovqin tarqalishini, zaharli gazlar va yo‘l qoplamasida to‘planuvchi changlarni tarqalishini oldini olishda samarali to‘siq hisoblanadi.
Yo‘l bo‘yi mintaqasini kompleks himoyalash talablariga binoan yashil ekinlarni asosiy ko‘rsatgichlari quyidagi tartibda bo‘ladi:

  • tasma kengiligi – 10 m dan kam bo‘lmagan;

  • daraxt balandligi 7-8 m dan kam bo‘lmagan;

  • butalar balandligi – 1,5-2 m dan kam bo‘lmagan.

Himoya tasmasini ko‘ndalang kesimi shakli ifloslanish manbai tomonga (ya’ni yo‘lning qatnov qismi tomoniga) qiya holda uchburchak shaklida bo‘lishi kerak.
Shovqin-gaz-changdan himoyalovchi yashil tasma barpo qilish uchun daraxt turlarini tanlashda ularning avtomobillardan chiqayotgan gazlarga ta’sirini inobatga olish lozim.
Quyidagi daraxtlar ko‘proq chidamli hisoblanadi:

  • ignabargli daraxtlar, sibir tilog’ochi;

  • bargli daraxtlar: dub, tol, tut;

  • butalar: biryuchina, gordovina, sariq akastiya, spireya, namatak.

Ekish yirik o‘lchamli ko‘chatlardan boshlanadi. Ko‘chatlarni parvarishlash sharoitini yaxshilash uchun tuproq qayta ishlanadi, ya’ni: ustki qism tuprog’i maydalanadi va tuzilmaviy holatini o‘zgartirgan holda tuproq uchun qulay suv-havo va issiqlik rejimi yaratiladi, tuproqning oziqlanish rejimi yaxshilanadi, tuproq ifloslanishdan saqlanadi.
Ekish ishlarining muddati iqlim va ob-havo sharoiti, ekiladigan ko‘chatning yoshi va holatiga bog’liq bo‘ladi. Ekishning eng qulay muddatlari: bahorda – kurtak chiqargunga qadar, kuzda – barglar tushish davrida.
Amaldagi yo‘riqnomaga asosan himoya tasmalarini yaratish 1.1-jadvalda keltirilgan ko‘rsatgichlar bilan xarakterlanadi.
1.1-jadval



Himoya tasmalarini turlari

Shovqin darajasini kamaytirish, dBA, harakat jadalligi avt/soat
bo‘lganda

Qayta ishlangan gazlar konstentrastiyasini
kamaytirish, %

200

600

1200

>1600

Bargli daraxtlar butalar bilan
kengligi 10 m bo‘lgan uch

7

8

8

8

40 – 50

qatorli tasma
















Bargli daraxtlar butalar bilan
kengligi 10 m bo‘lgan to‘rt qatorli tasma

8


9


9


9


50 – 60



Shaxmat shaklidagi
ignabargli daraxtlar butalar bilan kengligi 20 m bo‘lgan
to‘rt qatorli tasma

15

17

17

18

50 – 60

Shaxmat shaklidagi bargli daraxtlar butalar bilan
kengligi 20 m bo‘lgan besh qatorli tasma

15

18

18

19

60 – 70

Manzarali ko‘kalamzorlatirish avtomobil yo‘lini atrof-muhit tabiati bilan uyg’unligini ko‘chaytirish maqsadida amalga oshiriladi. U o‘z tarkibiga faqat yangi daraxt va butalarni ekish emas, balki atrof landshaftiga organik mos tushuvchi yoki e’tiborsiz joylarni yopib turuvchi yo‘l bo‘yi tasmalaridagi mavjud o‘simliklarni saqlash, qo‘shimcha yangi ko‘chatlar ekish va saqlashni ham oladi.


Manzarali ekinlar harakat xavfsizligini ta’minlashda ham qo‘llaniladi: katta masofalarda yo‘l trassasini ifodalashda, ayniqsa qatnov qismi yuzasi haqiqiy ko‘rinishga ega bo‘lmaganda, haydovchilarni chorraha va tutashmalardan ogohlantirishda, yon tomondan esadigan shamoldan himoyalashda va boshqalar.
Manzarali ekinlar joylashishi va ahamiyatiga ko‘ra yo‘l bo‘ylab asosiy ekinlar (qatorli va ko‘p qatorli), guruhli va aralash (asosiy va guruhli) ekish turlariga bo‘linadi. Mavjud bog’-park uslubi va mahalliy sharoitga mos holda manzaraviy ko‘kalamzorlashtirishda uchta asosiy usul qo‘llaniladi: tartibli (qatorli yoki ko‘p
qatorli ekish), landshaft-guruhli (yoki erkin) va aralash.
Tartibli usul butalar, to‘g’ri yoki egri chiziqli bir xil qatorli daraxtlarni qat’iy aniqlangan joylashishini ko‘zda tutadi. Alohida turdagi o‘simliklar qatori yoki ularni guruhlari orasidagi masofa mavjud bezatishli yo‘l uchastkasi bo‘yicha doimiy qoladi.

Bu usul yo‘lning tekis joydan o‘tuvchi yoki maxsus bezatilgan yo‘llarda, shahar va aholi yashash joylariga kirish va aholi yashash joylarida qo‘llaniladi.


Landshaft-guruhli (yoki erkin) usul daraxt va butalarni alohida element ko‘rinishida va har xil o‘lchamdagi guruhlarni erkin (tasviriy) joylashtirish ko‘zda tutadi. Bu usul asosan yo‘lning adirli yoki to‘lqin relefli territoriyalaridan o‘tgan joylarda qo‘llaniladi.
Landshaft-guruhli usulidan foydalanishga misollar 1.1-rasmda keltirilgan.



    1. – rasm. Daraxt va butalarni monoton ekish ortida landshaft-guruxli joylashtirish.

Aralash usulda daraxtlarni tartibli va landshaft–guruhli ekishni tashkil etish hisoblanadi (1.2-rasm). Bu usul bir tekis relefli tumanlarda qo‘llaniladi. Bunda asosan quyidagi ko‘rinishlar qo‘llaniladi: tartibli ekilgan qatorlarda landshaftli guruhlarni notekis joylashtirish; tartibli ekinlar va yo‘l orasidagi (qatorli ekish ortida) erkin tasmada alohida turlarni va landshaftli guruhlarni notekis joylashtirish; landshaftli guruhlarni va tartibli ekinlarni yo‘llarni kesishish joylarida, yo‘ldan tushish- chiqishlarda, daryo, jarliklar va boshqalar kesishgan joylarda joylashtirish.


Manzara samarali bo‘lishi va daraxtlarni erkin rivojlanishi uchun ekilgan daraxtning kattaligiga bog’liq holda qatorlar va daraxtlar orasidagi masofa 5 m dan 20 m gacha qabul qilinadi. Yosh ko‘chalarni ekishda ularda manzarani tezroq rivojlantirish uchun daraxtlar va qatorlar orasidagi masofa kichikroq (eng katta
masofadan 2-4 marta kam) qabul qilinadi.
Avtomobil yo‘llarini manzarali ko‘kalamzorlashtirish uchun 4-6 yoshdagi ko‘chatlar va 2-3 yoshdagi butalar qo‘llaniladi.
Maxsus turdagi ekinlar avtomobil yo‘larining ajratuvchi tasmasini ko‘kalamzorlashtirishda foydalaniladi. Bu ko‘kalamzorlashtirish turi yo‘llarni arxitektura-tasviriy bezatishdan tashqari harakat xavfsizligini oshirishda ham qo‘llaniladi. Qoida bo‘yicha ajratuvchi tasmaga bir biridan 20-30 m, yo‘l chetidan esa kamida 1,75 m masofada joylashuvchi to‘liq buta yoki ko‘ndalang tasma (bir yoki ikki qatorli devor) ko‘rinishida ekish amalga oshiriladi. Bunday ko‘chatlar qarama- qarshidan kelayotgan avtomobillarni yoritish chiroqlari nurlaridan saqlaydi.

1.2-rasm. Avtomobil yo‘llarini aralash usul bilan manzarali ko‘kalamzorlashtirishga misol:
1 –himoya tasmasi; 2 – daraxtlarni tartibli ekish; 3 – landshaft-guruhli ekish.

Download 287,49 Kb.
1   2   3   4




Download 287,49 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish turlari tasnifi

Download 287,49 Kb.