|
Mavzu: Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishning maqsadi va vazifalari
|
bet | 3/4 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 287,49 Kb. | | #274622 |
Bog'liq 19 Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishning maqsadi va vazifalariYo‘llarni ko‘kalamzorlashtirish tamoyillari.
Harakat xavfsizligi sharoitidan kelib chiqib, ko‘rish masofasini ta’minlash va haydovchilar yo‘nalishni idrok etishi uchun egrining tashqi qismida ekilgan daraxtlar quyiqlashtiriladi va ichki tomonidan siyraklashtiriladi yoki umuman ekilmaydi. Yo‘llarda piramidasimon daraxtlarni qatorlab ekish ertalab va kechqurun zebra samarasini beradi. Quyosh yoritganda ular qoplamada haydovchini charchatadigan
soyalar tasmalarini paydo qiladi. Daraxtlar orasi 2-3 m va harakat tezligi 80-100 km/soat bo‘lganda yoqimsizlik seziladi.
Aholi yashaydigan joylarda ekiladigan o‘simlik turi va ko‘kalamzorlashtirish xarakteriga ko‘ra, shuningdek qatnov qismi, piyodalar yo‘lakchasi kengligi, er osti kommunikastiyalari joylashishi va yo‘l atrofidagi binolar qavatlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
Manzarali ko‘kalamzorlashtirish ob’ektning atrof-muhit bilan uyg’unlashuvini kuchaytirishga mo‘ljallangan bo‘lib, transport inshootining me’moriy-badiiy dizayni uchun qo‘llaniladi. Manzarali ko‘kalamzorlashtirish nafaqat yangi daraxtlar va butalarni ekishni, balki yo‘lning boshqa qismidagi mavjud o‘simliklarni saqlab qolishni, atrofdagi manzaraga organik ravishda mos keladigan yangi ekinlarni qo‘shishni va ko‘rimsiz joylarni yopishni (maskirovka) o‘z ichiga oladi.
Ekilgan daraxtlarning kattaligiga qarab, manzara effekti va shox-shabbalarning erkin rivojlanishi uchun daraxtlar va qatorlar orasidagi masofa 5 dan 20 m gacha olinadi. Yosh ko‘chatlarni ekayotganda, atrofdagi mavjud katta daraxtlardan “yashab ketish” hollarini hisobga olinib va mutaxassislar xulosalariga asosan tez manzara effektini olish uchun daraxtlar orasidagi eng qisqa masofa tanlanadi (maksimaldan 2- 4 marta kam).
Katta aholi punktlari va boshqa joylarga kirish joylarida alohida 2 yoki 3 nusxada badiiy bezakli holda hududni mavzusiga asosan eskizlar asosida gullar bilan rabatok (pol yoki tasma), erkin gulli dog’lar shaklida bezash loyihalanadi, shuningdek gul ochadigan maysa joylar bilan bezatiladi. Shu bilan birga, muntazam parvarishnini talab qilmaydigan ko‘p yillik gullarga imtiyoz beriladi.
Uzun yo‘lda bir xil turdagi manzarali ko‘kalamzorlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Manzarali ko‘kalamzorlashtirish me’moriy jihatdan asoslangan holda almashtiriladi va trassa elementlariga biriktiriladi. Ko‘pincha manzarali ko‘kalamzorlashtirishni tez- tez almashtirish mumkin emas, chunki bu yo‘lni jihozlashda turli xillikni yuzaga keltiradi.
Ko‘kalamzorlashtirish xarakteri o‘zgarishi 2-3 km dan kam bo‘lmasligi va 10 km dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. O‘simliklar biologik va ekologik funkstiyalarni
bajarishi bilan cheklanib qolmasdan, ularning xilma-xilligi va rang-barangligi har doim insonning “ko‘zini quvontirishi kerak”.
Daraxtlar ekilgan yo‘llar hudud tabiatiga moslashgan milliy landshaftlarning o‘ziga xos xususiyati bo‘lishi kerak.
Yo‘lning funkstional ahamiyati va toifasiga qarab, uning obodonlashtirish darajasi, yo‘l bo‘yi ekinlarining turi va xarakteri hududning tabiati bilan belgilanadi. Avtomobil yo‘llari bo‘ylab o‘zining bir xilligi bilan yo‘lovchilarni toliqtiradigan uzluksiz yashil rangli ekranlarni o‘rnatish tavsiya qilinmaydi.
Loyihalanayotgan o‘simliklar, bu hududga moslashgan o‘simliklar bilan bir xil bo‘lishi kerak. Boshqa o‘simlik turlaridan foydalanish faqat kontrast va manzara xilma-xilligi uchun bo‘lishi kerak. Ularning ekologik jihatdan mosligini, chiqindi gazlariga nisbatan chidamligini, yo‘l ekpluatastiyasiga ta’sirini (gullaganda, bargi to‘kilganda, ildiz o‘sishi) qo‘llashni hisobga olish kerak.
Buning uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
doimiy yashil tasma atrofdagi landshaft yo‘nalishida tez-tez “derazalar” tomonidan uziladi. Bu usul qiziqarli panoramalarni, tarixiy obidalarni yoki tabiiy joylarni ko‘rish, ko‘zni dam olishi, aerodinamik bosimni kamaytirish va boshqalarda qo‘llaniladi.
o‘simlik guruhlari “zich” yoki “siyrak” bo‘lishi mumkin. Yo‘llarni xilma xilligi uchun birinchi guruh katta ahamiyatga ega O‘simliklar landshaftdagi o‘zgarishlarni ta’kidlashlari kerak. Ushbu ekish guruhlari orasidagi masofa landshaftning tabiatiga qarab olinadi: eng kattasi “ochiq” landshaftda va aksincha; katta chiroyli shox shabbali daraxtlarni alohida ekish zarur. Ularning tuzilishi diqqat bilan o‘ylangan va odatda yuqoridagi ikki usul bilan birgalikda ishlatiladi. Ushbu daraxtlar yo‘l reperlari vazifasini bajarishlari, akstent va xilma-xillik kiritishi kerak.
Xulosa
Daraxtlar ekilgan yo‘llar hudud tabiatiga moslashgan milliy landshaftlarning o‘ziga xos xususiyati bo‘lishi kerak.
Yo‘lning funkstional ahamiyati va toifasiga qarab, uning obodonlashtirish darajasi, yo‘l bo‘yi ekinlarining turi va xarakteri hududning tabiati bilan belgilanadi. Avtomobil yo‘llari bo‘ylab o‘zining bir xilligi bilan yo‘lovchilarni toliqtiradigan uzluksiz yashil rangli ekranlarni o‘rnatish tavsiya qilinmaydi.
Loyihalanayotgan o‘simliklar, bu hududga moslashgan o‘simliklar bilan bir xil bo‘lishi kerak. Boshqa o‘simlik turlaridan foydalanish faqat kontrast va manzara xilma-xilligi uchun bo‘lishi kerak. Ularning ekologik jihatdan mosligini, chiqindi gazlariga nisbatan chidamligini, yo‘l ekpluatastiyasiga ta’sirini (gullaganda, bargi to‘kilganda, ildiz o‘sishi) qo‘llashni hisobga olish kerak.
|
| |