|
-rasm. Quduqlar unumdorligining 8.2.2. Neft zaxiralarini statistik metod bilan ehtimoliy egri shizig’i hisoblashning umumiy sxemasi
|
bet | 223/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 18.6-rasm. Quduqlar unumdorligining 8.2.2. Neft zaxiralarini statistik metod bilan ehtimoliy egri shizig’i hisoblashning umumiy sxemasi
1960 yilgacha A toifali zaxiralar ikki toifaga bo’linardi: A1 toifali (tayyorlangan zaxiralar) va A2 toifali (razvedka qilingan zaxiralar). Hozirgi vaqtda faqat umumiy A toifali zaxiralar ajratilib, u ko’proq hajmiy metodda aniqlanadi, chunki bu usulda A1 va A2 toifali zaxiralarni ajratish qiyinroqdir. A1 va A2 toifali zaxiralarni ayrim-ayrim hisoblash faqat statistik metod bilan bajarilishi mumkin. Statistik metod asosan nefti tugayotgan konlardagi zaxiralarni qayta hisoblashda qo’llaniladi.
Neft zaxiralarini statistik metod bilan hisoblashda A toifali zaxiralarni bir yo’la hisoblash qiyin kechadi, shu sababli hisoblash ishlari dastlab nefti avvaldan chiqarib olinayotgan va nefti tugayboshlagan maydonlar uchun va shu maydonda (ilgarigi A1 toifa) neftlilik chegarasi ichida razvedka qilingan va yangi qazilgan quduqlar uchun A2 toifa bajariladi. Bu zaxiralar yig’indisi A toifa bo’yicha umumiy zaxiralarni beradi.
Sanoat ahamiyatiga molik neft zaxiralarining hisoblanadigan qiymatlari konni ishlatish tizimi va sur’atiga ko’ra o’zgarishi mumkin, shu sababli alohida konlar bo’yicha olinadigan qiymatlarni o’zaro taqqoslash uchun statistik metod qo’llaganda quyidagi amallar bajariladi:
Konni ishlatishning qabul qilingan sistemasiga binoan qatlamga burg’ilanadigan quduqlar bir maromdagi uchburchak to’ri bo’yicha shartli ravishda loyihalanadi va quduqlar batareya sxemasida joylashtiriladi, bunda statistik metoddan foydalanish mumkin bo’lmaydi.
Barcha burg’ilanishi mumkin bo’lgan va belgilangan (qabul qilingan masofaga muvofiq) quduqlar hisoblash sanasiga (odatda kalendar yilning 1 yanvariga) ishga tushirilgan, deb faraz qilinadi.
So’ngra ayrim qatlamlarning hisoblash rejalariga ko’ra neftlilikning hozirgi vaqtdagi va dastlabki chegaralari o’tkaziladi va toifalar bo’yicha zaxiralar chegaralari ajratiladi.
Eski (ishlatilayotgan) quduqlar bo’yicha zaxiralarni hisoblashda ehtimoliy unumdorlik egri chizig’i chiziladi. Buning uchun ikkita jadval tuziladi: 1) ehtimoliy unumdorlik egri chizig’i asosida olingan dastlabki ma’lumotlar jadvali (18.4-jadval); 2) o’rganilayotgan (tadqiqot qilinayotgan) qatlam bo’yicha hisoblash sanasida ishlab turgan quduqlar fondlari haqidagi daliliy ma’lumotlar jadvali (18.5-jadval).
18.4-jadval
18.5-jadval
Ikki debit oraliqlari
|
Ishlab turgan quduqlar soni
|
Hisoblash sanasida bir quduqqa to’g’ri keladigan o’rtacha debit
|
|
|
|
Ushbu jadvallarni tuzish hisoblash ishlarini bir muncha osonlashtiradi. Aytaylik, quduq debitining oldingisi 100 t/sut va keyingisi 80 t/sutka bo’lgan. Keyingi debitni oldingisiga nisbati debit pasayishini oylik koeffitsienti deyiladi, ushbu holda 80:100=0,8 ga teng. Debit pasayishining oylik koeffitsientini bilgan holda barcha keyingi debitlarni hisoblash mumkin. Masalan, 80x0,8=64 t/sut, keyingisi
64x0,8=51,2 t/sut va h.k. SHunday qilib, egri chiziq bo’yicha murakkab hisoblashlarsiz barcha keyingi debitlar aniqlanadi. SHuni e’tiborga olish kerakki, debit pasayishining oylik koeffitsienti qiymati egri chiziqning barcha uchastkalari uchun doimiy bo’laolmaydi.
Daliliy ma’lumotlar jadvalini tuzishdan tashqari, ishlab turgan quduqlar fondi va hisoblash sanasida bir quduqqa to’g’ri keladigan o’rtacha debit (yoki kirish debiti) aniqlanadi. Buning uchun ehtimoliy unumdorlik egri chizig’idagi debitlar oralig’i barcha ishlayotgan quduqlar debiti oraliqlariga mos holda ajratiladi; ular uchun debit pasayishining o’rtacha oylik koeffitsientlari hisoblanadi. Belgilangan oraliqlar bo’yicha bir quduqqa to’g’ri keladigan o’rtacha kundalik (kirish) debiti quduqlar bo’yicha hisoblanadi (o’rtacha arifmetik qiymat tarzida). So’ng qoldiq zaxiralar hisoblanadi. Masalan, 18.6-jadvalda quduqlar debiti qiymati logarifmlarda berilgan.
18.6-jadval
Debitning logarifmlardagi qiymati
|
Debit pasayishining oylik koeffitsienti
|
oldingi
|
keyingi
|
logarifmlarda
|
o’rtacha
miqdorga
kiritilgan tuzatish
|
raqamlarda
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1,350
|
1,317
|
-0,033
|
-
|
-
|
1,250
|
1,250
|
0
|
-0,028
|
0,937
|
1,150
|
1,100
|
-0,050
|
-0,025
|
0,944
|
1,050
|
1,025
|
-0,025
|
-0,031
|
0,931
|
0,950
|
0,930
|
-0,020
|
-0,015
|
0,966
|
0,850
|
0,850
|
0
|
-0,018
|
0,959
|
0,650
|
0,616
|
-0,034
|
-0,011
|
0,975
|
0,550
|
0,550
|
0
|
-
|
-
|
Quduq debitining oylik pasayish koeffitsientlarini aniqlash uchun quyidagi hisoblashlar bajariladi (18.7-jadval). Logarifmlarda ifodalangan keyingi debitlardan oldingilari ayriladi va debit pasayishining oylik koeffitsientlari aniqlanadi; ularga zaruriy o’rtacha tuzatishlar kiritiladi va ketma-ket turgan uchta koeffitsientlar yig’indisi olinib, uchga bo’linadi.
18.7-jadval
Debit qiymati oralig’i
|
Debit pasayishining o’rtacha oylik koeffitsienti
|
logarifmlarda
|
raqamlarda
|
1,350-1,025
|
22,4-10,6
|
0,937
|
1,025-1,699
|
10,5-0,5
|
0,966
|
Ya’ni (3 ustundan tegishli raqamlar olinadi):
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-rasm. Quduqlar unumdorligining 8.2.2. Neft zaxiralarini statistik metod bilan ehtimoliy egri shizig’i hisoblashning umumiy sxemasi
|