|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 221/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi n m1 m2 mn
Bunday hisoblashda g’ovaklilik qiymatini o’rtacha qiymatdan keskin og’ishi biroz kamayadi, modomiki o’rtacha arifmetik qiymat o’rtacha geometrik qiymatdan katta, o’rtacha geometrik qiymat esa o’rtacha garmonikdan katta
(mo’r.ar>mo’r.gm>mo’r.gr) bo’ladi.
Ikkinchi metod bo’yicha g’ovaklilikning o’rtacha qiymatini aniqlash quduqlar bo’yicha quyidagicha bajariladi.
Dastlab har bir quduq bo’yicha g’ovaklilikning o’rtacha qiymati alohida-alohida ajratilgan qatlamlar qalinligi ma’lumotlari orqali topiladi:
mo'r (h) m1h1 m2h2 ... mnhn , (18.11) h1 h2 ... hn
bunda m1, m2, ..., mn qatlam qalinliklari bo’yicha aniqlangan g’ovaklilik; h1,
h2, ..., hn quduq kesimi bo’yicha g’ovaklilik aniqlangan oraliqlar qalinligi, m.
Quduqlar kesimi bo’yicha aniqlangan g’ovaklilikni o’rtacha qiymatlariga asoslanib g’ovaklilikni o’rtacha arifmetik qiymati (Mo’r) qatlam bo’yicha aniqlanadi:
Mo'r m1 o'r (h) m2 o'r (h) ...mn o'r (h) , (18.12) n
bunda m1o’r(h), m2o’r(h), ..., mno’r(h) quduqlar bo’yicha aniqlangan g’ovaklilikning
o’rtacha qiymati.
Va nihoyat, qatlam g’ovakliligining o’rtacha qiymatini teng g’ovaklilik xaritasini tuzish yordamida maydon (S) bo’ylab aniqlash mumkin:
Mo'r (s) M1 o'rS1 M2 o'rS2 ... Mn o'rSn , (18.13)
S1 S2 ...Sn
bunda M1o’r, M2o’r, ..., Mno’r qo’shni izopaxitlar oralig’idagi g’ovaklilik haqida
o’rtacha ma’lumotlar.
Uyum bo’yicha g’ovaklilikning o’rta qiymati g’ovaklilik maydon bo’ylab va quduq kesimidagi qatlam qalinligi bo’yicha bir tekis o’zgarganda aniqlanadi.
Ba’zan mahsuldor gorizont kesimida qalinligi har xil bo’lgan mahsuldor qatchalar ajratiladi. Bunday hollarda qalinligi kam qatchalar g’ovakliligini aniqlash qiyin bo’ladi, shu sababli ularning g’ovaklilik qiymatini qalinligi 1 dan 2 metrgacha bo’lgan qatlar uchun topilgan qiymatlarning o’rtacha arifmetik miqdoriga teng deb hisoblash mumkin.
Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek (6.1. mavzuga qarang), g’ovaklilikni o’rtacha qiymatini aniqlashda faqat uning konditsionli qiymati hisobga olinadi, boshqalari esa hisobga olinmaydi.
Neftga to’yinish koeffitsienti bu koeffitsientni aniqlash 7-bob, 7.2. mavzuda mufassal ko’rilgan.
Neft bera olish koeffitsienti kollektorning litologik-fizik xususiyatlariga, qatlamni to’yintiruvchi neft xususiyatlariga, konni ishlatish sur’ati va tizimlariga, konni ishlatish metodlari va h.k.larga bog’liq. Uning qiymati ma’lum darajada qatlam rejimi va neftni siqib chiqaruvchi omil xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Qatlam fazali o’tkazuvchanligiga ko’ra, uning hajmiga nisbatan 20% natijasida qatlamdagi g’ovak hajmidan neftni yer yuzasiga chiqarib bo’lmaydi, hatto neft olishni jadallashtirish metodlari va konni ishlatishning ikkilamchi metodlari qo’llaganda ham neftni deyarli ajratish imkoni bo’lmaydi. Laboratoriyada bajarilgan tajriba ishlari shuni tasdiqlaydi.
Neft bera olish koeffitsienti qiymati odatda qatlam rejimiga bog’liq holda o’zgaradi:
samarador suvbosimli rejim uchun ......................................... 0,65-0,8 tarang suvbosimli rejim uchun ............................................. 0,5-0,7
gaz qalpog’ining samarador rejimi uchun .............................. 0,4-0,6
gaz qalpog’ining samarador bo’lmagan rejimi uchun ........... 0,4 gacha
erigan gaz rejimi uchun .............................................................. 0,2-0,4
gravitatsion rejim uchun ............................................................. 0,1-0,2
AQShning bir qator formatsiyalarida joylashgan va bir xil tuzilishga ega bo’lgan kollektorlarning neft bera olish koeffitsientining qiymatlari quyidagicha o’zgaradi: erigan gaz rejimi uchun 0,14-0,32; gaz bosimli rejim uchun 0,18-0,40 va suv bosimli rejim uchun 0,30-0,66.
O’zbekiston Respublikasidagi Farg’ona, Surxondaryo va Buxoro-Xiva neft-gazli oblastlarda neft bera olish koeffitsienti suv bosimli rejimda 0,1-0,3 (Tergachi koni), 0,25-0,32 (Voriq), 0,32-0,35 (Mirshodi koni) o’zgarishi aniqlangan.
Neft bera olish koeffitsienti qiymati, odatda, yoriqli va litologik tarkibi har xil bo’lgan kollektorlarga nisbatan tarkibi bir xil qumli kollektorlar uchun yuqori bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi va AQSh konlarida qatlamga ikkilamchi ta’sir etish natijasida yakuniy neft bera olishlik qatlamga suv haydalganda uning boshlang’ich balans zaxirasidan o’rtacha 20%ga, gaz haydalganda esa 10%ga ko’paygan.
Kubandagi konlarning sharqiy guruhi bo’yicha erigan gaz rejimida (suv bosimli rejim nosamarador bo’lganda) neft bera olishning o’rtacha koeffitsienti 0,41 ni tashkil qilgan. Qatlamga havo haydab ta’sir etilganda neft bera olish koeffitsientini 0,5 gacha oshirishga, ya’ni deyarli 22%ga ko’paytirishga erishildi.
Demak, neft bera olish koeffitsienti qiymati strukturada quduqlarning joylashish to’ridagi zichligiga bog’liq. Odatda, quduqlar to’ridagi zichlik kamayganda (ayniqsa har xil tarkibli kollektorlar uchun) uning qiymati ham kamayadi.
Qatlamga ikkilamchi ta’sir etilganda neft bera olishlik koeffitsienti qiymati uyum tabiiy sharoitlardagi rejimda ishlayotganiga qaraganda bir muncha yuqori bo’ladi.
Shunday qilib, neft bera olish koeffitsienti qiymatini tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak: o’xshash zaxirasi tugayboshlagan neft uyumlarini ishlatish tajribalari; qatlamning ish rejimi, qatlamga ta’sir etish metodi (agar u qo’llanilsa), quduqlarning joylashish zichligi, qatlamning litologik-fizik tavsiflari va qatlam sharoitlaridagi neft va gazning xususiyatlari. Qatlamni ishlatilib bo’linganligini va aniqlangan neft bera olish koeffitsienti qiymatini nazorat qilish uchun qatlamni so’ngan qismidan kernlar olish va ularni tahlil qilish zarur.
Neft zichligi - neft zaxiralarini hisoblashda odatda laboratoriyada standart sharoitlarda (20S da) aniqlangan neft zichligi qabul qilinadi. Hisoblash uchun bir qator quduqlar bo’yicha neft namunalari olinadi va ular tahlil qilinadi, so’ngra qatlam bo’yicha o’rtacha qiymat olinadi. Agar katta chuqurlikdan olingan neft namunalaridan aniqlangan ma’lumotlar bo’lsa, yer yuzasiga chiqarilgan sharoitlardagi neft zichligi () o’rniga, qatlam sharoitlaridagi zichlik (qa) olinishi mumkin. Bu holda neft zaxiralarini hajmiy metod bilan hisoblaganda, qayta hisoblash koeffitsienti ()ni formulaga kiritilmaslik kerak.
o’rniga qa/1+r ifoda yoziladi:
ρka , (18.14) ρθ
1rp
bundan
rρxρг , (18.15)
rp 100
bunda rr gaz omili, t/t; r ushbu qatlam bosimida neftdagi erigan gaz miqdori, m3/t; h havo zichligi, 1,293 kg/m3 ga teng; g gaz zichligi, kg/m3.
Qayta hisoblash koeffitsienti () qatlam neftining hajmiy koeffitsientiga teskari qiymat (b) bo’lib zamindagi neft zaxiralarining hisoblangan miqdorini yer yuzasidagi standart sharoitlarga keltirish uchun kiritiladi. Qatlam neftining hajmiy koeffitsienti qatlam neftidan olingan namunalarni laboratoriya tahlili natijalari yoki maxsus grafiklar (7-bob, 7.2. mavzuga qarang) bo’yicha aniqlanadi.
|
| |