• 5.Transformatorlarda quvvat isrofi va pasport ma’lumotlari. Tayanch so‘z va iboralar
  • 8.1-rasm. Uch fazali transformatorning tuzilishi. 8.2. Transformatorlarni tuzilishi va ishlash prinsipi.
  • 1. Transformatorlarni vazifalari va qo‘llanilish soxalari. Bir fazali transformatorlarni tuzilishi va ishlash prinsipi. Transformatorlarning ish rejimlari




    Download 0.63 Mb.
    bet1/3
    Sana17.04.2024
    Hajmi0.63 Mb.
    #198889
      1   2   3
    Bog'liq
    5-ma’ruza. Transformatorlar
    O‘zbekiston tarixi predmeti, Muhammad Al, huquq 8-sinf, Reja Birhadlar va ko`phadlar ustida amallar Bеzu tеorеmasi va u, 2-01 Dasturlash asoslari 2018, bosim, PYTHON, lotin, AKROMIYLAR , Mavzu Mathcad dasturida OdeSolve funktsiyasi mundareja I. Bob.-fayllar.org, oddiy-differensial-tenglamalar-va-ularning-sistemalarini-berilgan-bitta-nuqtada-yechish-texnologiyasi-mathcad-dasturi-tarkibidagi-rkadapt-va-bulstoer-funksiyalarining-qo-llanilishi, musoxon 2, 24c07380-0301-448f-84f4-5e3b93e91424, elbek 5 amal, bexa

    5-ma’ruza. Transformatorlar


    Reja:
    1.Transformatorlarni vazifalari va qo‘llanilish soxalari.
    2.Bir fazali transformatorlarni tuzilishi va ishlash prinsipi.
    3.Transformatorlarning ish rejimlari.
    4.Transformatorlarni almashinish sxemalari va vektor diogrammalari.
    5.Transformatorlarda quvvat isrofi va pasport ma’lumotlari.


    Tayanch so‘z va iboralar: transformatorlar, salt ishlash rejimi, qisqa tutashuv rejimi, transformatsiya koeffitsenti, yuklamali ish rejimi,

    8.1. Transformatorlarni vazifalari va qo‘llanilish soxalari.
    O‘zgaruvchan tok kuchlanishini chastotasini o‘zgartirmay uning miqdorini orttiruvchi statik elektromagnit apparat, yoki kuchlanish miqdorini orttirib yoki kamaytirib beradigan elektroinduksion statik apparat–transformator deyiladi. Elektr energiyasi, elektrostansiya generatorlaridan iste’molchilarga uzatiladi; iste’molchilar esa ko‘pincha stansiyadan uzoq masofalarda joylashgan bo‘ladi. Ener-giya isroflarini kamaytirish va simlarning og‘irligini kamaytirish maqsadida generatorlardagi kuchlanish miqdorlarinini bir necha o‘n yoki yuz marotaba katta bo‘lgan elektr uzatish kuchlanishigacha ko‘tarish kerak bo‘ladi.
    Transformatorlardan juda ko‘p maqsadlarda foydalaniladi. Transformator berk po‘lat o‘zak–magnit o‘tkazgichdan tuzilgan bo‘lib, bu magnit o‘tkazgichga o‘zaro elektr kontaktga ega bo‘lmagan ikki yoki bir necha chulg‘am o‘ramlari joylashtirilgan bo‘ladi. Magnit o‘tkazgichning chulg‘amlari joylashgan qismi o‘zak – deb ataladi.

    8.1-rasm. Uch fazali transformatorning tuzilishi.


    8.2. Transformatorlarni tuzilishi va ishlash prinsipi.
    Elektr energiyasi manbaadan kelib kiradigan chulg‘am – birlamchi chulg‘am deb, energiya iste’molchisi ulanadigan boshqa chulg‘am ikkilamchi chulg‘am deb ataladi.
    Birlamchi chulg‘amga berilgan o‘zgaruvchi U1 kuchlanishdan I1 tok va po‘lat o‘zak orqali yopiluvchi F magnit oqimi xosil bo‘ladi. Elektromagnit induksiya qonuniga asosan o‘zgaruvchan F magnit oqimi ta’sirida birlamchi chulg‘amda o‘zinduksiya EYUK i E1 ni, ikkilamchi chulg‘amda esa o‘zaroinduksiya EYUK i E2 ni yuzaga keltiriladi.
    Agar ikkilamchi chulg‘amga yuklama ulansa I2 yuklama toki xosil bo‘ladi va ikkilamchi kuchlanish U2 ni kamayayishiga sabab bo‘ladi. Yuqori kuchlanishli chulg‘amdagi EYUK qiymatining past kuchlanishli chulg‘amdagiga nisbati transformatorlarning transformatsiya koeffitsenti deyiladi va K bilan belgilanadi.
    Transformatsiya koeffitsentiga bog‘liq ravishda transformatorlar kuchaytiruvchi
    yoki pasaytiruvchi guruxlarga bo‘linadi.
    A
    V

    W1


    W2


    R



    Download 0.63 Mb.
      1   2   3




    Download 0.63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Transformatorlarni vazifalari va qo‘llanilish soxalari. Bir fazali transformatorlarni tuzilishi va ishlash prinsipi. Transformatorlarning ish rejimlari

    Download 0.63 Mb.