Mavzu : Transformatorlarning ish rejimlari. Reja. Salt ishlash rejimi va qisqa tutashuv rejimi. Yuklamali ish rejimi




Download 227.5 Kb.
Sana10.04.2023
Hajmi227.5 Kb.
#50166
Bog'liq
14. Mavzu Transformatorlarning ish rejimlari. Reja. Salt ishla
111, SALAYEVAMUXLISA, Ona yurtim tabiati Yurtim manzaralari Yurtimizning betakror tabi

Mavzu : Transformatorlarning ish rejimlari.
Reja.
1. Salt ishlash rejimi va qisqa tutashuv rejimi.
2. Yuklamali ish rejimi.
3. Transformatorning salt va yuklangan rejimlarda ishlashi.

Transformatorlardan foydalanish jarayonida asosan uch xil ko‘rinishga ega bo‘lgan ish rejimlari kuzatiladi.


1.Salt ishlash rejimi. Transformatorning birlamchi chulg‘amiga nominal kuchlanish berilib, ikkilamchi chulg‘am yuklamasiz bo‘lgan rejim uning salt ishlash rejimi deyiladi.
2.Qisqa tutashuv rejimi. Nominal yuklama bilan ishlaydigan transformatorning ikkilamchi chulg‘ami tasodifan qisqa tutashib qolsa, unda bu rejim qisqa tutashuv rejimi deyiladi. Unday holatda chulg‘amdan nominalga nisbatan 10-20 marta katta tok o‘tishi mumkin.

Bunda releli himoyalagichlar ishga tushib, uni bir onda elektr tarmog‘ida ajratadi, aks holda transformatorda katta nosozliklar yuzaga kelishi mumkin. 3.Yuklamali ish rejimi. Bu rejimda transformatorga uning xarakterlovchi kattaliklaridagi yuklamalar ulanib, u nominal holatda ishlaydi. Qisqa tutushuvdagi transformator parametrlarini aniqlash uchun qisqa tutashuv tajribasidan foydalaniladi.


Agar salt ishlash rejimidagi transformatorning ikkilamchi chulg‘amiga Zn yuklama ulansa, yuklama toki (I) 2 hosil bo‘ladi. Bunda birlamchi chulg‘am zanjiridagi kuchlani shlar tushuvi kichik bo‘lganligi sababli xisobga olinmasa xam bo‘ladi. Bu ish rejim yuklamali ish rejimi hisoblanadi. Ikkilamchi parametrlari birlamchiga keltirilgan transformatorni unga ekvivalent bo‘lgan elektr sxemasi bilan almashtirish mumkin. Demak, keltirilgan transformatorga ekvivalent bo‘lgan elektr sxemasi transformatorning ekvivalent sxemasi deyiladi. Ekvivalent sxema asosida undagi elektromagnit jarayonlarni tahlil qilish hamda transformator ulangan elektr tarmog‘ini hisoblash ancha yengillashadi.



Elektr energiyasi uzoq masofalardan kam isrof bilan olib kelishda iste‘molchilarga taqsimlashda, o‘lchov ishlarida hamda umumiy energetik tizim yaratishning asosiy omili transformatorlardan foydalanish hisoblanadi.
Transformatorning salt ishlash rejimini batafsil ko‘rib chiqamiz. Salt ishlash rejimida ikkilamchi chulg'amdagi tok nolga teng bo‘ladi, lekin birlamchi chulg‘amdagi tok nolga teng emas. Ikkilamchi chulg'am uzilganda birlamchi chulg'amdagi tok salt ishlash toki deyiladi va l s bilan belgilanadi. Transformatoming texnik tavsifida salt ishlash toki sifatida birlamchi chulg‘am kuchlanishi nominal qiymatga teng boMgan qiymati beriladi. Salt ishlash toki nominal tok In ning 2—10% ini tashkil etadi. Salt ishlash rejimida quwat isrofi po‘lat o‘zakdagi isrofni anglatadi. Bu isrof o‘zakdagi uyurma toklar va qayta magnitlanish jarayonida vujudga kelgan quwat isrofidir. Bu isrof harfi bilan belgilanadi va po ‘lat isrofl deb yuritiladi. Transformator ishlashi uchun zarur bo‘lgan kattaliklar salt ishlash toki va po‘lat isrofi orqali hisoblanadi. Shuning uchun bu ikkala kattalik transformatoming texnik tavsifida albatta beriladi. Transformatorning salt ishlash quwati isrofi nominal quwatning 0,2—0,8% ni tashkil etadi. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlaming o‘zaro magnit bog‘liqligini kuchaytirish maqsadida transformatorning o‘zagi ferromagnit po‘latdan yasaladi. Uyurma toklami kamaytirish maqsadida o‘zak tunukalardan orasiga elektr tokini o‘tkazmaydigan material qo‘yib, yasaladi. Birlamchi chulg'am uchun transformator salt ishlash rejimining elektr muvozanat tenglamasini yozamiz.

b unda: r01X0l — mos ravishda, transformatoming aktiv va induktiv sochilish qarshiliklari; I0 — salt ishlash toki. Transformatorning yuklangan rejimda (nagmzka bilan) ishlashini ko'rib chiqamiz. Birlamchi va ikkilamchi chulg'amlarning elektr muvozanat tenglamalarini Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan yozamiz:


bunda R1 va R2 — mos ravishda, birlamchi va ikkilamchi chulg'amlarning aktiv qarshiliklari, X1 va X2 — birlamchi va ikkilamchi chulg'amlar magnit oqimi sochilishiga ta’sir etuvchi induktiv qarshiliklar, U2 — iste’molchining kuchlanishi.


Chulg‘amlardagi kuchlanish pasayishi I1Z1 va I2Z2 birlamchi va ikkilamchi kuchlanishlarning bir necha foizinigina tashkil qiladi, shuning uchun uni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Demak, yuqoridagi tenglamalarni quyidagicha yozish mumkin:



Ya’ni o‘zakdagi asosiy magnit oqim iste’molchining tokiga bogiiq boimay, birlamchi chulg'amning kuchlanishi bilan aniqlanadi. Demak, salt ishlash rejimidagi magnit oqimi bilan transformator yuklangan rejimda ishlagandagi magnit oqimlarini tenglashtirib olsak bo’ladi.
Download 227.5 Kb.




Download 227.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu : Transformatorlarning ish rejimlari. Reja. Salt ishlash rejimi va qisqa tutashuv rejimi. Yuklamali ish rejimi

Download 227.5 Kb.