|
Ta’lim tizimida dars jadvalini shakllantirishni tadqiqoti va uni yaratish algoritmi Mundarija
|
bet | 1/25 | Sana | 28.07.2024 | Hajmi | 1,86 Mb. | | #268854 |
Bog'liq Dissertatsiya
Ta’lim tizimida dars jadvalini shakllantirishni tadqiqoti va uni yaratish algoritmi
Mundarija
Kirish. Dissertatsiya ishining dolzarbligi
1-BOB. TA’LIM TIZIMIDA AVTOMATLASHTIRILGAN DARS JADVALINI ALGORITMLASHNING NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Algoritmik yondashuv tushunchasi
1.2. Jadval tuzish jarayonini matematik modellashtirish
1.3. Jadval tuzish jarayonini avtomatlashtirishning asosiy muammolari
1.4. Mashg’ulotla jadvalini tuzishning avtomatik yondashuvi
1.5. 1-bob bo’yicha xulosa va tavsiyalar
2-BOB. “1C: MUASSASA” TIZIMINI ISHGA TUSHIRISH VA TIZIMGA AVTOMATLASHTIRILGAN DARS JADVALINI BIRIKTIRISH USULLARI TAXLILI
2.1. “1C: Muassasa” dasturini o'rnatish
2.2. Axborot bazasini qo'shish
2.3. Yuklab olingan jadvalni standartlashtirilgan universitet formatiga keltirish uchun MS Excelda makrosni ishlab chiqish
3-BOB. OLIY TA’LIM TIZIMIDA MASHG’ULOTLAR JADVALI AVTOMATIK TUZISH ALGORITMLARINI ISHLAB CHIQISH
3.1. Darslarni rejalashtirish uchun modellar va algoritmlar
3.2. Oliy ta’lim tizimining yangi ta’lim standartlari asosida tuzilgan dars jadvalini avtomatik rejalashtirish algoritmi.
3.3. Algoritmik jadvalni ishlab chiqish masalaning qo’yilishi
3.4. Mashg’ulotla jadvali rejalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish
3.5. 2-bob. bo’yicha xulosa va tavsiyalar
Umumiy xulosa va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar taxlili
Kirish. Dissertatsiya ishining dolzarbligi
Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va samarali faoliyat ko'rsatishning eng muhim vazifalaridan biri bu o'quv jarayonini oqilona va shaffof tashkil etish bo'lib, uni ta'lim muassasasining turli bo'linmalari tomonidan hal qilinadigan o'zaro bog'liq vazifalar majmuasi sifatida tavsiflash mumkin. Shu bilan birga, alohida ish joylari va bo’limlarini avtomatlastirishdan tashqari oliy talim tizimini to’liq avtomatlashtirish masalasi ko’rib chiqilmoqda. Avtomatlashtirish ob'ektidan qat'i nazar, professor-o'qituvchilar bo'ladimi yoki universitet ma'muriyati bo'ladimi, bunday avtomatlashtirilgan tizimlar ta'lim muassasasida amalga oshirilib, pirovard maqsad - ta'lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan.
2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, taʼlim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda taʼlim tizimini isloh qilish boʼyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. “Professionаl tа’lim tizimini yanаdа tаkomillаshtirishgа doir qoʼshimchа chorа-tаdbirlаr” toʼgʼrisidа Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi, Oʼzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga yoʼnaltirilgan 2020 yil 23 sentyabrdagi “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonun va farmonlar ushbu dissertatsiya ishini bajarish uchun ko’pgina yo’llar ochib berdi.
Oliy ta’limda o'quv mashg'ulotlarini rejalashtirib dars jadvallari misolida nomoyon qilish muammosi barcha universitetlar va boshqa o'quv muassasalarida o’rganilib aptimal variant ishlab ciqilmoqda. Dars jadvalini tuzush jarayoni umuman universitet va xususan har bir fakultet faoliyatida eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Yaxshi ishlab chiqilgan dars jadvali o'quv kurslarining ilmiy-pedagogik salohiyatini yanada oshirishi va talabalar tomonidan materialni yaxshiroq tushunish uchun asos bo'lishi mumkin. Kafedra professor-o’qituvchilari o‘rtasida o’quv yuklamalarini to’g’ri taqsimlash va o‘quv jadvalini to’g’ri ishlab chiqish masalasi ko‘p jihatdan o‘quv jarayonini tashkil etish samaradorligini belgilaydi. To'g'ri va aniq tuzilgan dars jadval talabalar guruhlarini professor-o'qituvchilarga teng yuklanishini ta'minlaydi. Dars jadvalini puxta tuzilishi o‘qituvchilar mehnatining samaradorligi, o‘quv materialini talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi, universitetning intellektual va moddiy-texnik bazasidan oqilona foydalanilishiga bog‘liq.
Shunday qilib, ta’lim tizimida dars jadvalini shakllantirishni tadqiqoti va uni yaratish algoritmlarini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlar dolzarbdir.
|
| |