|
Lagranj interpolyatsion kophadining tadbiqlari K20. 122-guruh talabasi Qosimova Mohidil Qosimjon qizi
|
Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 201,86 Kb. | | #120323 |
Bog'liq Lagranj interpolyatsion kophadining tadbiqlari Lagranj interpolyatsion kophadining tadbiqlari K20.122-guruh talabasi Qosimova Mohidil Qosimjon qizi
Reja:
KIRISH
I.BOB. INTERPOLYATSIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. INTERPOLYATSIYA MASALASININING QO’YILISHI.
1.1. Interpolyatsion masalaning qo’yilishi.
1.2. Chiziqli interpolyatsiya.
1.3. Nyutonning interpolyatsion formulasi.
II.BOB. LAGRANJ INTERPOLYATSION FORMULASI. LAGRANJ INTERPOLYATSION FORMULASI XATOLIGINI BAXOLASH
2.1. Lagranj interpolyatsion ko‘phadi.
2.2. Lagranj koeffitsientlarni hisoblash
2.3. Interpolyatsiya formulalari xatoliklarni baholash.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI.
KIRISH
Hisoblash usullari amaliyotda uchraydigan masalalarni taqribiy yechish bilan shug’ullanadi. Ma’lumki tabiiy fanlar hamda texnika fanlarida uchraydigan ko’pgina masalalar chiziqsiz differensial tenglamalarga keltiriladi, ya’ni ularning analitik yechimini topish nihoyatda murakkab masala, shu sababli taqribiy yechish usullaridan foydalanish ko’proq samara beradi.
Hisoblash usullari zamonaviy matematikaning ajralmas bir qismi xisoblanadi. Hisoblash usullari ko’pgina amaliyoy masalalarini yechishda, ayniqsa, modellarni differensial tenglamalar terminida ifodalanadigan jarayon, jarayonlarni tanqid qilishning ajralmas qismi ekanligi ma’lum. Bunday modellarni samarali tadbiq qilish u yoki bu hisoblash algoritmlarini tanlash va kompyuterda dasturlash usullari bilan bevosita bog’liq.
- BOB. INTERPOLYATSIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. INTERPOLYATSIYA MASALASININING QO’YILISHI.
- Interpolyatsion masalaning qo’yilishi.
Interpolyatsiya - (lot. inter – orasida va polio –tekislayman) degan ma’noni anglatadi.
Matematikada — bir necha nuqtada berilgan funksiya qiymatlaridan shu nuqtalar orasidagi nuqtalarda funksiyaning taqribiy qiymatini topish. Interpolyatsiyadan farqli ravishda ekstrapolyatsiyada funksiyaning taqribiy qiymati berilgan nuqtalardan tashqaridagi nuqtalarda topiladi;
Statistikada — voqealar qatorining oraliq hadlari taxmin qiymatlarini matematik usulda hisoblab topish; qatorning nomaʼlum qiymatlarini topish. Qatorning nomaʼlum qiymatlari qatorning maʼlum hadlari orqali hisoblab topiladi yoki miqdori aniq boʻlgan boshqa hadlar bilan oʻzaro bogʻliqligi asosida aniqlanadi.
|
| |