|
O’quv yili 4+2 amaliyotning yillik hisoboti sentabr oyi
|
bet | 1/3 | Sana | 26.06.2024 | Hajmi | 33,41 Mb. | | #265795 |
Bog'liq 4 2 hisobot shaxrizoda (1) 4
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI XORIJIY TILLAR FAKULTETI MBIT 202- GURUH TALABASI
BO’RIYEVA SEVINCHNING 4+2 AMALIYOTINING YILLIK HISOBOTI
2023-2024-o’quv yili
4+2 amaliyotning yillik
HISOBOTI
Sentabr oyi: Angot Tumani 8-sonli maktabga ertalab keldim, hamda o’zimga biriktirilgan 3--A"sinf o’quvchilarini kutib oldim. Maktabdan menga biriktirilgan 3-"A" sinf o’quvchilari bilan odob-axloq mavzusida qisqacha suhbat o’tkazdim hamda quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
1. Bizga institutdan 4+2 amaliyotga rahbar qilib tayinlangan ustozimiz Fozilov Odil bilan birgalikda mutaxassislik fanlaridan dars ishlanmalari tayyorlashni o’rgandim.
2. Maktabdan biriktirilgan ustozimiz Yo’ldosheva Dilnoza bilan mutaxassislik fanlaridan dars o’tishda yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning hamda dars sifatini yaxshilashda o’rni haqida tavsiyalarni oldim.
3. Maktabdagi tajribali o’qituvchilardan boʻlgan ustoz Yo’ldosheva Dilnoza ingliz tili fanidan dars tahliliga kirdim va o’zimga kerakli ilmiy pedagogik usullarini o’rgandim.
Oktabr oyi: Men 4+2 amaliyotni o’tash uchun : Angot Tumani 8-maktabga ertalab keldim va quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
1. Mutaxassisligimiz bo’yicha tajribali o’qituvchimiz Yo’ldosheva Dilnoza bilan 3-B sinfiga ingliz tili dars tahliliga kirdim hamda o’zimga kerakli ilmiy pedagogik uslubiy tavsiyalarini o’rgandim.
: Angot Tumani 8-maktabga 4+2 amaliyotni o’tashim uchun menga maktabdan biriktirilgan o’qituvchi Yo’ldosheva Dilnoza ustozning darslaridan tarqatma materiallar tayyorlashni o’rgandim.
3. Maktabga o’tgan l-chorak yakunilari bo’yicha bo’lib, o’tgan ma’naviy ma’rifiy tadbirga o’z dasturim bo’yicha qatnashdim.
Noyabr oyi. Men 4+2 amaliyotni o’tash uchun : Angot Tumani 8-maktabga soat 12:50da keldim. Meni maktabdan 4+2 amaliyotga rahbar qilib tayinlangan ustozimiz Yo’ldosheva Dilnoza ustoz kutib oldi, quyidagi ishlarni birgalikda bajarishimizni tushuntirdi:
1. Maktabda ingliz tili to’garaklariga o’quvchilar qamrovini o’rgandim va tahlil qildim.
2. Maktabning o’rta sinflarida ingliz tili fanining o’qitish tartibi va fanning o’ziga xosligi yuzasidan biriktirilgan ustozim bilan maktabdagi boshqa tajribali o’qituvchilari bilan bo’lib o’tgan suhbatga qatnashdim.
3. Maktabning tajribali o’qituvchilaridan ingliz tili fani o’qituvchisi Yo’ldosheva Dilnoza 4-"ª"sinfdagi ingliz tili faniga dars tahliliga kirdim va o'zimga kerakli metodik bilim oshirdim.
Undan tashqari 17-noyabrda 4-"ª" sinf oʻquvchilariga ,,Animals" mavzusida ochiq dars ham o'tdim.
Dekabr oyi. : Angot Tumani 8-sonli maktabga 4+2 amaliyotni o’tash uchun soat 12:50 da keldim. 4+2 amaliyot uchun maktabdan biriktirilgan ustozim Sitora Salomova kutib oldi. Shu oyda men quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
1. Menga biriktirilgan 2-"A" sinf o’quvchilari ichidan past o’zlashtiruvchi o’quvchilarini ro’yxatini oldim va ular bilan mutaxassislik fanlaridan qo’shimcha dars o’tishni tashkil etdim.
2. Maktabdan biriktirilgan o’qituvchim Yo’ldosheva Dilnoza bilan birgalikda amaliyotchilar burchagini tashkil etdik.
3. Maktabdan biriktirilgan ustozimiz Yo’ldosheva Dilnoza bilan birgalikda mutaxassislik fanlaridan test tuzish, test olish va baholash tartibi haqida kerakli yo’l-yo’riq ko’rsatmalarini oldim.
|
| |