|
O’quv yili 4+2 amaliyotning yillik hisoboti sentabr oyi
|
bet | 2/3 | Sana | 26.06.2024 | Hajmi | 33,41 Mb. | | #265795 |
Bog'liq 4 2 hisobot shaxrizoda (1) 4Yanvar oyi. Men bugun 4+2 amaliyotini o’tash uchun : Angot Tumani 8-sonli maktabga kechikmasdan keldim. Bizni maktab hovlisida maktabdan biriktirilgan o‘qituvchi Yo’ldosheva Dilnoza kutib oldi va bugun quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
1. Ingliz tili darslarini kuzatishda hamda o’rganishda dars o’tish uchun ustozlar ko’rsatgan yo’l-yo’riq asosida rejalashtirdim.
2. Maktabgacha ingliz tili fanlari asosida dars faoliyatlarini olib borishni maktabdan biriktirilgan o‘qituvchi Yo’ldosheva Dilnoza ustozning ko’rsatmalari asosida amalga oshirdim.
3. Ingliz tili fani o’qituvchisi Yo’ldosheva Dilnoza ustozning 4-"B" sinf darsiga tahlilga kirdim va ustozning darsiga tahlilga kirib ilmiy va metodik bilimlarimni amalga oshirdim.
Fevral oyi. Men har safargidek 4+2 amaliyotini o’tash uchun : Angot Tumani 8-sonli maktabga soat 12:50 da keldim. Meni maktabda biriktirilgan amaliyot rahbarimiz Yo’ldosheva Dilnoza va o'qituvchilar kutib olishdi, shu oyda biz amaliyot bo’yicha quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
1. Mutaxasislik fanlari bo’yicha tajribali o’qituvchilar darslarini tahlil qildim.
2. Mutaxassislik fanlari bo’yicha metodist o’qituvchim Yo’ldosheva Dilnoza bilan ularning ko’rsatma va takliflari asosida mutaxassislik fanlaridan tarqatma materiallarni tayyorlashni o’rgandim.
3. Menga biriktirilgan 3-"ª" sinf o’quvchilarining oilaviy sharoitlari bilan tanishish maqsadida sinf rahbarining ish hujjatlari bilan tanishdim.
Mart oyi: : Angot Tumani 8-sonli maktabga tushdan so’ng keldim, hamda o’zimga biriktirilgan 3"ª"sinf o’quvchilarini kutib oldim. Maktabdan menga biriktirilgan 3-"ª"sinf o’quvchilari bilan odob-axloq mavzusida qisqacha suhbat o’tkazdim hamda quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
1. Menga maktabdan biriktirilgan o’qituvchi Yo’ldosheva Dilnoza bilan birgalikda mutaxassislik fanlaridan dars ishlanmalari tayyorlashni o’rgandim.
2. Maktabdan biriktirilgan ustozimiz Yo’ldosheva Dilnoza bilan mutaxassislik fanlaridan dars o’tishda yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning hamda dars sifatini yaxshilashda o’rni haqida tavsiyalarni oldim.
3. Maktabdagi tajribali o’qituvchilardan boʻlgan Yo’ldosheva Dilnoza ustozning ingliz tili fanidan dars tahliliga kirdim va o’zimga kerakli ilmiy-pedagogik usullarini o’rgandim.
|
| |