|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 211/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
Neft, yonuvchi gazlar va ulardagi yo’ldosh komponentlar zaxiralari xalq xo’jaligidagi ahamiyatiga ko’ra alohida hisobga olinishi zarur bo’lib, ular ikki guruhga ajratiladi: balans va balansdan tashqari zaxiralar. Hozirgi vaqtda ishlatish iqtisodiy jihatdan javob beraoladigan kon (uyum)lar balans zaxiralarga va hozirgi vaqtda ishlatish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmagan yoki qazib olish texnik va texnologik jihatdan imkoniyatsiz bo’lgan, kelajakda balans toifasiga o’tkazilishi mumkin bo’lgan kon (uyum)lar zaxiralari balansdan tashqari zaxiralarga bo’linadi. Uyumlarning turli toifadagi balans va balansdan tashqari zaxiralari yig’indisi geologik zaxiralar turkumiga kiradi.
Neftning balans zaxiralaridagi erigan gaz, kondensat va ular tarkibidagi komponentlar sanoat ahamiyatiga molik bo’lsa, u holda chiqarib olinadigan zaxiralar hisobga olinadi va ularning miqdori aniqlanadi.
Olinadigan zaxiralar balans zaxiralarning bir qismi bo’lib, ular yer ostidan zamonaviy texnika vositalari va ilg’or texnologiyalardan samarali foydalanib, sarflanadigan mablag’larni hisobga olib, yer qa’rini va atrof muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilib chiqarib olinadi.
Geologik zaxiralar, qazib olish imkoniyati bor-yo’qligidan qat’iy nazar, uyumdagi foydali qazilmalarning umumiy miqdorini bildiradi.
Neftning balans zaxiralarida neftda erigan gaz, erkin gazdagi kondensat ajratilib olinadigan zaxiralar, ya’ni zamonaviy texnika vositalari va texnologiya yordamida yer qa’ridan olinishi mumkin bo’lgan zaxiralarning bir qismi hisobga olinadi.
Neft va kondensat chiqarib olish koeffitsientlari «O’zbekneftgaz» MXK da muhokamadan o’tkazilib tasdiqlanishi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat Zaxiralar Komissiyasi (DZK) tomonidan texnikiqtisodiy hisoblashlar asosida belgilanishi lozim. Olinadigan va geologik zaxiralar nisbati orqali ham neft chiqarib olish koeffitsientini aniqlash mumkin.
Neft va gaz zaxiralarining amaldagi tasnifiga ko’ra ularning yana quyidagi turlari mavjud: aniqlangan zaxiralar − A toifa, ularga olishga tayyorlangan (A1) va aniqlangan (A2) zaxiralar kiradi; chamalangan zaxiralar − V toifa; ehtimoldagi zaxiralar − S1 toifa, sanoat miqyosidagi zaxiralar − A+V+S1 toifalar va taxminiy zaxiralar (ularga burg’ilash yordamida tasdiqlangan zaxiralar kiradi), ya’ni istiqbolli zaxiralar S2 va bashoratlanayotgan zaxiralar S3 (geologiyaga oid ilmiy adabiyotlarda
«boyliklar» so’zi «manbalar» termini bilan ataladi), D1 va D2 toifalarga bo’linadi.
Xorijda ishlab chiqilgan zaxiralar tasnifida mavjudligi isbotlangan zaxiralar − chiqarib olishga tayyor zaxiralar bo’lib, quduqlardan olingan ma’lumotlar asosida (A1 toifa) hisoblanadi. Aniqlangan zaxiralar (A2 toifa) haqida esa qo’shimcha quduqlarni burg’ilash orqali ma’lumotga ega bo’linadi. Isbotlangan zaxiralarga kichik bir uchastkada hisoblangan yoki sinov o’tkazish orqali aniqlangan ikkilamchi zaxiralar mansub. AQSh, Kanada va Meksikada isbotlangan zaxiralarga A1 toifadagi, boshqa mamlakatlarda esa aniqlangan va chamalangan zaxiralar ham kiritiladi. Birlamchi zaxiralar qatlamning bosimini saqlab yoki konda qaytadan ishlatish usullarini qo’llab hisoblanadi. Ikkilamchi zaxiralar yangi uyumlarda qatlamning bosimini saqlab yoki hozirgi iqtisodiy sharoitda konni ishlatishda ma’lum usullarni qo’llab aniqlanadi.
Konni ishlatishda CO2, siqilgan gaz, qaynoq suv (bug’)ni quduqqa haydash va b.
yordamida hisoblanadigan zaxiralar ham mavjud. Chamalangan zaxiralarga etarli darajada aniq chegaralanmagan zaxiralar, bo’lishi mumkin bo’lgan zaxiralarga esa yangi hududlarda va neft-gazliligi taxmin qilinadigan maydonlarda aniqlangan zaxiralar kiradi. Chamalangan zaxiralar shu kungacha qazilgan quduqlardan olingan ma’lumotlar asosida hisoblanadi. Bo’lishi mumkin bo’lgan zaxiralar esa 1 mln.3 (4,2 km3) hajmdagi jinslarda ehtimol tutilgan zaxiralar hamda havza yoki hududdagi jinslar hajmiga to’g’ri keladigan zaxiralar orqali baholanadi.
|
| |