NEFT VA GAZ KONLARINI HAMDA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH, KORXONALARDA BAJARILADIGAN GEOLOGIK XIZMAT




Download 11,69 Mb.
bet203/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

NEFT VA GAZ KONLARINI HAMDA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH, KORXONALARDA BAJARILADIGAN GEOLOGIK XIZMAT



16.1. YER QA’RI VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH TO’G’RISIDA UMUMIY QOIDALAR


O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 55-moddasida shunday so’zlarni o’qiymiz: «Erosti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir».
Davlatimizning asosiy Qonunidagi bu moddadan shunday xulosa chiqarish mumkinki, barcha fuqarolar atrof muhitga va uning resurslariga alohida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishlari hamda ularga hozir va kelajakda odamlar uchun normal hayot sharoiti yaratib berish va uni saqlashga qaratilgan tadbirlarni muntazam o’tkazishni talab qiladigan bebaho xalq mulki sifatida qarashlari kerak. Ko’rsatib o’tilgan nuqtai nazardan kelib chiqib so’z yuritganda, inson va atrof muhit muammosiga uning resurslaridan omilkorlik bilan foydalanishni qo’shgan holda shunchaki tabiatni muhofaza qilish sifatidagina emas, balki keng biosfera miqyosida insonning o’zini asrash uchun tabiiy muhitni saqlashi ma’nosida qaralishi kerak.
Zamonaviy yuksak taraqqiy etgan industrlashgan jamiyat sharoitida erni va atrof muhitni asrash muammosi inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, tog’ konchiligi ishlab chiqarishiga, uning ajralmas qismi bo’lgan neft-gaz qazib olish sanoatiga ham kirib boradi. Bu shu bilan bog’liqki, geologik muhit inson yashaydigan muhit bilan yagona, ajralmas birlikni tashkil etadi, sababi, litosfera biosferaning mineral asosi hisoblanadi.
Aynan shuning uchun ham u, butun tabiat singari, muhofazaga muhtojdir. Istalgan xildagi kon ishlari, shu jumladan, neft va gaz qazib olish ham atrof muhitning kon ishlab chiqarishi chiqindilari va foydali qazilmalarning isrof bo’lishi natijasida ifloslanishi tuproq, suv, atmosferaning tanazulli va yuzaga kelgan biologik va geokimyoviy aloqalarning buzilishi bilan bog’liqdir.
Bundan yer qa’rini keng ma’noda muhofaza qilish tushunchasining quyidagi ta’rifi kelib chiqadi: yer qa’rini keng ma’noda muhofaza qilish  bu yer qobig’idan va undagi foydali qazilmalardan ilmiy asoslangan holda, omilkorlik bilan foydalanishdan, texnik mumkin bo’lgan va iqtisodiy maqsadga muvofiq sharoitda ularni yer qa’ridan chiqarib olishdan, kondan va qazib olingan xom ashyodan uni qayta ishlashning barcha bosqichlarida kompleks foydalanishdan; bu xalq xo’jaligida mineral resurslarni omilkorlik bilan ishlatishdan va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydali narsalar olib, mineral xom ashyo va yoqilg’ining isrof bo’lishining, shuningdek, ularning atrof muhitga salbiy ta’sirini bartaraf etishdan iboratdir.
Yer qa’rini muhofaza qilishning ulkan ahamiyatidan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda u bilan bog’liq masalalar davlat tomonidan boshqariladi va nazorat qilinadi. Foydali qazilmalardan foydalanish va yer qa’rini muhofaza qilish sohasida ijtimoiy munosabatlarni boshqarish turli huquqiy normalar va nizomlarni hayotga tadbiq qilish orqali amalga oshiriladiki, bu birinchi navbatda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilgan O’zbekiston Respublikasining «Erosti boyliklari to’g’risida» gi qonunida o’z ifodasini topgan. Ushbu hujjatda quyidagi talablar qayd etilgan: Yerosti boyliklaridan foydalanuvchilar:
Yer qa’ridan belgilangan maqsadda foydalanishni;
ishlar yer qa’ridan foydalanish loyihasiga muvofiq olib borilishini;
Yer qa’ri geologik jihatdan to’la-to’kis o’rganilishini, yer osti boyliklaridan oqilona, kompleks foydalanishni va muhofaza etilishini; konlarning foydali qazilmalarga mo’l uchastkalarini tanlab ishlatishga, mineral
xom ashyo qazib olish va uni qayta ishlashda foydali qazilmalarning me’yoridagidan ortiq nobudgarchiligiga yo’l qo’yilmasligini; zaxiralar holati va ulardagi o’zgarishlar, foydali qazilmalarning nobudgarchiligi va kamayishi hisobga olib borilishini, shuningdek, zaxiralarning o’z vaqtida qayta hisoblab chiqilishi, qayta tasdiqlanishi va chegirib tashlanishini;
qazib olinayotganda qo’shilib chiqadigan, lekin vaqtincha foydalanilmayotgan
foydali qazilmalarning saqlanishi va hisobga olib borilishini; suv chiqarib olish inshootlari va ularning atrofidagi hududda joylashgan yer osti
suvlari holati kuzatib borilishini;
Yerosti suvlari holatidagi o’zgarishlar to’g’risida yer osti suvlarini muhofaza qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlarni zudlik bilan xabardor qilinishini;
Yerosti boyliklaridan foydalanish bilan bog’liq ishlar xavfsiz olib borilishini, falokatlarni tugatish rejalari ishlab chiqilishini;
Yerosti boyliklaridan foydalanish bilan bog’liq ishlarning zararli ta’siridan atrof, tabiiy muhit, binolar va inshootlarning muhofaza qilinishini;
Yerosti boyliklaridan foydalanish jarayonida geologik, markesheyderlik hujjatlari va o’zga hujjatlarning yuritilishini hamda ularning asralishini; geologiya va mineral resurslar Davlat qo’mitasi huzuridagi Davlat geologiya fondiga (matnda bundan buyon Davlat geologiya fondi deb yuritiladi) yer qa’riga oid axborotlar, shuningdek, foydali qazilma zaxiralarining holati va o’zgarishi hamda ularning tarkibidagi komponentlar to’g’risidagi ma’lumotlar taqdim etilishini;
Yerosti boyliklaridan foydalanish chog’ida buzilgan yer uchastkalari ulardan keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini;
Yerosti boyliklaridan foydalanish uchun to’lovlar o’z vaqtida to’lab borilishini ta’minlashlari shart.
XX asr  atom asri, katta texnologik o’zgarishlar asri bo’ldi. Ishlab chiqarish keng miqyosda rivojlanib, uning atrof muhitga  yerga, suvga, hayvonot va nabotot olamiga salbiy ta’siri kuchaydi. Jumladan, sobiq Ittifoqda ishlab chiqarishning atrof muhitga ta’sirini hisobga olmaslik O’zbekistonda ham jiddiy ekologik muammolarni keltirib chiqardi.
Shundan keyin dunyodagi ko’pgina taraqqiy etgan mamlakatlarda bo’lganidek, O’zbekistonda ham 1988 yilda tabiat muhofazasini amalga oshiradigan maxsus davlat qo’mitasi tuzildi. Bu qo’mita respublikada tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli tashkilotdir. Respublikaning barcha viloyatlarida qo’mitaning bo’limlari, laboratoriya va inspektsiyalari mavjud.
O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 1992 yil 9 dekabrda «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunni qabul qildi. Mazkur qonunda insonning yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega bo’lish huquqi va bu muhitni saqlab qolish borasidagi burchi belgilab berilgan.
Bundan tashqari 1996 yil 27 dekabrda «Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida»gi, 1998 yil 28 avgustda «Davlat yer kadastri to’g’risida»gi qonun qabul qilindi.
Tegishli vazirliklar yuqorida tilga olingan qonunlar va me’yoriy hujjatlarga tayangan holda muhitdan foydalanishda ma’lum tartibni belgilovchi qator hujjatlar chiqarishdi.
Shuni ta’kidlash kerakki, garchi rasmiy hujjatlarda foliyati yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog’liq tashkilotlar va korxonalarning ma’suliyati haqida so’z borsada, biroq bu ma’suliyat zimmasida bo’lganlar ma’lum ma’muriy lavozimda ishlovchi aniq shaxslar va ishlarning bevosita ijrochilaridir. SHu boisdan har bir inson − u xoh mutaxassis, xoh oddiy fuqaro, jamiyat a’zosi bo’lsin qonunlarni, yer osti boyliklari va atrof muhitdan foydalanish va asrash bo’yicha talab va qoidalarni bilishi va unga amal qilishi kerak.

Download 11,69 Mb.
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



NEFT VA GAZ KONLARINI HAMDA ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH, KORXONALARDA BAJARILADIGAN GEOLOGIK XIZMAT

Download 11,69 Mb.