-rasm. Sangashala dengizi – Duvanniy oroli – Bulla oroli konlaridagi VII gorizontni ishlatish sxemasi
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
Dengizdagi konlarni ishlatishda texnikaning yangi yutuqlaridan etilganidek, ob’ektlar soniga va ularning yotish sharoitiga qarab, ayrim kustlarda 3 tadan 15 tagacha va undan ko’proq quduq bo’lishi mumkin. Quduqlar og’zi orasidagi masofa 8 m va kustda 10- 15 ta quduq bo’lganda burg’ilash maydoni uzunligi 50-100 m ga yaqin bo’lishi kerak; bunda kustni shunday loyihalash kerakki, quduq tubining og’ish qiymati eng kam darajada bo’lsin va quduqlar tanasi bir-biri bilan kesishmasin. Bu shartlarga rioya qilish burg’ilanayotgan va favvoralanayotgan quduqlarning to’qnashuvining oldini oladi, maboda shunday ahvol yuz bersa, yaxshi holatda quduqlarning ishdan chiqishi, yomon holatda esa platformada favvora otilishi bilan tugashi mumkin. E.I.Tagiev, O.A.Mejlumov va boshqa tadqiqotchilar dengiz tubidan imkon qadar to’la foydalanish maqsadida bir joyda bir paytning o’zida ikkita quduq qazishni taklif qildilar. Qo’shquduqli burg’ilash metodining mohiyati shundaki, bitta burg’ilash minorasining o’zida bir stanokda va bir brigada bilan bir paytning o’zida ikkita quduq kavlanadi: bunda quduqlar og’zi bir biridan 1,5 m masofada bo’ladi. Birinchi quduq burg’ilanayotgan paytda ikkinchisida yordamchi ishlar bajariladi, ya’ni burg’ilash quvurlarining tag qismi jihozlanadi, dolotalar turi va markasi tanlanadi. Birinchi quduq chuqurlashtirilgandan so’ng ikkinchisiga tayyorlangan burg’ilash quvurlari tushiriladi. Birinchi quduqdan chiqarilgan burg’ilash quvurlari ikkinchisiga tushiriladi va burg’ilash davom ettiriladi. Keyin bu jarayon teskari tartibda takrorlanadi. Qo’shquduqli burg’ilash metodi katta afzalliklarga ega bo’lib, u quyidagilardan iborat: bir asosdan ikkita quduqni burg’ilash uchun foydalaniladi, ikkinchi quduq uchun minora yig’ish va burg’ilash stanogini montaj qilishga hojat qolmaydi, dolotaning quduq tubida bo’lish vaqti ortadi va h. Qo’shquduqli burg’ilash kamchiliklardan holi emas, chunonchi, har bir quduqni burg’ilash muddati uzayadi, falokat va murakkabliklarni bartaraf etish vaqti cho’ziladi, burg’ilash jarayonida bir tanada yuzaga kelgan ozgina murakkablik ikkinchi tanada majburiy to’xtashlarga sabab bo’ladi. Ikki quduqni bir asosdan oldinma-ketin burg’ilash samaraliroq bo’lib, Artem oroli yaqinidagi dengiz uchastkalarida keng qo’llanilgan. Bunday quduqlarni burg’ilash bir paytda emas, balki oldinma-ketin amalga oshiriladi, ya’ni birinchi quduqni burg’ilash tugagandan so’ng uni teshilmaydi va minorani o’sha asosdan qiyshaytirgan holda ikkinchi quduq burg’ilanadi. Faqat burg’ilash ishlari tugagandan so’ng bu ikki quduqni bir vaqtda o’zlashtirish boshlanadi. Neft qatlamlari yuza joylashganda (1500 m gacha) va quduqlarni burg’ilash jarayoni qisqa vaqt davom etganda bu metodning samarasi yuqori bo’ladi. Dengizdagi neft konlarini ishlatishda qo’shquduqli burg’ilash metodi dengizda minora o’rnatiladigan poydevorlarni qurish xarajatlarini teng yarmiga qisqartirish imkonini beradi. Bundan tashqari quduqlarni burg’ilashni neft quduqlarining og’zi jamlangan kustda amalga oshirish ham katta mablag’larni tejash imkonini beradi. Qo’shquduqli burg’ilashda maxsus uskunalardan: qo’shaloq rotor, siljiydigan kranblok va yuqori asos o’lchamlari o’zgartirilgan bashnya turidagi burg’ilash minorasidan foydalaniladi. Ikki tanali burg’ilashda hamma ishlarni qo’shib bajarish imkoniyati tug’iladi. Masalan, birinchi quduq sementlansa yoki sement qotishi kutilsa, boshqasida burg’ilash davom etadi, birinchisida geofizik ishlar o’tkazilayotgan bo’lsa, boshqasida burg’ilash va b. ishlar bajariladi. Ikki tanali burg’ilashda burg’ilash uskunalaridan foydalanish jadallashadi, ish unumi ortadi va 1 m qazish tannarxi kamayadi. Alohida poydevor va platformalarni loyihalash va qurishni kon atroflicha razvedka qilinganidan, quduqlarni joylashtirish to’ri tanlanganidan va uyumga ta’sir etish metodi belgilangandan so’ng boshlash kerak. Platformalar qurilishi qatlamga ta’sir ko’rsatishni tashkil etish maqsadida birinchi navbatda haydash quduqlarini burg’ilash imkonini berishi kerak. Olimlar dunyo neftgaz sanoatining istiqbolini dengiz shelflarini o’zlashtirish va suv ostidagi neft hamda tabiiy gaz boyliklaridan foydalanish bilan tabora ko’proq bog’lamoqdalar. 15-bob KONDA BAJARILADIGAN GEOLOGIK ISHLARINI REJALASHTIRISH ASOSLARINeftgaz qazib olish sanoatini yuksaltirishni rejalashtirish og’ir industriya sohasini va neftkimyo xom ashyosi ishlab chiqarish bazasini yuksaltirishning umumiy rejalashtirishning muhim bo’g’ini hisoblanadi. Quduqlar burg’ilash va neft qazib olishda har bir konning, har bir mahsuldor gorizontning va har bir quduqning imkoniyatlarini, ilg’or ishlab chiqarish metodlarini, shuningdek, vatanimiz va xorij fani va texnikasi yutuqlarini diqqat bilan va muntazam o’rganish lozim. Neftgaz konlari korxonalari ishini rejalashtirish butun xalq xo’jaligi sistemasini rejalashtirishning ajralmas qismidir. Odatda ikki xil rejalashtirish bo’ladi: istiqbolli rejalashtirish (5,10 yil va undan ham ko’proqqa mo’ljallangan); joriy mukammal rejalashtirish (bir oy, kvartal, yilga mo’ljallangan). Istiqbolli va joriy mukammal rejalashtirishning birligi va uzilmas aloqasi bu jarayonning uzluksizligi bilan ta’minlanadi. Rahbar organlar tomonidan tasdiqlangan xalq xo’jaligini, shu jumladan, neft va gaz sanoatini istiqbolda rivojlantirish raqamlari rejalashtirishga asos qilib olinadi. 15.1. ISTIQBOLLI REJALASHTIRISHIstiqbolli rejalashtirish neft va gaz sanoatini bir necha yil: 5,10 yil va undan ko’proq muddatda yuksaltirish rejasini tuzishni ko’zda tutadi. Bir necha yilga reja tuzish odatda yaxlitlashtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha amalga oshiriladi. Asosiy ko’rsatkichlarni umumlashtirib, belgilab olgandan so’ng ayrim bo’limlar bo’yicha mukammalroq rejalashtirishni amalga oshirish mumkin. Istiqbolli rejalashtirishning geologiya qismida quyidagi ma’lumotlar bo’lishi lozim: ishlatilayotgan quduqlar fondlarining holati haqidagi ma’lumotlar, ishlatilayotgan quduqlar soni, ishlatilayotgan maydonlarning o’lchamlari va ulardagi zaxiralarni ko’rsatgan holda; razvedka qilingan, ishlatishga tayyorlangan fondlarning holati haqidagi ma’lumotlar, fonddagi nuqtalar soni, maydonlarning o’lchami va ulardagi zaxiralarni ko’rsatgan holda; razvedka ishlari amalga oshirilayotgan maydonlarning tavsifi, razvedka ishlarining holati, burg’ilanadigan zaruriy razvedka quduqlarining hajmi, kutilayotgan natijalar va razvedka ishlari tugaydigan muddatni ko’rsatgan holda; ayrim maydonlar bo’yicha dala-geologik izlash va geofizik ishlarning holati tavsifi va ko’rsatilgan maydonlarda kelgusida amalga oshiriladigan ishlarning rejalari; istiqbolli rejani bajarish uchun rejalashtirilgan geologik –izlanish, geofizik va boshqa ishlarning hajmi hamda kelajakda bajariladigan ishlar miqyosi. Geologik ishlarni rejalashtirishda geologik izlanish, geokimyoviy, gidrogeologik, geofizik (shu jumladan, radioaktiv) va boshqa tadqiqotlarni takomillashtirish va oqilona tashkil etish bo’yicha tadbirlarni loyihalashtirish rejaning muhim qismi hisoblanadi. Istiqbolli rejalar odatda besh yilga va uzoq muddatga (bir necha besh yillikka) mo’ljallangan bo’ladi. Besh yillik rejaning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari mukammalroq asoslanganligi bilan ajralib turadi. Uzoq muddatli rejalashtirishda sohaning ilmiy-texnik taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari va u bilan bog’liq kapital mablag’ hajmlari belgilanadi. Yuksaltirishning istiqbolli rejasini tuzishda va neft qazib oluvchi sanoatni joylashtirishda xalq xo’jaligining neft va neft mahsulotlariga rejadagi ehtiyojini asoslash boshlang’ich tadbir sanaladi. Zaxiralarning bashorat qilingan o’sishiga bog’liq holda neft qazib olishning rayonlar bo’yicha darajasini aniqlash rejalashtirishning muhim masalasidir. Buning zarurligi neft sanoati o’sishining ulkan miqyosi va sur’ati bilan bog’liq. Bu masalani xal etish uchun zaxiralarning o’sishi neft uchun izlov-razvedka burg’ilashlarining umumiy hajmiga bog’liqligini diqqat bilan tahlil qilish kerak. S1 toifadagi zaxiralarning tasdiqlanganlik koeffitsientining 10-12 yil davomida sobiq Ittifoqda 2000 ta ishga tushirilgan uyumlar ishini tahlili natijasida, aniqlangan qiymati 0,7 ga teng bo’lgan. Yangi maydonlardagi va ochilgan konlardagi C2 toifadagi zaxiralarning tasdiqlanganlik koeffitsienti qiymati mos holda 0,4 va 0,5 ga teng. Yaxlitlashtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha istiqbolli zaxiralarni hisoblashda neft konlarini quyidagi xillarga bo’lish mumkin: ishlatilayotgan konlar; ochilgan, lekin ishga tushirilmagan konlar; rejalashtirilayotgan davr boshlangunga qadar ochilmagan, lekin rejalashtirilgan davrda ochilib, ishga tushiriladigan va b. Ishlatilayotgan konlar bo’yicha bajariladigan hisob-kitoblar gidrodinamik
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa -rasm. Sangashala dengizi – Duvanniy oroli – Bulla oroli konlaridagi VII gorizontni ishlatish sxemasi
|