|
-bob GAZ, GAZKONDENSAT KONLARI VA DENGIZDAGI NEFT KONLARINI ISHLATISH
|
bet | 197/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasi 14-bob GAZ, GAZKONDENSAT KONLARI VA DENGIZDAGI NEFT KONLARINI ISHLATISH
Gaz konlarini ishlatishning o’ziga xos tomonlari gazning qovushqoqligi, zichligining kamligi, yuqori darajada tarangligi va nihoyatda harakatchanligi bilan ajralib turadigan fizik xususiyatlariga bog’liq. Gazkondensat konlarini ishlatish ko’p jihatdan uglevodorod aralashmasining ayricha holati bilan belgilanadi, nainki uni yer yuzasiga chiqarib olish jarayonida qatlam bosimining pasayishiga bog’liq holda undan kondensat ajralib chiqadi, ko’pincha mazkur qimmatbaho mahsulotning yo’qolishi kuzatiladi.
Dengiz ostida katta chuqurlikda joylashgan neft konlarini ishlatish o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularni qazib chiqarishga tayyorlash va konni jihozlash ishlari tegishli metodlar asosida amalga oshiriladi.
14.1. GAZ KONLARI
Gaz konlarini ishlatishni loyihalashda har bir kondan bir sutkada olinadigan gaz miqdori asos qilib olinadi, bu esa mazkur vaqtda olinadigan gazdan foydalanish imkoniyatiga qarab belgilanadi. Kondan olinadigan gaz miqdori va sur’ati rejadagi gazoprovodlar va zavodlar qurilishiga qarab aniqlanadi.
Shunday qilib, yangi gaz konini ishlatishning o’ziga xos tomoni qatlam-quduqgazoprovod-iste’molchi sistemasining uzilmas aloqasidan iborat.
Kollektorning litologik tuzilishi bir tarkibli jinslardan tashkil topib, o’tkazuvchanligi yaxshi bo’lsa, gaz uyumining hamma qismida bosim deyarli bir xil, qatlamning gaz beraolish imkoniyati esa yuqori bo’ladi.
Qatlamda uzilmali buzilishning mavjudligi va qatlamning har xil tarkibliligi, uyumni ishlatish jarayonida bosim notekis taqsimlangan zonalarning paydo bo’lishiga olib kelib, natijada uyumdan yuqori darajada gaz olish qiyinlashadi.
Gaz uyumlarini ishlatish uchun qaziladigan quduqlar soni gazga bo’lgan ehtiyoj va quduqlarning mumkin bo’lgan debiti bilan belgilanadi.
Uyumni ishlatish jarayonida gaz qatlamining muvozanat holati kam sonli ishlatish quduqlarini loyihalashga imkon beradi. Ularni loyihalashda qatlamning geologik tuzilishini, uning har xil tarkibliligini, gazlilik chegarasi va gaz-suv tutash yuzasi holatini hisobga olish lozim. Gazlilik chegarasiga yaqin joylarda quduq burg’ilash, shuningdek, qatlamni ochish jarayonida quduq tubini gaz-suv tutash yuzasi yaqinida to’xtatish maqsadga muvofiq emas.
Gaz konlarini ishlatishni loyihalash xuddi neft konlarinikidek kompleks asosda amalga oshiriladi, ya’ni konni geologik tuzilishi o’rganiladi, gazodinamik hisobkitoblar, texnologik va iqtisodiy tahlillar amalga oshiriladi.
Eng maqbul texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga va yer ostidagi boyliklarni muhofaza qilish shartlariga rioya qilgan holda uyumni oqilona ishlatish orqali rejada belgilangan gazni chiqarib olish mumkin. Kondan foydalanish chog’ida siqilgan gazning qatlamdagi energiyasidan oqilona foydalanish kerak. Quduq konstruktsiyasi va diametrini tanlash (agar zarur bo’lsa favvora quvurlari diametrini ham), quduq tubi zonasiga ishlov berish, gazli qatlamni to’liq ochish qatlamdagi energiyaning eng kam yo’qolishini ta’minlashi kerak. Bu holda eng kam depressiya bilan eng ko’p debitga erishish mumkin. Quduqlarni oz depressiya bilan ishlatish quduq tubi jinslarini buzilishining va yer osti suvlarining tortilishining oldini oladi.
Gaz quduqlari debiti kattaligi maqsadga muvofiq, biroq bunda, quyidagi omillarning mumkin bo’lgan cheklovchi ta’sirini hisobga olish lozim:
quduq tubi atrofidagi qatlamning emirilishini va shu munosabat bilan qum chiqishini, bu hodisa yer osti va erusti uskunalarining ishdan chiqishiga sabab bo’lishi mumkin;
ostki suvlar konusining quduq tomon tortilishini va ularning suvlanishini; 3) quduq tubi zonasidagi jinslar g’ovaklarning tuz kristallari bilan bekilishini va loyqa bosishini;
4) ishlatish quvurlari birikmasining etarli darajada mustahkam emasligini va quduq og’zidagi bosim miqdorini.
Quduq tubi zonasi buzilishining oldini olish maqsadida quduqda eng ko’p depressiya hosil qilish yoki eng katta debit hajmini aniqlash uchun (ayniqsa suvning so’rilishi mumkinligi haqida ma’lumotlar mavjudligida) kondagi quduqlarda sinov ishlari o’tkaziladi.
Shuningdek, quduq tubi atrofi zonasida tuz yotqiziqlari paydo bo’lishini ham hisobga olish lozim, chunki bunday hodisa sodir bo’lganda jinslar o’tkazuvchanligi pasayadi.
Ishlatish quvurlari birikmasi mustahkam qurilishi va uni ishlatish jarayonida o’ziga tushishi mumkin bo’lgan bosimga chidamli bo’lishi lozim. Agar quduq konstruktsiyasi va uning uskunalari to’g’ri tanlangan va texnik soz holatda bo’lsa, ular quduqlar debitini cheklamaydi.
Quduq og’ziga tushadigan bosim quduqlarni ishlatish rejimi va gazdan foydalanish sharoiti bilan aniqlanadi. Quduq tubi zonasi qatlamining emirilishi va shu bilan bog’liq holda qum zarrachalari va jins bo’laklarining yer yuzasiga chiqishi, shuningdek, quduqlarning suv bosishiga olib keladigan ostki suvlar konusining tortilishi gaz quduqlari debitini cheklaydigan asosiy sabablar hisoblanadi. Gaz konini ishlatish tavsifi undan foydalanish jarayonida doimo o’zgarib boradi. Uni ishlatish va foydalanishning uchta xarakterli davri farqlanadi.
Birinchi davr. Gazning qatlamdagi harakati chog’ida yo’qoladigan bosimni to’ldirish va iste’molchiga zarur bo’lgan gazni jo’natish uchun 4-5 MPa bosimda gazni magistral gaz uzatgich quvuriga uzatishni ta’minlash uchun qatlam bosimi etarli darajada yuqori bo’ladi (debiti o’sib boruvchi davr).
Ikkinchi (muntazam debitli) davrda qatlam bosimi gazni bosh kompressor stantsiyasiga (bu yerda gaz magistral gaz uzatgich quvurlari orqali iste’molchiga uzatiladi) uzatish uchun etarli bo’lgan darajada pasayadi.
Uchinchi davrda (debitning pasayishi) qatlam bosimi shu qadar kuchli pasayadiki, bunday bosimda gazni uzoq masofalarga (shu jumladan, bosh kompressor stantsiyasigacha ham) jo’natish samarasiz bo’lishi mumkin. Bunday holatda qazib olinayotgan gazdan mahalliy iste’molchilarni ta’minlash uchun foydalanish lozim. Bunda quduqdan chiqayotgan gaz debiti kamayib boradi va qatlam bosimi quduq og’zida atmosfera bosimiga, shuningdek, quduq tanasidagi gaz ustuni bosimi darajasiga teng bo’ladi. Ba’zan konni sanoat miqyosida ishlatish bu hodisadan ancha avval iqtisodiy samarasiz bo’lib qoladi; gazning asosiy sanoat miqyosidagi zaxiralari odatda gaz uyumini ishlatishning birinchi va ikkinchi davrida tugaydi.
Gaz konini ishlatishni loyihalashda, quduqning mumkin bo’lgan eng ko’p debitini, mustahkamlash quvurlari birikmasining chidamliligini, qazib o’tilgan gaz qatlamlarini to’la izolyatsiyalash maqsadida mustahkamlash quvurlari orti bo’shlig’ida sement ko’tarilishini ta’minlaydigan eng maqbul konstruktsiyani yaratishni nazarda tutish lozim.
Gaz konini ishlatish va gazni iste’molchilarga jo’natish masalalari konni oqilona ishlatish kabi muhimdir. Gaz konini ishlatishning oqilona sistemasi qazib olinayotgan 1 m3 gazga eng kam xarajat sarflagan holda yer qa’ridagi gaz zaxirasini iloji boricha to’la chiqarib olinishini ta’minlashi kerak.
Sermahsulligi, yaxshi o’tkazuvchanligi, bosimli rejimi bilan ajralib turadigan gazli qatlamlarni gazlilik chegarasiga parallel qilib burg’ilangan quduqlar qatori bilan ishlatish tavsiya etiladi. Butun maydon bo’ylab tarqalgan ostki suvlar ustida joylashgan, kollektorlarining o’tkazuvchanligi yomon bo’lgan turli tipdagi gaz uyumlari uchun va massiv tipidagi gaz uyumlari uchun quduqlarning bir maromdagi to’rini joylashni qo’llash kerak (massiv uyumlarning gumbazida quduqlar soni biroz ko’payishi mumkin).
Quduqlar orasidagi masofani tanlashda gazli qatlamning fizik xususiyatlarini o’rganish natijalari va quduqlarni hamda qatlam gazini tadqiq qilish ma’lumotlari asos qilib olinadi. SHuningdek, yillik gaz qazib olish hajmi, quduqlar debiti,
|
| |