KAM DEBITLI QUDUQLAR FONDIDAN FOYDALANISH




Download 11,69 Mb.
bet196/252
Sana04.12.2023
Hajmi11,69 Mb.
#110957
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   252
Bog'liq
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

13.4. KAM DEBITLI QUDUQLAR FONDIDAN FOYDALANISH


Quduqlarning debitining kamayishi, odatda cho’kindilar hosil bo’lishidagi maxsus sharoitlar va neft uyumlarining shakllanishi, cho’kindilarning zichlashishi va ularni keyinroq metamorfizm jarayoniga uchrashi bilan bog’liq. Qayd etilgan va boshqa tabiiy omillar quduqlarning ishlatishni dastlabki davridayoq ularning unumdorligining past bo’lishini belgilaydi. SHuningdek, quduqlar debitining kamayishiga ularni ishlatish davrida sodir bo’ladigan murakkab jarayonlar yoki neftli qatlamda neftning tabiiy kamayishi ham sabab bo’ladi.
Quduqlar unumdorligining kamayishiga olib keladigan omillarga jinslarning metamorflashuvidan tashqari, boshqa tabiiy omillarni ham kiritish mumkin:

  1. neft uyumidan yer yuzasi tomon yo’nalgan diz’yunktiv buzilishlarning mavjudligi. Bunday buzilishlarning mavjudligi sababli yer yuzasida juda ko’p neft belgilari kuzatiladi, chuqurlikda esa neft uyumining tugay boshlashi va gazsizlanishi sodir bo’ladi;

  2. cho’kindilarning hosil bo’lish sharoitlari: zarralar yomon saralangan, qirralangan, gillangan, ohaklangan bo’ladi va sh.o’.;

  3. diagenetik jarayonlar  bunday jarayonlarda eritmalardan alyuminiy va temir oksidi hamda kremniy kislotasi kolloidlar holida ajralib chiqadi, shuningdek, eritmadan kaltsiy bikarbonati ajralib chiqib, karbonat, seritsit va sh.o’.larni hosil qiladi va cho’kindilarning ikkinchi marta sementlanishiga sabab bo’ladi.

Diagenetik jarayonlar ma’lum bir kon chegarasida regional miqyosda va lokal ko’rinishda tarqalishi mumkin. Ular neftli qatlam chegarasida deyarli nefti bo’lmagan «taqir» uchastkalarni hosil qiladi.
Kam debitliligi tabiiy omillar orqali belgilanadigan qatlamlarni ishlatishda quduqlar unumdorligini oshirish uchun turli tadbirlar qo’llaniladi. Bunday sharoitda qatlamni ochish metodiga alohida e’tibor berilishi kerak. Qatlamni ochishda uning gillanib qolishining oldini olish uchun u dastlab neftli eritma bilan yuvilib, so’ng ochiladi yoki suvli qatlamning yotish chuqurligiga qarab neftli qatlam ostidan 10-30 m chuqurlikda quduq (zumpf hosil qilib) qaziladi. Neft og’irlik kuchi ta’sirida qatlamdan qazilgan zumpfga sizib kiradi va keyinroq zumpfdan nasos yordamida yer yuzasiga chiqariladi. Ayrim paytlarda quduqning unumdorligini oshirish uchun bir necha qatlam birgalikda ishlatiladi.
Qatlamning o’tkazuvchanligini oshirish va shunga muvofiq ravishda quduqning joriy debitini ko’paytirishda qatlam tubi zonasiga ta’sir etish metodini qo’llash muhim hisoblanadi. Bunday metodlarga quduqqa sovuq va qizdirilgan kislotalar bilan ishlov berish, quvurni perforatsiyalash va torpedalash, qatlamni gidravlik yorish va b.x) kiradi. Qayd etilgan metodlar mustaqil ravishda yoki boshqa metodlar bilan birgalikda qo’llanilishi mumkin. Masalan, quvurni perforatsiyalash yoki torpedalashni quduqqa kislotali ishlov berish bilan birgalikda bajarish va sh.o’.
Karbonatli jinslardan, shuningdek, karbonat sementli qumtoshlardan tarkib
topgan qatlamlarni ishlatishda kislotali ishlov berish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday holatda mahsuldor qatlamni ochgan quduq tubi zonasiga turli kontsentratsiyadagi xlorid kislotasining suvli eritmasi bilan ishlov beriladi. Quduq tubiga ishlov berishdan avval u qumli tiqindan, loydan, gilli eritmadan, parafin va tuz qoldiqlaridan tozalanadi.
Quduqqa birinchi marta kislota bilan ishlov berishda qatlamni 1 m qalinligi uchun 0,4-1,5 m3 hajmda kislota sarf bo’ladi. G’ovakli jinslarga ikkinchi marotaba ishlov berishda esa kislotali eritmaning hajmi birinchi marta ishlov bergandagidan 30-40% ortiq bo’ladi.
Tog’ jinslarining tuzilishi, holati va kollektorlik xususiyatlariga qarab foydalaniladigan xlorid kislotali eritmalar hajmi va kontsentratsiyasi belgilanadi. Odatda kontsentratsiyasi 10-15% li eritmalar ishlatiladi. Karbonat sementli qumtoshlarga kislotali ishlov berishda eritmadagi xlorid kislotasining miqdorini 8% gacha kamaytirish mumkin.
Xlorid kislota bilan ishlov berishda haydashga tayyorlangan eritmaning hammasini qatlamga yuborish muhim ahamiyatga ega. Bunday ishlov berishni boshlashdan oldin quduqning debiti va mahsuldorlik koeffitsienti belgilanadi, Ushbu parametrlardan foydalanib keyinroq beriladigan ishlovlar samaradorligi aniqlanadi.
Quduq tubida karbonatli jinslar mavjud bo’lganda, ularga xlorid kislotasining qay darajada ta’sir etishini aniqlash muhim rol o’ynaydi.
Dolomit, dolomitlashgan ohaktosh yoki karbonat sementli qumtoshlardan tarkib
topgan qatlamga qazilgan quduq tubiga xlorid kislotali ishlov berish etarli bo’lmasa, u holda kislotaning karbonatli jinslar bilan reaktsiyaga kirishishini kuchaytirish uchun quduq tubiga qizdirilgan kislota bilan ishlov beriladix), natijada quduq tanasi devoriga yopishgan parafin qoldiqlari erib, xlorid kislotani haydash osonlashadi.
Quduqlarda bajariladigan torpedalash va perforatsiyalash ishlari kon-geofizik partiyalari tomonidan bajariladi. Buning uchun dastlab quduq tanasining tozaligi, gilli eritmaning qatlamga shimilganligi va gazlanganligi tekshiriladi va keyinroq quduq og’zigacha suyuqlik bilan to’ldiriladi. Teshgichlar tipi quduqning texnik konstruktsiyasi va mahsuldor qatlamning kollektorlik xususiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlar asosida tanlab olinadi. Quvurlar birikmasidagi teshiklar zichligi quvurlarni perforatsiyalash va quduqlarni ishlatish bo’yicha to’plangan tajribalar asosida korxonaning geologik xizmati xodimlari tomonidan belgilanadi. Teshiklar zichligini aniqlashda quduqlarning gidrodinamik mukammalligiga qo’yiladigan talablarga va quvurlar birikmasining mustahkamligiga e’tibor berish kerak. Bunda qatlamda katta radiusli teshiklar hosil qilish muhimdir. SHuning uchun ham o’qsiz (kumulyativ) perforatsiyalashni keng miqyosda ishlatish zarur.
Quduqda torpedalash ishlari faqat pastdan yuqoriga yo’nalishida bajariladi. Perforatsiyalash va torpedalash ishlarini bajarayotganda texnika va yong’in havfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilinishi lozim. Qatlamni gidravlik yorish jarayonida unda ko’pdan-ko’p yoriqlar hosil bo’ladi. SHuning uchun ham quduq tubi zonasida (va undan uzoqlashganda) qatlamning o’tkazuvchanligini va ishlatish quduqlarining joriy debitini oshirishda bu samarali metod hisoblanadi. Ko’p paytlarda qatlamning o’tkazuvchanligini oshirish zarur bo’ladi. Buning uchun qatlamda yoriqlar hosil qilishga to’g’ri keladi. Qatlamda yoriqlar hosil qilish uchun gidrostatik bosimdan 1,5-2 marta ortiq bosim ostida quduqqa qatlamda yoriq hosil qiladigan suyuqlik haydaladi.
Quduq tubidan eng uzoq masofaga tarqaladigan, kengligi katta bo’lgan yoriqlarni hosil qilish eng ko’p foyda keltiradi. Shu maqsadda yuqori bosim ostida katta hajmdagi, yoriq hosil qiladigan suyuqlik qatlamga haydaladi va hosil bo’lgan yoriqlar yirik donali qum bilan to’ldiriladi.
Gidravlik yorishning texnologik jarayonini loyihalashtirishda yoriqlarga to’ldiradigan yirik donali qumning miqdori, quduqqa haydaladigan ishchi va bosuvchi suyuqliklar hajmi belgilanadi.
Tog’ jinsining darzlilik darajasiga qarab qumning miqdori belgilanadi. Bo’sh darz ketgan jinslarga odatda qariyb 4-5 t, kuchli darzlangan jinslarga esa 10-20 t va undan ortiq qum haydaladi. Quvurlar birikmasining sig’imiga va qumning suyuqlikdagi mumkin bo’lgan kontsentratsiyasiga qarab ishchi suyuqlikning hajmi aniqlanadi. Quduq tubida qumning bir qismining qolib ketishining oldini olish uchun haydaladigan suyuqlikning hajmi quvurlar birikmasining sig’imidan 40-50% ortiq qilib olinadi. Ammo quvurlar sig’imiga teng hajmda suyuqlik haydalgandan so’ng qum quduq devoridan surilib ketishi mumkin. Buni bartaraf etish uchun qumni quduqqa haydash sur’ati ancha kamaytiriladi.
Qatlamning qumni yutadigan zonasini aniqlash uchun unga haydalayotgan qumning oxirgi bir qismi temirning radioaktiv izotoplari bilan faollashtiriladi. Ishchi suyuqlik sifatida suv-neftli yoki neft-kislotali emultsiyalarni ishlatish tavsiya etiladi. Bular qumning kontsentratsiyasini 500 g/l gacha etishiga imkon beradi va qatlamni
gidravlik yorish bo’yicha qilinadigan ishlarning tannarxini ancha kamaytiradi.
Gidravlik yorishning samaradorligi quduqlarning mahsuldorlik koeffitsientining vaqt mobaynida o’zgarishi bo’yicha baholanadi. Agar mahsuldorlik koeffitsientining miqdori yorish ishlari bajarilgandan keyingi davrda qiymatdan yuqori bo’lsa ham gidravlik yorish imkoniyatlarini tugagan, deb hisoblab bo’lmaydi.
Qatlamlarning gidravlik yorish kam debitli ishlatish quduqlarining debitini oshirish (shuningdek, haydash quduqlarining suyuqlik qabul qilib olishini ko’paytirish) uchun eng kuchli vosita hisoblanadi.
Quduqlarning kam debitli bo’lishiga quyidagi tabiiy omillar sabab bo’ladi: 1) quduqlarni burg’ilash yoki qatlamlarni ochish jarayonida uning gillanishi; 2) quduq tubida qumli yoki gilli tiqinning hosil bo’lishi; 3) quduqni ishlatish davrida suvlanish tillari yoki konuslarining paydo bo’lishi.
Bosimi kam bo’lgan qatlamlarni loylanishdan saqlash uchun ularni ochishda suv bera olishi kam bo’lgan gilli va neftli eritmalar yoki neft bilan yuviladi. Neftli qatlam ochilgandan keyin uning gilli eritma bilan o’zaro ta’sirda bo’lgan vaqti juda kam va faqat rejalashtirilgan texnik operatsiyalarni bajarish uchun etarli bo’lishi kerak. Burg’ilash jarayonida ishlatilayotgan neftli gorizontlarga gilli eritmaning ko’p miqdorda shimilishi ishlatish quduqlarining loylanishiga va ular debitining keskin kamayishga sabab bo’ladi. SHuning uchun bunday holatlarda qo’shni quduqlar qazilib bo’lgunga qadar ularga yaqin joylashgan ishlatish quduqlari to’xtatib turiladi yoki ishlatilayotgan qatlamni to’sish uchun quduqqa oraliq quvurlar birikmasi tushiriladi.
Agar quduqni ishlatish paytida unga qatlamdan ko’p miqdorda qum yoki gil bo’lakchalari kelib tushib, tiqinlar hosil qilsa hamda quduqning debitini kamaytirib, turli asorat va nuqsonlarni keltirib chiqarsa, u holda quduq tubi zonasi kimyoviy usul bilan mustahkamlanadi va qum-sementli aralashma bilan qotiriladi hamda teshikli yoki yoriqli filtrlar ishlatiladi.
Shuni nazarda tutish lozimki, vaqt o’tishi bilan neft uyumlarining tabiiy tugab borishi va quduqlar debitining kamayishi muqarrardir. Bunday sharoitda quduqni kam debitli davrini imkon qadar kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun quduqlar unumdorligini oshirish maqsadida turli tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, erigan gaz rejimdagi va gaz qalpoqli rejimdagi qatlamlarga kislotali va qizdirilgan kislotali ishlov beriladi. Shuningdek, quduqni perforatsiyalash, torpedalash, qatlamni gidravlik yorish va boshqa metodlar qo’llaniladi. Suv bosimli rejimdagi qatlamlarda esa, qayd etilganlaridan tashqari, uyumdan foydalanishning to’rtinchi bosqichida ishlatish jarayoni jadallashtiriladi (12-bob, 2-§ ga qarang). Neftni to’liq chiqarib olishda kam debitli quduqlar fondining ahamiyati juda ulkandir.

Download 11,69 Mb.
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   252




Download 11,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KAM DEBITLI QUDUQLAR FONDIDAN FOYDALANISH

Download 11,69 Mb.