• 12.6. KONNI ISHLATISHNI TARTIBGA SOLISH
  • 12.6.1. Quduqlarning joylashishini tahlil qilish
  • 12.6.2. Qatlamdan neftni suv bilan siqib chiqarish
  • 12.6.3. Qatlamning neft beraolishligi
  • - rasm. Foydalanish qudug’idagi ishlamayotgan qatlamlarni NGM - NNM




    Download 11,69 Mb.
    bet192/252
    Sana04.12.2023
    Hajmi11,69 Mb.
    #110957
    1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   252
    Bog'liq
    NEFT VA GAZ konlari geologiyasi

    12.10 - rasm. Foydalanish qudug’idagi ishlamayotgan qatlamlarni NGM - NNMT
    metodlar majmuasi ma’lumotlari asosida
    aniqlash. Shartli belgilar 12.7-rasmda berilgan

    ma’lumotlarni quduqlarni radiometrik metodlar NGK, NNK majmuasi bilan tadqiq qilish asosida olish mumkin. Agar quduq

    ichida qatlam suvlari ustuni bilan
    yoki to’xtatilganda minerallashgan suvlar bilan to’lib, qatlamning teshilgan qismini berkitib qo’ygan bo’lsa, u holda qayd qilingan metodlar majmuasi orqali ishlamayotgan qatlamlarni aniqlash oson bo’ladi. Radiometrik tadqiqotlar metodi «Kon geofizikasi» kursida mukammal bayon etilgan.
    Qatlamlarning ishlatishni samarali nazorat qilish uchun turli metodlar majmuasidan foydalaniladi. Shuningdek, ishlatish ob’ektining o’ziga xos xususiyatlari va tuzilishi, quduqlarni va uyumlarni ishlatish hamda qatlamlar va quduqlarni tadqiq qilish bo’yicha olingan barcha materiallardan ham foydalanish kerak bo’ladi.
    Ishlamaydigan qatlamlarni ajratishda qatlamlarda kollektorlarning tarqalish xaritalari yaxshi yordam beradi. Buning uchun xaritalarda jinslarning fatsial turlari hamda ba’zi bir sabablarga ko’ra ularning haydash quduqlari bilan aloqada bo’laolmay qolgan zonalari ko’rsatiladi. Bunday hollarda ushbu qatlamda joylashgan haydash quduqlari bilan gidrodinamik aloqada bo’lmagan zonalardagi qatlamlar ishlay olmaydix).
    Demak, uyumning ishlatishni nazorat qilishning asosiy vazifasi, bitta ishlatish
    ob’ektiga birlashtirilgan qatlam va qatchalardagi neft qanday darajada va sur’atda chiqarib olinganligini aniqlash hamda ishlab chiqilgan tadbirlar asosida uyumni ishlatishni jadallashtirish va qatlamlarning neft beraolishligini ko’paytirishdan iborat.

    12.6. KONNI ISHLATISHNI TARTIBGA SOLISH


    Konni ishlatishni tartibga solish deganda loyihalashtirilgan ishlatish sistemasi asosida amalga oshiriladigan suyuqlik (gaz)larning qatlamdagi harakatini boshqarish tushuniladi. Ishlatishni tartibga solish ishlatish ob’ektining fizik-geologik xususiyatlarini hisobga olib, jarayonning eng yaxshi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlariga erishish maqsadida yangi ilmiy-texnik yutuqlardan foydalanib, chiqarish va haydash quduqlarining joylashtirish sistemasini ishlab chiqish va doimo takomillashtirib borish hamda ularni oqilona ishlatish rejimlarini belgilash orqali amalga oshiriladi. Ishlatishni tartibga solishdan asosiy maqsad eng qulay texnikiqtisodiy ko’rsatkichlar bilan neft beraolishlik koeffitsientini yuqori darajaga ko’tarishdan iborat.
    Ishlatish jarayonini tartibga solish quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi:

    1. neftni to’liq chiqarib olishni ta’minlaydigan ishlatish va haydash

    quduqlarining joylashtirilganini to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini tahlil qilish;

    1. siqib chiqarish koeffitsientining eng yuqori qiymatiga erishish maqsadida quduqlardan suyuqlik chiqarish va unga suv haydashni tahlil qilish;

    2. joriy va mumkin bo’lgan yakuniy neft beraolishlik koeffitsientini baholash yo’li bilan uyumning ishlatishni tartibga solish.

    12.6.1. Quduqlarning joylashishini tahlil qilish

    Qatlamning tarkibi har xil bo’lgan sharoitlarda uyumning ishlatishni tahlil qilish natijasida tegilmagan neft qoldiqlarining joylashgan o’rni, qatlamning uzilib-uzilib yotgan zonalarini, izolyatsiyalangan linzalarni aniqlash lozim.
    Haydalayotgan suv fronti chizig’i bilan gidrodinamik bog’liq bo’lmagan, faqat ishlatish quduqlari orqali ochilgan hamda gidrodinamik bog’liqligi kuchsiz bo’lgan zonalarda suv bostirish sistemasini rivojlantirish zarur bo’ladi. Buning uchun yoki mavjud neft uyumini «kesish» chizig’i uzaytiriladi yoki qo’shimcha kesish chiziqlari loyihalashtiriladi yoki ko’p paytlarda samara beradigan o’choqsimon suv bostirish markazidan foydalaniladi. Suv bostirish markazi odatda izolyatsiyalangan, shuningdek, ishlatish quduqlari qazilgan va suv haydash fronti chizig’idan uzoqda joylashgan uchastkalarda tashkil etiladi.
    Suvni quduqqa haydash uchun zarur bo’lgan quduqlar ishlatish quduqlaridan tanlab olinadi yoki zarur bo’lganda yangilari qaziladi. YAngidan qaziladigan quduqlar shunday joylashtirilishi lozimki, toki haydalgan suv ta’siri hamma izolyatsiyalangan uchastkalarda va ishlatish quduqlarining ko’pchiligida seziladigan bo’lishi kerak.
    Keyinchalik har bir suv bostirish markazi, zarur bo’lganda, neft uyumini qo’shimcha «kesish» chizig’iga aylantirish mumkin. Bunday qo’shimcha «kesish» chiziqlari ko’p vaqtlarda uyumni ishlatishning tartibga soluvchi yuqori samarador vosita hisoblanadi. Bu usuldan kollektorlik xususiyatlari yomonlashgan va neftning qovushqoqligi yuqori bo’lgan qatlamlardan neft chiqarishni jadallashtirish maqsadida qatlamning ta’minlanish oblastini neft chiqarib olish zonasiga yaqinlashtirishda foydalaniladi. Neft uyumini qo’shimcha «kesish» chiziqlarini yohud maxsus tanlab olingan yo’nalishlar bo’yicha, masalan, qumli kollektorlar zonasi cho’ziqligiga ko’ndalang yoki mavjud suv haydash fronti chiziqlariga parallel qilib o’tkaziladi.
    Ko’pincha mavjud neft uyumini «kesish» chiziqlarida qo’shimcha haydash quduqlarini qazish zarur bo’ladi. Yangi qazilayotgan haydash quduqlari avval mavjud bo’lgan «kesish» chiziqlaridagi mahsuldor va ayni paytda ishlatilayotgan quduqlar oralig’ida joylashtiriladi. Bunday quduqlarda neft chiqarish zonasi bilan gidrodinamik bog’liq bo’lgan, ammo ishlayotgan haydash quduqlaridan suvni qabul qilmaydigan yohud suvni etarli hajmda qabul qilmaydigan qatchalar teshib ochiladi. Faqat haydash quduqlari bilan ochilgan, ammo ishlatish quduqlari bo’lmagan zonalarda qo’shimcha ishlatish quduqlari qaziladi. Ularning soni va joylashishi kollektorlar tarqalgan zonalarning o’lchamiga va qiyofasiga mos bo’lishi kerak.
    12.6.2. Qatlamdan neftni suv bilan siqib chiqarish

    Qatlamga haydalgan suv g’ovak, kovak va darzliklardan neftni siqib chiqarish qobiliyatiga ega. Neft konlarini ishlatish amaliyotida qatlamdan neftni suv bilan siqib chiqarish keng qo’llaniladi. Qatlamda suvning harakatlanishiga siqib chiqarilayotgan neft ta’sir qiladi. Bunday ta’sir suv va neft qovushqoqligining bir-biridan farqlanishidan kelib chiqadi.
    Qatlamda nefti siqib chiqarilayotgan va suv harakatlanayotgan oblastlar yuzaga keladi. Ular bir-biridan suv-neft tutash yuzasi orqali ajralib turadi. Neftning qovushqoqligi katta bo’lgan joylarda uyumning o’lchami tutqich o’lchamiga nisbatan kichik va quduq diametri katta bo’lganda esa neftni suv bilan siqib chiqarish tezligi ortib ketadi. Siqib chiqarilgan neftdan bo’shab qolgan g’ovaklarga kirib kelayotgan suv g’ovak devorlariga yopishgan neft komponentlarining qarshiligiga duch keladi.
    Bu o’z navbatida suvning filtrlanishini pasaytirib yuboradi.
    Qatlamda neftning sizilib, quduqqa kirib kelishi quduqdagi erkin gazning harakatiga ham bog’liq. Agar neftli jinsda bir necha suyuq faza mavjud bo’lsa, u holda suyuqlikning filtrlanishi murakkablashadi.
    Neftning suv bilan siqib chiqarish darajasini belgilash uchun suvni haydash jarayoni butunlay ta’sir etmaydigan yoki etarlicha ta’sir etmaydigan uyumlar, shuningdek, ayrim qatlam va qatchalar aniqlanadi. Bunday ta’sir ko’pincha suv
    haydash zonalarining neft chiqarib olish zonasi bilan gidrodinamik bog’liqligi yaxshi namoyon bo’lgan uchastkalarda ham aniq kuzatiladi. Mazkur uchastkalarda haydalayotgan suvning ta’sir etishi etarli bo’lmaganligining sababi haydash quduqlaridan suv bir vaqtda haydalganda bir ishlatish ob’ektiga birlashtirilgan bir necha qatlamlar (qatchalar)dan suvni faqat filtratsiya xususiyatlari yaxshi bo’lgan bir yoki ikkita qatlam qabul qiladi. Bunday qatlamlarning suv qabul qilaolishini ko’paytirish uchun ularda tanlab (pakerlar qo’llab) gidrouzish ishlarini bajarish, haydash bosimini orttirish, kimyoviy reagentlar bilan quduq tubi zonasiga ishlov berish, ob’ektni kichiklashtirish maqsadida maxsus asboblarni ishlatib qatlamlarga alohida-alohida suv haydash va sh.o’. jarayonlar amalga oshiriladi. SHuningdek, qatlamdagi suyuqlikning sizish oqimining harakatlanish yo’lini o’zgartirish maqsadida haydash quduqlarining bir guruhini ishlatishdan ma’lum davrga to’xtatib turish ham foydalidir. To’xtatilgan haydash quduqlari 2-4 oydan so’ng qaytadan ishga tushiriladi.
    Uyumning ishlatishni tartibga solishda qatlamning hamma uchastkalarining ozmi-ko’pmi bir me’yorda yuvilishi uchun ishlatish quduqlaridan suyuqlikni chiqarib olish va haydash quduqlaridan suv haydash jarayonini nazorat qilishga alohida e’tibor berilishi kerak. Bunday sharoitda uyumni ishlatish jarayonining samaradorligi ishchi omil − suvni iqtisodiy jihatdan tejab ishlatilishiga bog’liq.
    Neftlilik chegarasining siljishini kuzatib borish ham juda zarur, chunki neft zaxirasini chiqarib olish sur’ati haydalgan suv frontining siljish tezligiga bog’liq. SHu boisdan suv frontining, ya’ni neftlilik chegarasining harakatini tartibga solish masalasi paydo bo’ladi. Bu masala bir xil tarkibli jinslardan iborat qatlamlarda hal etiladi. Turli tarkibli qatlamlarda tegishli miqdorda suyuqlik chiqarishga va qatlamga suv haydashga rioya qilgan holda neftlilik chegarasining bir me’yorda tortilishiga erishish ancha qiyin.
    Bunday sharoitda suvlilik chegarasining harakatlanishi mavjud imkoniyatlarga qarab tartibga solinadi. Bunda bajarilayotgan turli tadbirlar inobatga olinadi, chunonchi, yuqori darajada o’tkazuvchan qatlamlardan suyuqlikni chiqarib olishni chegaralash (agarda bu maqsadga muvofiq bo’lsa), yomon o’tkazuvchan qatlamdan suyuqlikni chiqarib olishni tezlashtirish (haydalayotgan suv bosimini ko’paytirish, qatlamlarga alohida-alohida suv haydash va qo’shimcha o’choqli suv bostirish orqali) va boshqalar.
    Ayrim hollarda ishlatish ob’ektining pastki qatlamlaridan neftni siqib chiqarishni uning ustki qatlamlaridagiga nisbatan ildamroq bajarish foydaliroq bo’ladi. CHunki pastki qatlamlarning suvlanish darajasiga ko’ra izolyatsiyalar texnik jihatdan qulayroqdir.
    Har xil tarkibli qatlamga suv bostirishda va undan neftni butunlay siqib chiqarishda davriy suv bostirish metodini qo’llash foydali hisoblanadi, bunda qatlam haydalayotgan va sizilayotgan suv oqimlarining yo’nalishini o’zgartirishga e’tibor beriladi. Davriy suv bostirish metodi qatlamga haydalayotgan suv sarfi yoki bosimi vaqt davomida o’zgartirilganda yaxshi natija beradi. Bu metodni statsionar suv bostirish metodidan afzalligi shundaki, nostatsionar suv bostirish rejimida o’tkazuvchanligi har xil bo’lgan uchastkalar oralig’ida bosimlar qiymatidagi farq keskin o’zgaradi. Buning natijasida kollektorning yomon o’tkazuvchan, neftga to’yingan uchastkalarining ko’p qismini suv bosadi. Davriy suv bostirish metodi
    Romashkin konining ko’pgina uchastkalarida muvaffaqiyat bilan qo’llanilgan.
    Shuni qayd etish lozimki, uyumni ishlatishni tartibga solish va uni jadallashtirish uchun ishlatish quduqlari tubidagi bosimning eng muvofiq qiymatini tanlash muhim vazifa hisoblanadi.
    O’zbekiston, Boshqirdiston va Tataristonda bajarilgan amaliy ishlar shuni ko’rsatadiki, quduq tubi bosimini neftga to’yinish bosimidan kamaytirish suvsiz ishlatish quduqlarida samarali bo’ladi, suvlangan quduqlarda esa quduq tubi bosimini bunday kamaytirishning maqsadga muvofiqligini to’liqroq o’rganishni taqazo etadi.
    Shuningdek, ishlatishni tartibga solishning muhim tomoni ishlatish quduqlaridagi suvlangan qatlamlarni o’z vaqtida izolyatsiyalashdan iborat. Bu o’z navbatida uyumni ishlatishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ma’lum darajada oshiradi. Bunday holatda neft bilan olinadigan yo’lakay suvning hajmi keskin kamayadi.
    Nihoyat, ob’ektdan neftni siqib chiqarish xarakterini o’rganishda izobara xaritalari katta yordam beradi. Izobara xaritalarining va qatlam bosimining eng yuqori va past bo’lgan uchastkalarini tadqiq qilishda ishlatish sistemalarining bir me’yorda amalga oshirilganligi va yuqori bosimli uchastkalarda suyuqlikni jadallik bilan chiqarib olish zarurligi to’g’risida fikr yuritishga imkoniyat beradi. Bu esa ob’ektdan neftni to’liq siqish va chiqarib olishni ta’minlaydi.
    Izobara xaritalarini tahlil qilish asosida qatlam bosimining anomal(nome’yor) yuqori bo’lgan uchastkalari aniqlanadi. Bunday uchastkalar qatlamlararo gidrodinamik bog’liqlik yaxshi bo’lganda va suyuqlikning qatlamlarning biridan ikkinchisiga oqib o’tishida (alohida-alohida ishlatilayotgan qatlamlarda) tarkib topadi. Bu jarayon qatlamlardan flyuid chiqarish sharoitlarini murakkablashtiradi.
    Neftni suv bilan to’liq siqib chiqarish uchun uyumga yuza − faol moddalar (YUFM)ning suvli eritmalari bilan ta’sir etish muhim ahamiyatga ega. Yuza − faol moddalar molekulalari suv bilan neft chegarasida suvning sirtqi tarangligini kamaytirib yuboradi, bu esa neftni suv bilan to’liq siqib chiqarishga imkon beradi.
    12.6.3. Qatlamning neft beraolishligi

    Qatlamning neft beraolishlik koeffitsientini ko’paytirib borish xalq xo’jaligining tabiiy resurslardan samarali foydalanish bo’yicha muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunday ma’suliyatli vazifani bajarish uchun qatlamni ishlatish jarayonida maydonning avval suv bostirilgan uchastkasi va keyinroq uning suv bostirish bilan qamrab olingan qismi bo’yicha joriy neft beraolishlik koeffitsientini aniqlash zarur.
    Suv bostirilgan uchastka uchun bunday koeffitsientni hisoblashda mazkur uchastkadan chiqarib olingan neft miqdori (Qol) va hajm metodi bilan hisoblangan boshlang’ich balans zaxiralar (Qzax) ma’lumotlaridan foydalaniladi.
    Suv bostirilgan uchastkaning neft beraolishlik koeffitsienti quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi.
    = Qol/Qzax .
    Bunday hisoblashning to’g’ri bo’lishi uchastkaning boshlang’ich balans zaxiralari parametrlarining to’g’ri aniqlanganiga bog’liq.
    Suv bostirish bilan qamrab olingan maydonning neft beraolishligining joriy koeffitsientini aniqlash uchun quyidagi nisbatdan foydalaniladi
    = Ks Ksb Ksb ,
    bunda Ks  neftning siqib chiqarish koeffitsienti, Ksb  ob’ekt maydonining suv bostirish bilan qamrab olish koeffitsienti, Ksb  ob’ekt qalinligining suv bostirish bilan qamrab olish koeffitsienti.
    Qatlamning suv bosgan va yuvilgan uchastkalarida qoldiq neft va neft beraolishlik koeffitsientini aniqlashda baholash quduqlari, shuningdek, suvlangan quduqlarda bajarilgan kon-geofizik tadqiqotlar muhim rol o’ynaydi.
    Neft konlarini ishlatishdan olingan tajribalardan ma’lumki, hatto qatlamga suv bostirish bilan ta’sir etishda ham  ning qiymati ko’p paytlarda 0,5-0,6 dan oshmaydi. Ko’pgina neft konlarini ishlatish holatini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, kondan foydalanish tugayotganda yoki foydalanishning oxirgi bosqichida bo’lgan konlardagi qatlamlarda juda ko’p (12 dan 30% gacha) neft qolib ketar ekan. Hozir ishlatilayotgan neft konlaridagi qatlamlarda ham neftning juda katta miqdori qolib ketmoqda. Bu konlardan neftning boshlang’ich balans zaxirasining qariyb 50%i olinmoqda. Qatlamlarni neft beraolishligini ko’paytirishning ahamiyati hammaga ayon. Chunonchi qatlamning neft beraolishligini hech bo’lmaganda 1% ga ko’paytirilgan taqdirda konlardan o’nlab million tonna qo’shimcha neft olish mumkin bo’ladi. Bu miqdor ayni paytda yangi kon ochish bilan barobardir.
    Uyumning ishlatishni mavjud metodlarini takomillashtirish va qatlamning neft beraolishlik koeffitsientini oshirish uchun quduqlar to’ri zichligini oqilona tanlash, ishlatish quduqlarini maydonda to’g’ri joylashtirish, qatlamga haydalayotgan suv miqdorini ko’paytirish, suv haydash va suv chiqarish zonalari oralig’idagi bosimlar farqini oshirish, kuchli suvlangan qatlamlardan suyuqlik chiqarib olishni jadallashtirishga alohida e’tibor berilishi kerak.
    Qatlamlarning neft beraolishligini oshirish uchun neft olishni jadallashtirish bo’yicha turli tadbirlarni qo’llash muhim rol o’ynaydi. Ammo shuni qayd etish lozimki, turli fizik-kimyoviy va issiqlik tadbirlarini qo’llashda qazilgan quduqlar to’ri zich bo’lishi kerak (0,02 km2/quduq), bu maqsadda mavjud quduqlar to’rining zichligi orttiriladi.
    Qatlamga haydalayotgan suvning yuvish qobiliyatini yanada oshirish uchun unga yuza-faol moddalarni (ayniqsa noionogenli yuza-faol moddalar, masalan, polietilen va b.) qo’shish kerak. Quduqqa haydalayotgan suvning yuvish xususiyatini ko’paytirishda unga quyuqlashtiruvchi moddalar  suyuq shisha, polimerlar qo’shilganda yaxshi natija beradi. Poliakrilamidlar eng ko’p qo’llaniladi. Quyuqlashtiruvchilar ishlatilganda  12-20%ga oshadi. Qatlamga haydalgan havoli suv (gazli suv) aralashmalari va ko’piklar (ko’pik hosil qiluvchi omillar) ham neftni siqib chiqarishni va olinadigan yo’lakay suv miqdorini kamaytirib yuboradi.
    Tarkibida SO2 erigan suv yoki karbonat kislota, yuqori bosimli quruq metanli gaz, yog’li suyultirilgan gaz, mitsellyar eritmalar (neft sulfanati, polimerlar), organik erituvchilar (og’ir spirt, gazli benzin) va sh.k.larni (karbonlashtirilgan suv) qatlamga haydash juda ham katta samara beradi. Quruq gaz katta bosim ostida (26 MPa dan ortiq) qatlamga haydalganda uning neft beraolishligi 10-15%ga ortadi. Suvni qatlamga haydashda suyultirilgan gaz (odatda propan) hoshiyasidan foydalanish neftni to’liqroq siqib chiqarishga yordam beradi. Nihoyat neftni to’liq siqib chiqarishga erishish uchun turli termik metodlardan foydalanish mumkin: qatlamga isitilgan issiq suv haydash, elektr isitkichlar bilan quduq tubi atrofini isitish va h.k. Qatlamning darzliligini sun’iy ravishda oshirish hisobiga uning o’tkazuvchanligini ko’paytirish maqsadida yer osti termoyadro portlatishlarini amalga oshirish samarali yo’nalish hisoblanadi.
    Xulosa qilib aytsak, sobiq Ittifoqdagi konlarda neft beraolishlik koeffitsienti
    0,33-0,78 atrofida (1981 yil hisobida). Koeffitsientning o’rtacha miqdori AQSHdagi konlarda 0,325ga, O’zbekiston Respublikasidagi konlarda 0,25-0,3 teng.
    Quyida neft beraolishlik koeffitsientining miqdori xorijiy mamlakatlar bo’yicha berilgan (suratida ikkilamchi metodlarni ishlatilishi inobatga olinmagan, maxrajda esa inobatga olingan):

    Venesuela ..................
    Kanada ........................
    Eron ............................
    Iroq ............................
    Quvayt
    .........................

    0,176/0,208
    0,238/0,294
    0,228/0,309
    0,301/0,407
    0,447/0,625

    Saudiya Arabistoni ...
    Bahrayn .........................
    Liviya .............................
    Afrika ..........................
    Frantsiya ........................

    0,186/0,324
    0,228/0,271
    0,227/0,277
    0,187/0,234
    0,448/0,536


    Download 11,69 Mb.
    1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   252




    Download 11,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm. Foydalanish qudug’idagi ishlamayotgan qatlamlarni NGM - NNM

    Download 11,69 Mb.