|
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi
|
bet | 188/252 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 11,69 Mb. | | #110957 |
Bog'liq NEFT VA GAZ konlari geologiyasiBirinchi bosqich ishlatish ob’ektini sanoat miqyosida o’zlashtirish bosqichi sanaladi. Bu bosqichda kon kam suvlangan paytda undan neftni chiqarib olish ortib boradi. Asosiy fonddagi quduqlar burg’ilanadi va uyumga suv bostirish sistemasi o’zlashtiriladi. Loyiha bo’yicha neft olish eng yuqori darajaga etganda birinchi bosqich tugaydi.
Ikkinchi bosqichda neftni chiqarib olishning yuqori darajasi muntazam ushlab turiladi, quduqning suvlanishi ortib boradi va neftni quduqdan favvorali olishdan nasos yordamida olishga o’tiladi. Bosqich so’nggida neft zaxirasining 40-70% chiqarib olinadi.
Uchinchi bosqichda neft olish ancha kamayadi. Qazib olinayotgan mahsulotda suv miqdori ortadi, quduqlarning bir qismi ishlashdan to’xtaydi. Bosqichning oxirida neft zaxirasining 80-90% qazib olinadi. Quduqlarning ko’p qismi mexanizatsiya yordamida ishlash usuliga o’tkaziladi.
To’rtinchi bosqichda konni ishlatish tugaydi, neftning debiti eng past darajaga tushadi. Hamma quduqlar va chiqarib olinayotgan mahsulotlar yuqori darajada suvlanadi. Bu bosqichda neft bera olishlikning) yuqori koeffitsientiga erishish uchun suyuqlik olish jadallashtiriladi.
Uyumni ishlatishning uchinchi va to’rtinchi bosqichi neft olish darajasining pasayishi bilan tavsiflanadi va uyumni ishlatishning so’nggi davriga to’g’ri keladi.
12.5.2. Uyumning suvlanish dinamikasini tahlil qilish
Neftni suv bilan siqib chiqarishda joylashishining geologik sharoitlari va xususiyatlari qatlamning suvlanish darajasiga kuchli ta’sir etadi. Odatda neft uyumlarida birinchi navbatda qatlamning eng o’tkazuvchan zonalari va linzalari suvlanadi, qatlamning o’tkazuvchanligi sust bo’lgan uchastkalarida suvning harakatlanishi judayam sekin kechadi.
Tagidan ostki suvlar bilan chegaralanadigan, massiv tipidagi uyumlarda suv-neft tutash yuzasining asta-sekin yuqoriga ko’tarilishiga qulay sharoitlar yuzaga keladi, lekin ayrim paytlarda suv konuslari ham tarkib topadi.
Qovushqoq neftli uyumlardagi, shuningdek, tarkibi har xil qatlamlardagi neft uyumlarining suvlanishi bir xilda bo’lmaydi.
Qatlam sharoitida qovushqoqligi turli nisbatda bo’lgan neftli va suvli uyumlarning suvlanish dinamikasi har xil bo’ladi. Neft va suv qovushqoqligining o’zaro nisbati (o) 3-4 dan katta bo’lmagan uyumlarda suvsiz davr uzoq davom etadi va uyumni ishlatishning uchinchi davrining ikkinchi yarmidan boshlab uning suvlanishi jadallashadi. o4 bo’lganda suvsizlik davri qisqa davom etadi, ishlatishning birinchi-ikkinchi bosqichida suvlanish darajasi tez ortadi, uyumning suvlanishi 70-90%x) ga etganda neftni uzoq muddat davomida chiqarib olish mumkin bo’ladi. Qatlamning tuzilishi har xil tarkibli bo’lganda suvlanishi murakkablashadi. Bunday holatda mahsulotning suvlanishini ozroq kamaytirish uchun quduqlarning zichroq to’ridan foydalaniladi. Noqulay sharoitlar o10 bo’lgan uyumlarda kuzatiladi. Bunday uyum tez suvlanadi, mahsulotdagi suvning miqdori 80-90% ga etadi, quduqlarni ishlatganda neft uzoq vaqt suv bilan birga chiqadi. Binobarin, quduqlarni to’liq suvlanishigacha (suvlanish 97-99% dan kam bo’lmaganda) ishlatish, ayniqsa uyumning qiyiqlanish zonasida va neftlilik chegarasining tortilish zonalarida joylashgan quduqlar uchun foydali hisoblanadi. Masalan, Volga-Ural neftgazli rayonida 80% dan ortiq suvlangan quduqlardan uzoq vaqt davomida foydalanib kelingan.
Ma’lumki, quduqning suvlanishi 80% dan ortgach, har bir quduqdan olingan neft miqdori shu quduqni to’liq ishlatish davrida olingan neftning faqat 5-10%ini tashkil etadi (mas, AQShdagi Velli konida bundan ancha ko’p neft olingan). Suvlanish 95% dan ortganda esa, umumiy chiqarib olingan neftning taxminan 1,5% olingan. Ishlatilayotgan quduqlar fondi 80% dan ortiq suvlanganda ularni 3,6-5,3 yil mobaynida ishlatish mumkin.
Suvlangan quduqlarni tezkor ishlatish juda katta foyda keltiradi. Bajarilgan tadqiqotlar suvlangan, qovushqoqligi kam bo’lgan neftli qatlamlarning neft beraolishligi boshqalariga qaraganda 2-3, hattoki 10-12% ga ortganligini ko’rsatdi.
12.5.3. Konning ishlatish sur’atini tahlil qilish
Konning ishlatish sur’ati deb uyumdan bir yil mobaynida olingan suyuqlik miqdoriga aytilib, boshlang’ich chiqarib olinadigan neft zaxirasiga (yoki boshlang’ich balans zaxirasiga) nisbatan foizda ifodalanadi. Keyinroq bajarilgan tahlil natijalariga qarab konni ishlatish sur’ati boshlang’ich olinadigan neft zaxirasiga nisbatan ko’rib chiqiladi.
1988 yilda konning ishlatish sur’atini bir yilda 10-12% gacha etkazish maqsadga muvofiq, deb qabul qilingan. Ammo bunday ishlatish sur’atiga o’lchami katta bo’lmagan, geologik tuzilishi qulay bo’lgan yoki foydali tabiiy suv bosimli rejimdagi uyumlarga suv bostirish orqali erishish mumkin.
Geologik tavsifi o’rtacha ko’pgina uyumlarda boshlang’ich chiqarib olinadigan neft zaxiralaridan odatda yiliga 6-8% olinadi. Kollektorlarining o’tkazuvchanligi kam, neftining qovushqoqligi yuqori darajada (4-5 mPas dan ortiq) bo’lgan uyumlardagi qatlamga jadal sur’atda ta’sir etish orqali bir yilda 4-5% miqdorda neft olish mumkin. Kollektorlik xususiyatlari yaxshi, neftining qovushqoqligi hatto past bo’lgan juda yirik uyumlar uzoq vaqt ishlatilganda ham yiliga 4-5% miqdorda neft olinadi.
Uyumning suvlanishining tezlashishi va qazib olinayotgan neft miqdorining kamayishi sababli uni ishlatish jarayonida neft zaxirasini to’liqroq chiqarib olishga mos keladigan sur’atni tanlab olish lozim bo’ladi.
M.M. Ivanova tadqiqotlaridan) ma’lumki, neft olish sur’ati boshlang’ich chiqarib olinadigan zaxiralardan bir yilda 2% gacha kamayganda, uyumni ishlatishning uchinchi bosqichi tugallanadi. Shu boisdan konni ishlatishning uchinchi bosqichining oxirida qatlamdan bunday sur’atda suyuqlik olish miqdorini ta’minlash asosan mahsulotning qanday suvlangan davrda tugashiga bog’liq. Quyida M.M.
Ivanova tomonidan tavsiya etilgan mazkur ko’rsatkichlarning miqdori keltiriladi: Uchinchi bosqich oxirida mahsulotning suvlanishi, % da 30 40 50 60 70 80 85
90 95 97. Uchinchi bosqich oxirida suyuqlik olishning zarur bo’lgan minimal sur’ati, boshlang’ich chiqarib olinayotgan zaxiralardan % da .............................................. 2,9 3,3 4 5 7 10 14 20 40 67.
Keltirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha, neftni chiqarib olishning eng qulay dinamikasini ta’minlash uchun, masalan, uyumni ishlatishning asosiy davrida suvlanganlik 70% ga etganda, uchinchi bosqichning oxirida suyuqlik olish sur’ati 7% dan kam bo’lmasligi zarur. Agar suyuqlikni chiqarib olish sur’ati ikkinchi bosqichda 7% dan yuqori bo’lsa, u holda uchinchi bosqichda uning qiymati pasayishi mumkin. Shu bilan birga, suyuqlikni chiqarib olish sur’atining yil mobaynida o’rtacha kamayishi uni ishlatishning asosiy davrining oxirida neft zaxiralaridan etarli miqdorda chiqarib olishni ta’minlashi kerak. Suyuqlikni maksimal sur’atda, ya’ni miqdorda chiqarib olish uchinchi bosqichda ham saqlanib qolishi mumkin. Ikkinchi bosqichda uyumlardan suyuqlik chiqarib olish sur’ati 7% dan kam bo’lsa, u holda uchinchi bosqichda, ba’zan ikkinchi bosqichning oxirida uni ko’paytirish tadbirlarini belgilash lozim bo’ladi.
Shunday qilib, suyuqlikni chiqarib olish dinamikasi ko’pincha uyumning geologik-fizik sharoitlariga qarab aniqlanadi.
Uyumni ishlatishning uchinchi bosqichida suyuqlikni chiqarib olish sur’atini kamaytirish yoki bir me’yorda saqlab turish qovushqoqlik darajasi past neftli va mahsuldorligi yuqori uyumlar uchun xosdir. Neftning qovushqoqlik darajasi past, mahsuldor qatlamlarining tuzilishi turli tarkibli va suv-neftli zonalari yirik bo’lgan uyumlardan katta miqdorda suyuqlik chiqarib olish mumkin. Suyuqlikni chiqarib olish sur’atining keskin ortib borishi qovushqoqlik darajasi yuqori bo’lgan neftli uyumlarda kuzatiladi. SHuni nazarda tutish lozimki, ko’pincha neft chiqarib olish sur’atining keskin pasayib ketishi qazib olinayotgan neftning barvaqt kamayib ketishiga va uyumni ishlatishning oxirgi bosqichiga o’tishiga asosiy sabab bo’ladi.
Suyuqlikni chiqarib olishning maksimal sur’ati Volga-Ural ob’ektlarida yil davomida olinadigan zaxiralarning 12,3-12,6% ni va minimal sur’ati 3,2-4,0% ni tashkil etgan.
Qatlamning suyuqlik o’tkazuvchanligi qanchalik yuqori bo’lsa, undan foydalanishning asosiy davridagi (I, II, III bosqichlarda) suyuqlik chiqarib olish sur’ati shuncha yuqori bo’ladi. Odatda yirik ob’ektlardagi uyumni ishlatish sur’ati o’rta va kichik ob’ektlaridagidan past bo’ladi. Qovushqoqlik darajasi past neftlarni chiqarib olish sur’ati qovushqoqligi yuqori bo’lgan neftlarga nisbatan yuqori bo’ladi.
Umuman olganda, bir xil sharoitlardagi kollektorlarning geologik-geofizik tavsifini va maksimal neft beraolishligini ta’minlash zarurligini inobatga olgan holda, yirik uyumlarning bloklaridan olinadigan neftning eng qulay sur’atlarini quyidagicha belgilash mumkin:
uyumlarning geologik-fizik xususiyatlari chiqarib olinadigan neft zaxirasidan bir yilda olinadigan neft 6-12% ortiq bo’lmasligi kerak;
uyumlarning geologik-fizik xususiyatlari noqulay bo’lganda chiqarib olinadigan neft zaxirasidan bir yilda olinadigan neft 4% atrofida bo’lishi kerak.
Uyumni ishlatishning ikkinchi bosqichining so’nggida (neftni chiqarib olish darajasi kamayishining boshlanishida) olinadigan neft zaxirasining 40-70%, uyumdan foydalanishning asosiy davrida esa 70-90% chiqarib olinishi kerak.
12.5.4. Neft zaxiralarini to’liq chiqarib olishni tahlil qilish
Uyumning ishlatish sistemasining samadorligini baholashda neft zaxiralarini to’liq chiqarib olinishi muhim masala hisoblanadi. Shu boisdan uyumning ishlatishni tahlil qilish vaqtida uyumning ayrim qismlari, mahsuldor qatlamlar va qatchalar qanday darajada (ko’lamda) ishlatilayotganligiga birinchi navbatda e’tibor berish kerak. Bu masalaning muvaffaqiyatli hal etilishi uyumning ishlatish jarayonini etarlicha samarali nazorat qilish imkonini beradi. Bu masala uyumning zaxiralarini chiqarib olish holatini sifat va miqdoriy jihatdan baholash uchun ma’lumotlar to’plash va uyumdan foydalanish jarayonini samarali nazorat qilish orqali hal etilishi mumkin.
Qamrab olish koeffitsientiningx) qiymati qatlamdan neftni siqib chiqarilganlik darajasini va amaldagi suv bostirish sistemasining samaradorligini tavsiflaydi.
Bir qatlamli uyumlardagi zaxiralarni chiqarib olishni nazorat qilish va qatlamlarni suv bostirish bilan qamrab olinganligini tahlil qilish birmuncha muvaffaqiyatli bajariladi. Bunday vaqtda qatlamning qalinligi bo’yicha suv bostirish bilan qay darajada qamrab olinganligini inobatga olmasa ham bo’ladi. Chunki bunday holda qatlam bosimi qatlamning qalinligi bo’yicha qariyb bir xil qiymatga ega bo’ladi. Shuning uchun ham maydoniy suv bostirish bilan qatlamning qamrab olinganlik darajasini tadqiq qilish etarli bo’ladi.
Uyumning ayrim uchastkalaridagi zaxiralarni olish jadalligi va neftni joriy chiqarib olishni o’zaro taqqoslash orqali qaysi uchastka etarlicha ishlatilmayotganligi va bu ishni kuchaytirish uchun qanday choralar ko’rish zarurligi to’g’risida fikr yuritish mumkin.
Haydaladigan suvning qatlamga ta’sirini aniqlash uchun I.P.CHolovskiy va M.M.Ivanovalar ta’sir etish xaritasini tuzishni taklif qildilar. Rossiyadagi Romashkin konining markaziy maydonlari uchun shunday xaritalar tuzilgan.
Qatlamlarning suv haydalayotgan qismining xaritasi quyidagicha tuziladi. Qatlamda joylashgan kollektorlarning xususiyatlarini ifodalovchi xaritaga qazilgan haydash quduqlarining hammasi tushirilib, haydalayotgan suvning hajmi xaritada raqamda ko’rsatiladi. Hamma ishlatish quduqlari orqali qatlamdan chiqarib olinayotgan suyuqlikning hajmi va quduqlarning ishlash yo’sini aks ettiriladi. Suv haydashning qatlamga ta’sir etish darajasini hisoblash uchun quduqni ishlatish (qamrab olish darajasi) sharoitlariga qarab uch xil uchastkalar ajratiladi:
|
| |