kamchiligi bor. Chunki bular qatlamlar ishini emas, balki quvurlar birikmasining teshilgan qismining ishlashini, ya’ni quduq filtrini ko’rsatadi. Binobarin, olingan ma’lumotlar qatlamning tekshirilayotgan qismiga nisbatan quduqning texnik holatini ham anglatadi.
Shunday qilib, chuqurlik debito’lchagichi va sarfo’lchagichlaridan olingan ma’lumotlar mahsuldor qatlamlarning ishlanganlik darajasini ishonchli nazorat qilish imkonini bersa-da, ulardan faqat neft radiometriyasi, termometriyasi va fotokalorimetriyasi metodlari bilan birgalikda foydalanilganda yaxshi natijalar olinadi. Shu sababli ishlatish va ayniqsa haydash quduqlari yordamida qatlamlar ishlatilishini nazorat qilishda termometriya metodidan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Mazkur metod quduqning mustahkamlash quvurlari devori bilan tutashib turgan o’tkazuvchan jinslarning yer yuzasidagi sovuq suvlarni qatlamga haydash natijasida turli darajada sovib ketishini yoki qatlamda harakatlanayotgan qaynoq suvlar oqimining quduq tubiga oqib kirishi natijasida isib ketishini o’lchashga asoslangan (12.9-rasm).
12.9-rasmdagi termogrammada teshilgan uchta qatlamlardan faqat o’rtadagisi suv qabul qilayotgani ko’zga yaqqol tashlanadi. Ishlayotgan va ishlamayotgan qatlamlarni tavsiflashda goho fotokolorimetriya metodidan ham foydalaniladi. I.F.Glumov konni ishlatishni nazorat qilish uchun
nur yutish koeffitsientidan foydalanishni (K
nyu) taklif qilgan. Bu koeffitsient neft tarkibida rangli moddalarning (smola, asfaltenlar) borligini bildiradi. Mazkur koeffitsientni bexato va juda ham tez aniqlash mumkin. Buning uchun quduq og’zidan uncha katta hajmda bo’lmagan (bir necha sm
3) neft namunasi olinib, laboratoriya sharoitida FEK-M tipidagi fotoelektrokolorimetr yordamida aniqlanadi.
Qatlamning ma’lum nuqtasidagi neftning nur yutish koeffitsienti K
nyu miqdori birinchi navbatda u bilan suv-neft tutash yuzasigacha bo’lgan masofaga bog’liq.
Strukturada qatlam qanchalik gipsometrik yuqorida joylashgan bo’lsa, undagi neftning rangi shuncha och bo’ladi. Binobarin, harqanday qatlam quduqning kesimida o’z K
nyu miqdoriga ega. Bunday miqdor pastdan yuqoriga tomon qatlamdan qatlamga kamayib boradi. Masalan, Romashkin konidagi D
1 gorizontining neftliligining ichki chegarasidagi yuqori qatlamlarda neftning K
nyu miqdori qariyb
200-350, o’rtadagi qatlamlarda 350-450 va pastki qatlamlarda 450 birlikdan kattaligi aniqlangan.
Shunga qaramay neft
K
nyuining miqdori bir qatlam maydonida keng miqyosda o’zgarib boradi. SHu bilan birga neftlilik chegarasi yaqinida neftning rangi to’qroq bo’ladi.
Romashkin konida D
1 gorizontining har qaysi qatlamining chegaraoldi qismida neftning K
nyusi miqdori 400-450 birlikdan ortiqroqdir. Neftlilik chegarasidan uyum markaziga