-rasm. Suyuqlikning fazaviy o’zgarishining termodinamik egri shizig’i
NEFT VA GAZ konlari geologiyasi
T emperaturaning izobarik ortishida teskari bug’lanish suyuqlikdan (e f nuqtalar) ikki fazali holat orqali (f h nuqtalar) yana suyuqlikka tomon (h k nuqtalar) yo’nalgan bo’ladi. Teskari kondensatsiyalanish jarayonlarining o’ziga xos tomoni shundaki, uglevodorod aralashmasining kritik temperaturasi, alohida uglevodorodlar uchun xos bo’lganidek, suyuq faza mavjud bo’lishi mumkinligining chegarasi bo’laolmaydi. Bu jarayonlarda bosim ortganida suyuqlik bug’lanadi (7-9 nuqtalar) va temperatura ko’tarilganida (g-h) kondensatsiyalashadi, ya’ni bevosita sodir chiziqlarining tutashgan joyiga muvofiq keladi. Teskari jarayonlar gaz aralashmasining siqilish koeffitsientining o’sishi va bosim ko’tarilganda uning tarkibiy komponentlarining uchuvchanligi ortishi bilan izohlanadi, bunda og’ir komponentlar nisbatan engil gazsimon massa ichida eriydi. Qayd etilgan hodisalar tabiatda kuzatiladi va gazkondensat konlari uchun xosdir. Odatda 1500 metrdan ortiq chuqurlikda uchraydigan bunday konlar bir yoki ikki fazali flyuidlar mavjudligi, yuqori bosim va temperaturasi, katta gaz omili, kondensatda og’ir uglevodorodlar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Qatlamdagi flyuid yoki tabiiy neft kritik temperaturadan past bo’lgan qatlam temperaturasida, uglevodorodlar aralashmasi sifatida uchraydi. Agar aralashma tarkibining kritik temperaturasi qatlam temperaturasiga to’g’ri kelsa, «gaz» yoki «suyuqlik» tushunchalari ma’nosini yo’qotadi. Kritik temperaturaga yaqinlashganda suyuqlik va gazdagi barcha fazali o’zgarishlar tez yuz beradi va bosimning pasayishiga qarab ikki fazali zona paydo bo’ladi. 14.3,a-rasmdagi diagrammadan ko’rinib turibdiki, yuqori bosim ostida bo’lgan va tarkibida erigan suyuq fraksiyalar mavjud gazsimon flyuidlar bosim pasayganda yoxud AV chizig’i bo’yicha temperatura doimiy bo’lsa yoxud AA1 chizig’i bo’yicha temperatura pasayganda kondensatsiyalanish yuz beradi. Suyuq flyuid uchun tuzilgan diagrammadan 14.3,b-rasm shunday xulosa qilish mumkinki, qatlam sharoitida (doimiy temperatura sharoitida) AV chiziq bo’ylab va quduqlardan (pasayayotgan temperaturada) chiqarib olinayotgan flyuidlar uchun AA1 chiziq bo’ylab bosim pasayishiga qarab gaz fazasi paydo bo’ladi.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa -rasm. Suyuqlikning fazaviy o’zgarishining termodinamik egri shizig’i
|