|
1-Laboratoriya ishi Ma’lumotlarni ikkilik sanoq sistemasiga o‘tkazish. Ishdan maqsad
|
bet | 1/9 | Sana | 26.06.2024 | Hajmi | 1,02 Mb. | | #265739 |
Bog'liq Ўзбекча лаб 4 семестр Электроника ва схемотехника
1-Laboratoriya ishi
Ma’lumotlarni ikkilik sanoq sistemasiga o‘tkazish.
Ishdan maqsad: Ma’lumotlarni ikkilik sanoq sistemasida kodlashni o’rganish.
Sanoq sistemalari ─ bu elektron raqamli qurilmadir. Elektron qurilma deyilishiga sabab har qanday ma‘lumotlar EHM da elektr signallari orqali qayta ishlanadi. Raqamli deyilishiga sabab EHM da har qanday ma‘lumot sonlar yordamida tasvirlanadi. Sonlarni yozish usuliga sanoq sistemasi deb ataladi. Sonlarni yozish uchun har bir sanoq sistemasida o`ziga xos turli belgilar to`plamidan foydalaniladi. Foydalanilgan to`plamdagi belgilar ularning soni, sanoq sistemasini harakterlovchi asosiy kattaliklardir. Sanoq sistemasida foydalaniladigan belgilar soni sanoq sistemasining asosini tashkil etadi. Berilgan sanoq sistemasida sonlarni yozishdagi foydalanilgan belgilar soniga qarab, o`nlik, ikkilik, sakkizlik, o`n oltilik va boshqa sanoq sistemalarni kiritish mumkin. Shu bilan birga sanoq sistemalarini pozitsion va nopozitsion turlarga ajratish mumkin. Pozitsion sanoq sistemasida berilgan sonning qiymati sonni tasvirlovchi raqamlarning egallagan o`rniga bog`liq bo`ladi. Misol sifatida, 0,1,2,3,. . . ,9 arab raqamlaridan tashkil topgan o`nlik sanoq sistemani qarash mumkin. Nopozitsion sanoq sistemalarida, belgining qiymati uning egallagan o`rniga bog`liq emas. Misol sifatida rim raqamlari sanoq sistemasini keltirish mumkin. Masalan XX sonida X raqami, qaerda joylashganiga qaramasdan o`nlik sanoq sistemasidagi 10 qiymatini anglatadi. Hisoblash mashinalarining tuzilishi ularda dasturlashtirish sanoq sistemalari bilan chambarchas bog`liqdir.
Kompyuter raqamlarining o`zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan ; ulangan yoki ulanmagan ; ha yoki yo`q va hokazo... ) ifodalanadi. bu holatning birinchisini 0 raqami bilan, ikkinchisini esa 1 raqami bilan belgilash qabil qilinga bo`lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash nomini olgan. Bu usul qisqacha qilib, ikkilik kodlash deb ham ataladi. bunda har bir raqam va alifbodagi belgi jahon andozalaridagi kodlash jadvali – ASCII (American Standard Code for Information Interchange) jadvali yordamida ikkilik belgilar ketma – ketligida ifodalanadi.
|
| |