|
Axborotlarni ikkflik sanoq sistemasida kodlash
|
Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 453,18 Kb. | | #150885 |
Bog'liq Ascii kodlash jadvali-fayllar.org
Ascii kodlash jadvali
Axborotlarni ikkflik sanoq sistemasida kodlash
Kompyuter raqamlarning o'zini emas, balki shu raqamlarni ifodalovchi signallarni farqlaydi. Bunda raqamlar signalning ikki qiymati bilan (magnitlangan yoki magnitlanmagan; ulangan yoki ulanmagan; ha yoki yo'q va h.k.) ifodalanadi.
ASCII KODLASH JADVALI
Bu holatning birinchisini 0 raqami bilan, ikkincbisini esa 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan bo'lib, axborotni ikkita belgi yordamida kodlash nomini olgan.
Kodlash usullari ikkita - tekis va notekis turda bo'lishi mumkin. Tekis usullarda bir xil hajmdagi belgilardan foydalanilsa, notekis usulda belgilar turli hajmdagi belgilarni o'z ichiga oladi.
Masalan, “Y” harfiga birgina nuqta mos kelsa, “O” harfi uchun uchta tire mos keladi.
Kompyuterlarda har bir belgiga 0 va 1 belgilarining ketma-ketligidan iborat 8 ta belgi mos qo'yiladi. Shu 8 ta belgining har biri bit deb nomlanadi. 8 ta bit esa bir bayt ni tashkil etadi.
8 ta nol va birlarning turli kombinatsiyasidan foydalanib, turli xildagi belgilarni kodlashimiz mumkin. 0 va 1 dan iborat raqamlar yordamida ularni 8 tadan ajratsak, bu kombinatsiyalar soni 28 = 256 bo'ladi va ular yordamida 256 ta harflar, raqamlar, turli boshqa belgilarni kodlash imkoniyati tug'iladi.
Bitta belgini kompyuterlarda kodlash uchun 8 bit, ya'ni 1 bayt joy yetadi. Ko'rinib turibdiki, 1 bayt joyda ikkilik kod orqali 256 ta belgini kodlash imkoniyati bor.
ASCII jadvali yordamida ayrim belgilarning ikkilik sistemasidagi kodlarini misol sifatida keltiramiz:
A - 01000001 I - 01001001 M - 01001101
В - 01000010 J - 01001010 N - 01001110
С - 01000011 К - 01001011 О - 01001111
Ya'ni, ASCII jadvalida keltirilganidek, A belgisi o'n oltilikda 41 ga teng (belgi turgan katakda kesishgan satr va ustun raqamlari qo'shiladi). Tetrada asosida 1 = 0001; 4 = 0100. Demak, A belgisining kompyuterda kodlanishi 01000001 bo'ladi.
LOLA so'zini quyidagicha kodlash mumkin:
01001100 01001111 01001100 01000001
Kompyuterda rangni ifodalash uchun uch xil - qizil, yashil va ko'k ranglardan hosil qilinadi. Bu qurilma RGB modul deb nomlanadi.
Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi
Mexanik mashinalargacha bo'lgan davr.
Mexanik mashinalar davri.
Elektromexanik mashinalar davri.
Elektron hisoblash mashinalari davri.
Mexanik mashinalargacha bo'lgan davr. Inson hisoblay boshlashidagi dastlabki hisoblash vositasi bo'lib, odamlarning barmoqlari xizmat qilgan. Odam tabiiy hisoblash vositasi
Mexanik mashinalar davri. Nemis olimi Vilgelm Shikkard (1592-1636) tomonidan 1623-yili ixtiro qilingan mexanik moslamalar bilan mexanik mashinalar davri boshlandi. Aslida esa Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967- yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vmcliinirig nashr etilmagan ikki jildli qo'lyozmasi topilgan.
1642—1645- yillarda Paskal mexanik tarzda hisoblovchi qurilmasining 50 dan ziyod shakllarini yaratdi. Ularning eng mukammali 1645- yilda yaratildi va “arifmetik mashina” yoki “Paskal g'ildiragi” deb nomlandi.
1820- yili Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulator — “Arifmometr” yaratildi. U qariyb 90 yil (ba'zi kichik o'zgarishlar bilan qayta ishlangan holda) qo'llanildi. Elektromexanik mashinalar davri. Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo'l kuchi bilan harakatga keltirilar edi.
Elektron hisoblash mashinalari davri.
1947-yilda Bell laboratoriyasining xodimlari amerikalik Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Bratteyn tomonidan birinchi tranzistor islilab chiqildi.
http://fayllar.org
|
| |