• _________ ___________ _________ ___________
  • Mavzu: Kompyuter texnikasi vositalari Darsning maqsadi
  • Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars usuli
  • DARSNING BORISHI: Tashkiliy qism
  • Yangi mavzuni tushuntirish
  • I NCHESTER”
  • ES MAY DONI
  • R ILMALARI
  • Egiluvchan magnit disklar
  • harakatli video axborotlarni kompyuter xotirasiga o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Uning yordamida jonli telekonferensiyalar o‘tkazish mumkin.
  • Sichqonchaning sharchali
  • Trekbol
  • O’quvchilarni baholash. VI. Uyga vazifa 1 . Agar CD-diskning sig‘imi 680 Mb bo‘lsa, u holda unga
  • 1 soatlik dars ishlanmasi №3




    Download 116 Kb.
    Sana10.04.2017
    Hajmi116 Kb.
    #4417

    1 soatlik dars ishlanmasi № 3

    Fan:

    Informatika

    Sinf:

    Sana:

    _________

    ___________

    _________

    ___________

    _________

    ___________




    Mavzu:

    Kompyuter texnikasi vositalari

    Darsning maqsadi:




    Ta’limiy:

    O’quvchilarga qattiq disk yoki asosiy xotira qurilmasi,vinchester, nishon, adres maydoni, ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari, monitor va klaviatura, axborot tashuvchi vositalar yoki tashqi xotiralar, strimer, disk yurituvchi, flash-xotira va flash disklar, plotter, skaner, Web-kamera, sichqoncha kabi qurilmalar haqida bilim berish.

    Tarbiyaviy:

    O’quvchilarni yangi bilim olish va tartib qoidaga rioya qilishga o’rgatish

    Rivojlantiruvchi:

    O’quvchilarning kompyuter haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish

    Dars turi:

    Yangi bilim beruvchi

    Dars usuli:

    Aralash

    Dars jihozlari:

    Elektron resurslar, plakatlar, darslik, kompyuter, proyektor ekrani bilan.


    DARSNING BORISHI:


    1. Tashkiliy qism

    O’quvchilar bilan salomlashish.

    Davomad va darsga tayyorgarligini o’rganish.



    Uyga vazifalarni nazorat qilish.


    1. O’tgan mavzuni takrorlash

    Test topshiriqlari asosida o’tgan mavzu takrorlanadi

    1.

    Birinchi ommalashtirilgan shaxsiy kompyuter qachon ishlab chiqarilgan?

    A)

    1973

    B)

    1977

    C)

    1975

    D)

    1963







    2.

    Kompyuterning asosiy qurilmasini aniqlang

    A)

    Sichqoncha

    B)

    Klaviatura

    C)

    Modem

    D)

    A va D







    3.

    Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Bratteyn qaysi fizik element uchun Nobel mukofotini olishgan?

    A)

    Elektron lampa

    B)

    Integral sxema

    C)

    Transistor

    D)

    Batareyka







    4.

    Axborot hamda buyruq kiritishga xizmat qiladigan qurilmani toping

    A)

    Printer

    B)

    Klaviatura

    C)

    Sichqoncha

    D)

    A va B







    5.

    Protsessorlar nimasi bilan farqlanadi?

    A)

    Nomi

    B)

    Rangi

    C)

    Tranzistori

    D)

    O’lchovi




    1. Yangi mavzuni tushuntirish

    Biz o’tgan darsda, hisoblash texnikasining rivojlanishini 4 bosqichga bo’lib o’rgandik. Ularning eng so’nggisi Zamonaviy kompyuterlarni xotiraning QATTIQ DISK (ing. HDD, Hard — qattiq, Disk — disk, Drive — dvigatel) deb ataluvchi turisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu xotirani ASOSIY XOTIRA QURILMASI deb ham atash mumkin. Chunki, birinchidan: qattiq disklar, odatda, kompyuterning sistema bloki ichiga joylashtirilib, asosiy platada shleyf orqali ulanadigan maxsus joyi bor (shuning uchun axborot almashinuvi juda tez); ikkinchidan: kompyuterga operatsion sistema o‘rnatilayotganda shu kompyuterga mos parametrlar operatsion sistemaga bog‘lab, qattiq diskka yozib saqlanadi. Bundan tashqari shu kompyuter foydalanuvchilarining amaliy dasturlari, hujjatlari va boshqa turdagi ma’lumotlari ham shu diskda saqlanadi.

    Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.

    Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.

    Qattiq disklarga axborotni yozish va o‘qish magnitlash asosida bo‘lganligi uchun qattiq magnit disk ham deb atashadi. Bu qurilma umumiy korpusga joylashtirilgan elektrodvigatel, magnit kallak (rus. головка), pozitsiyalash qurilmasi va magnit qatlamga ega bolgan bir nechta diskdan (shu bois, ko‘potar miltiq nomiga moslab “VINCHESTER” deb ham atashadi) iboratdir.

    Birinchi vinchester 1973- yilda IBM firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

    Disk sirti nuqtalar majmui sifatida, nuqtalar esa, o‘z navbatida, alohida BIT sifatida ko‘rilib, ularning har biriga 0 yoki 1 qiymat (magnitlangan yoki magnitlanmagan — “magnit ekvivalenti” deb ham yuritiladi) beriladi. Mazkur nuqtalarning joylashuvi oldindan aniq bo‘lmaganligi bois, axborotni yozish uchun yozuv qurilmasi NISHONLASH usulidan foydalanadi. Nishon yozuvning holati va o‘rnini aniqlashga yordam beradi. Mazkur nishonlarning mavjudligi diskka axborot yozishning texnologiyasi asosini tashkil etadi, nishonlar hosil qilinishi uchun esa disk FORMATLASHNI talab etadi. Disk formatlanganda konsentrik aylanalar ko'rinishidagi yo’llarga ajratiladi hamda yo‘llar sektorlarga bolinadi. Axborot disk sektorlarining yo‘llari bo‘ylab yoziladi. Sektor va yo‘llar o‘z tartib raqamlariga egadir. Diskning har bir sektorida identifikatsiya qilish uchun ADRES MAYDONI deb ataladigan joy ajratiladi, qolgan joylariga esa ma’lumotlar yoziladi. Bu qurilma changdan, namlikdan va boshqa tashqi ta’sirlardan juda yaxshi himoyalanganligi sababli, boshqa disklarganisbatan yozishning yuqori zichligiga erishiladi. Hozirgi kunlarda qattiq disklarning GIGABAYT VA TERABAYT o‘lchov birlikli sig‘imdagi turlari ishlab chiqarilmoqda.

    Kompyuterga turli shakldagi axborotlarni kiritish yoki chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilmalar ma’lumotlarni kiritish-chiqarish QURILMALARI deb yuritiladi. Eng asosiy ma’lumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari safiga MONITOR VA KLAVIATURA KIRADI.

    Kompyuterga ma’lumotlar va buyruqlarni kiritish usullaridan biri klaviaturada joylashgan klavishlardan foydalanishdir. Aniq bir klavish yoki klavishlar birikmasining bosilishi aynan mos ikkilik kodining kiritilishiga olib keladi. Buning boisi SHIFRLOVCHI deb yuritiladigan mikrosxema ma’lum bir klavish bosilishida hosil bo‘ladigan signalni ikkilik kodga aylantirib beradi.



    MONITOR kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur qismini ekranda yoritib berishni ta’minlaydi. Monitor matn yoki grafik holatida ishlaydi. Matn holatida ekran belgi o‘rinlari deb yuritiluvchi alohida qismlarga bo‘linadi. Grafik holatda ekran piksel deb ataluvchi nuqtalar to‘plamidan tashkil topadi. Ikkala holatda ham belgi yoki pikselning ranglari, forming rangi, ravshanligi va boshqa parametrlar haqidagi ma’lumotlar videoxotirada saqlanadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori monitorning imkon darajasi, deb ataladi. Hozirgi davrda grafik adapted VGA, SVGA, XGA turda bo‘lgan monitorlar keng tarqalgan. Monitorlari yana elektron nurli trubkali, suyuq kristalli (LCD) va plazmali turlarga bo‘lishadi.

    Ma’lumotlami kiritish-chiqarish qurilmalari safiga axborot tashuvchi vositalar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan strimer, disk yurituvchi, optik disk qurilmasi, USB-yig‘uvchilar ham kiradi. Kompyuterdagi ma’lumotlami biridan ikkinchisiga tashib o‘tkazish va ma’lumotlami kompyutersiz uzoq vaqt saqlab turish uchun maxsus xotira vositalari ishlab chiqarilgan bo‘lib, ulami axborot tashuvchi vositalar yoki tashqi xotiralar deb atashadi. Axborot tashuvchi vositalarga ma’lumot muhitning fizik, kimyoviy va mexanik xossalarini o‘zgartirish orqali yoziladi.

    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.

    Ular tuzulishiga ko‘ra quyidagi turlarga bolinadi:



    magnit tasma

    egiluvchan magnit disk (EMD)

    optik disklar

    flash-xotira


    Magnit tasmalardan, odatda, zaxiraga nusxalash va katta hajmli axborotlami (arxivda) saqlash uchun foydalaniladi. Magnit tasma sirti magnitlanuvchan maxsus qatlam bilan qoplangan. Unga axborot yozish va undan axborotni o‘qish huddi magnitofonlardagi kabi magnit kallak yordamida amalga oshiriladi.Magnit tasmalarga axborot yozish va o‘qish qurilmasi strimer deb ataladi.

    Egiluvchan magnit disklar - (yoki, qisqacha disketlar), asosan, ikki xil bo‘lib, himoya g‘ilofi ichidagi egiluvchan doira shaklidagi plastinka — disk diametrlari bilan farqlanadi (3,5 dyumli - 89 mm, 5,25 dyumli - 133 mm). Ulaming sig‘imini g‘ilofida ko‘rsatilgan maxsus belgilari orqali bilib olish mumkin. Odatda, 3,5 dyumli disketning axborot sig‘imi 1,44 Mbayt ni, 5,25 dyumli disket uchun esa 1,2 Mbayt ni tashkil etadi. Disk yuzasi temir ikki oksidli (Fe203) magnitlanuvchan qatlam bilan qoplangan. Disketda axborot magnit tasma kabi magnit kallak yordamida yoziladi va o‘qiladi. Himoya g‘iloflda yozishdan himoyalashning maxsus darchasi mavjud. Ishlash vaqtida bu darcha ochiq bo‘lsa undagi axborotni faqat o‘qish mumkin bo‘lib, u disketdagi axborotni o‘chirish va o‘zgartirishdan saqlaydi.

    Egiluvchan magnit disk bilan ishlash qurilmasi FDDni (Floppy — egiluvchan) qisqacha disk yurituvchi deb atashadi. Diskyurituvchiga qo‘yilgan disketga murojaat qilish uchun A: nom o‘zlashtiriladi. Diskyurituvchi ikkita dvigatel bilan ta’minlangan. Ulaming bin himoya g‘0ofi ichidagi plastinkani markaz atrofida, ikkinchisi esa, o‘qish-yozish kallagini disk yuzasi ustida radius yo‘nalishida harakatlantiradi.



    Optik disklar yuzasiga yupqa qatlam maxsus kimyoviy vosita sepilgan bo‘lib, ularga axborot CD- ROM yoki DVD-ROM qurilmalari orqali yoziladi va o‘qiladi. CD (ing. Compact — dick) kompakt disk, DVD (ing. Digital Versatile Disk) — raqamli universal disk deb o‘qiladi.

    Optik disklar spiralsimon bitta yo‘lga ega.

    Axborot alohida sektorlarga lazer nuri orqali disk yuzasini kuydirib baland-past iz hosil qilish orqali yoziladi. Axborotni o‘qish jarayoriida balandliklar laze* nurini akslantirgani uchun “1”, pastliklar nurni yutgani uchun “0” kabi qabul qilinadi. DVD-ROM qurilmasining lazer nuri to‘lqin uzunligi CD-ROM qurilmasiga nisbatan qisqaroq. Shu sababli DVD diskka zichroq, ya’ni ko‘proq axborot yoziladi.

    Optik disklar 120 mm yoki 80 mm diametrli 0‘lchamda bo‘ladi. CD disklar axborot sig‘imi 1 Gbaytdan kichik (odatda, 680-720 Mbayt), DVD disklar axborot sig‘imi bir necha Gbayt (odatda, 4,7 Gbaytdan 17 Gbaytgacha) bo‘ladi. Agar optik disk yorlig‘ida “R”, ya’ni Recordable yozuvi bo‘lsa — bir marta yozish va ko‘p marta o‘qish mumkin, “RW”, ya’ni Rewritable yozuvi bo‘lsa — ko‘p marta yozish va ko‘p marta o‘qish mumkin.



    DVD lar bir yoki ikki ishchi tomonli bo‘lishi mumkin. Har bir tomonida esa yana bir yoki ikki ishchi qatlam bo‘lishi mumkin. Ikki ishchi qatlamli disklarda birinchi qatlam yarim shaffof bo‘ladi. Ikkinchi ishchi qatlamdagi ma’lumotlar birinchi qatlamning “ichidan o‘tib” o‘qiladi. Birinchi CD-ROM standard 1984- yil Sony va Philips kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Birinchi CD-RW texnologiyasi esa 1996- yilda shu va boshqa bir nechta kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan. Shu o‘rinda CD disklarning ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq kompyuterlaming imkoniyati haqida aytmay iloji yo‘q.

    Multimedia — matn, tovushli ma’lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlami birlashtiruvchi axborot texnologiyasidir. Multimedia uchun zamonaviy CD-ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987- yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft CD — ROM Conference) bo‘lib o‘tdi va bu sana video va audioaxborotli to‘laqonli multimedia paydo bo‘lishining boshlanishi deb hisoblanadi.

    Hozirgi kunda axborotlami tashish va saqlashning juda qulay vositalaridan biri bo‘lgan USfe- yig‘uvchilardan flash-xotira va flash-disklar xizmat qilmoqda. USB-yig‘uvchilar — ko‘p maita yoziladigan yarim o‘tkazgichli xotiradir. Ular integral mikrosxemalar asosiga qurilgan bo‘lib, mexanik harakatlanuvchi qismlardan holidir. Flash-xotiraning axborot sig‘imi 16 Mbaytdan bir necha o‘n Gbaytgacha boigan turlari mavjud. Flash-xotira va flash- disklarning kun sayin axborot sig‘imi kattalari ishlab chiqarilmoqda.



    Printer — ma’lumotlarni qog‘ozga chiqarish qurilmasi. Hozirgi kunda printerlarning uch turi mavjud: bosma (matritsa-o‘yma qolipli), purkovchi, lazerli. Printerlarning bosma turi hozirgi kunda deyarli foydalanilmaydi.

    Purkovchi printer ma’lumotlarni, maxsus idishdagi suyuqlikni juda kichik naycha teshigidan bosimli purkash yo‘li bilan qog‘ozga chiqaradi. Lazer printeri ma’lumotlarni chop etishda rang solingan maxsus barabanga elektr maydonini ta’sir ettirishdan foydalanadi.

    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.

    Bunday printerlar tez va soz ishlaydi, qog‘ozga chiqariladigan axborotning sifati yuqoridir. Bosma yoki purkovchi printer bir minutda bir bet ma’lumot chop etsa, lazer printerining bu ko‘rsatkichi o‘n betdan ortiq. Purkovchi va lazer printerlarda ma’lumotlarni turli ranglarda chop etish imkoniyati mavjud. Plotter (grafyasagich) — chizmalarni qog‘ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Qog‘ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero bilan hosil qilinadi. Chizmalar
    300x300 sm o’lchamgacha bo‘lgan katta qog‘ozlarga ham chiqarilishi mumkin.

    Skaner — fotosurat, grafik va matn shaklidagi axborotlami kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Hozirgi kunda stol usti skanerlari va qo‘l skanerlari keng tarqalgan.

    Web-kamera eng zamonaviy vosita- lardan biri bo‘lib, “ko‘zchasi” qamrovidagi harakatli video axborotlarni kompyuter xotirasiga o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Uning yordamida jonli telekonferensiyalar o‘tkazish mumkin.

    Yurgichni boshqarish va qo‘shimcha boshqarish vazifalarini bajaruvchi qurilmalarning quyidagi xillari mavjud: siehqoneha, trekbol, joystik. Sichqonchaning sharchali va optik turlari mavjud. Ular biror sirt bo‘ylab surib yurgizilganda sharcha harakatiga yoki qaytgan nurga mos signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda siehqoneha ko‘rsatkichining mos harakatlari yuzaga keladi.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

    Siehqonehada o‘rnatilgan tugmalar ko‘magida boshqaruvehi buyruqlarni jo‘natish mumkin.
    Trekbol — “sichqoncha”ning to‘nkarib qo‘yilgan holatiga o‘xshaydi, undan asosan notebook xilidagi ko‘chma kompyuterlarda foydalaniladi. Joystik — tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan faqat o‘yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda qo’llanadi.
    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash


    1. Qattiq disklar haqida ma’lumot bering.

    2. Ma’lumotlami kiritish va chiqarishning qanday qurilmalarini bilasiz?

    3. Tashqi xotiraning qanday turlarini bilasiz?

    4. Egiluvchan magnit disklar haqida ma’lumot bering.

    5. Optik disklarning turi va sig‘imi haqida so‘zlab bering.

    6. USB-yig‘uvchilar haqida so‘zlab bering.

    7. Multimedia texnologiyasini qo‘llash uchun qanday vositalar kerak?




    1. O’quvchilarni baholash.


    VI. Uyga vazifa
    1. Agar CD-diskning sig‘imi 680 Mb bo‘lsa, u holda unga Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch iborasidan nechta yozish mumkinligini aniqlang (yo‘llanma: 1 ta belgi 1 bayt).

    2. Agar kompyuter 4 Gb sig‘imli flash-xotiraga 480 Mb/s tezlikda yozsa, uni to‘ldirish uchun qancha vaqt zarurligini hisoblang (yo‘llanma : sig‘im = tezlik • vaqt).


    KO’RILDI”
    Download 116 Kb.




    Download 116 Kb.