|
Mavzu: Gazlarning tarkibini o’lchash va boshqari Reja: Gazlarning tarkibini tahlil qilish
|
bet | 1/12 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 260,36 Kb. | | #246447 |
Bog'liq Mustaqi ish
Mavzu: Gazlarning tarkibini o’lchash va boshqari
Reja:
Gazlarning tarkibini tahlil qilish
Termomagnitli gaz analizatori.
Ultrabinafsha nurlari yutiladigan gaz analizatorlarida
Gaz analizatorlari tekshirilayotgan gaz aralashmasidagi komponent yoki komponentlar yig‘indisi konsentratsiyasi haqida ma’lumot beradigan qurilmalardir. Gaz analizatorlari sanoatning barcha sohalarida va ilmiy- tadqiqot ishlarida keng ishlatiladi. Keyingi yillarda atrof-muhitni muhofaza qilishga katta e’tibor berilayotganligi munosabati bilan sanoat korxonalari chiqindilari tarkibidagi zararli qo‘shilmalar miqdorini, ishlab chiqarish xonalari va atmosferadagi zararli qo‘shilmalar miqdorini nazorat qilishga mo‘ljallangan gaz analizatorlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish keskin kengaydi. Aholi yashaydigan hududlar havosining sifatini nazorat qilish uchun havoni ifloslantiradigan is gazi, azot qo‘shoksid, chang va boshqa shu kabi moddalar konsentratsiyasi o‘lchanadi.
Sanoatda ishlatiladigan avtomatik gaz analizatorlarining ko‘pchiligi gaz aralashmalaridagi bitta komponentning konsentratsiyasini o‘lchash uchun moijallangan. Bu holda gazlarning aralashmalari binar deb qaralib, undagi aniqlanadigan komponent o‘lchanayotgan aralashmaning fizik-kimyoviy xossalariga ta’sir qiladi, qolgan komponentlar esa, ularning tarkibi va konsentratsiyasidan qat’i nazar, ularning xossalariga ta’sir qilmaydi va aralashmaning ikkinchi komponenti hisoblanadi. Ko‘p komponentli gaz aralashmalarining tashkil etuvchilarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan gaz analizatorlari ham mavjud.
Gaz analizatorlari ishlash prinsipi (tahlil qilish usuli), tahlil qilinayot gan muhitning xossalari, aniqlanayotgan komponentlar soni, ishlanish turi, chiqayotgan signalni unifikatsiyalash usuli va o‘lchash natijalarini berish usuli kabi belgilariga ko‘ra tasniflanishi mumkin.
Eng oddiy holda namunani o‘zgartirmasdan tahlil qilish mumkin, bunda tahlil qilinayotgan aralashma tarkibi to‘g‘risida o‘lchanayotgan parametrga qarab bevosita xulosa chiqariladi. Tahlil qilishda namunani o‘zgartirish analitik oichash tanlanuvchanligini oshirish imkonini beradi. Namunani o‘zgartirish uchun fizik usullardan ham, kimyoviy usullardan ham foydalanish mumkin. Agar namunaga ta’sir qilish uning fizik xossalarini tubdan o‘zgartirib yuborsa, bunday o‘zgartirish fizik o‘zgarti- rish deb ataladi. Agar namunaga ta’sir qilish uning tarkibining tubdan o‘zgarishiga olib kelsa, u kimyoviy o‘zgartirish deb ataladi.
Gaz analizatorlari hajmga nisbatan %, g/m3, mg/1 larda o‘lchanadi. Birinchi birlik ancha qulaydir, chunki gaz aralashmalari komponentlarining foiz hisobidagi miqdori harorat va bosim o‘zgarganida doimiyligicha qoladi.
Gaz analizatorlari tarkibiga datchik va chiqish signallarini o‘lchagichdan tashqari, asbobning normal ishlashini ta’minlovchi bir qancha qurilmalar ham kiradi. Asosiy, yordamchi qurilmalar gaz aralashmasi namunasini tanlovchi, tozalovchi, uzatuvchi va tahlilga tayyorlovchi qurilmalardir.
Gaz analizatorlarining mavjud tasnifi aralashmaning aniqlanadigan komponentlarining konsentratsiyasini o‘lchashga asos qilib olingan fizik- kimyoviy xossalarga asoslanadi.
Quyida sanoatda keng tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqiladi.
|
| |