• Elektr-kimyoviy gaz analizatorlarida
  • Elektr-kimyoviy gaz analizatorlari




    Download 260,36 Kb.
    bet9/12
    Sana20.05.2024
    Hajmi260,36 Kb.
    #246447
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Mustaqi ish

    Elektr-kimyoviy gaz analizatorlari. Elektr-kimyoviy usullardan gazlarni va bugiami uzluksiz tarzda avtomatik tahlil qilishda foydalaniladi. Ayniqsa, bu usullar havodagi mavjud zaharli gazlarning mikrokonsentratsiyasini, toza gazlar ishlab chiqarishda ifloslantiruvchi gazlar konsentratsiyasini, shuning dek, suyuqliklarda erigan gazlar konsentratsiyasini aniqlash uchun keng qoilaniladi.
    Elektr-kimyoviy gaz analizatorlarida biror komponentning konsentratsi yasi aniqlanayotgan komponent bilan reaksiyaga kirishgan gaz aralash masining elektrkimyoviy xossalarining o‘zgarishiga qarab aniqlanadi. Quyida eng ko‘p tarqalgan asboblar ko‘rib chiqiladi. Konduktometrik gaz analizatorlari gaz aralashmasining o‘lchanadigan komponentini absorbsiyalovchi yutuvchi eritmalarning elektr o‘tkazuv- chanligini o‘lchashga asoslangan.
    Kontaktli konduktometrik usullar yutuvchi eritma o‘lchash yacheyka- sining elektrodlari bilan bevosita kontakti ash ishi bilan xarakterlanadi. Bu asboblar murakkab qurilmalar bo‘lishni talab qilmaydi, ko‘rsatishlarni bevosita hisoblab borishga imkon beradi, tayyorlanishi va ishlatilishi sodda.
    Yutuvchi eritma sifatida, odatda, shunday eritma tanlanadiki, u tahlil qilinayotgan komponent bilan qaytmas reaksiyaga kirishadi.
    Dissotsiatsiyalangan molekulalar soni kamayishi natijasida eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi yutilgan komponent miqdoriga mutanosib ravishda kamayadi. Yutuvchi eritmalar tahlil qilinayotgan komponent bilan qaytmas reaksiyaga kirishi natijasida asbob kanalchalarining devorlarida hamda o‘lchash elektrodlarida cho‘kmalar hosil boiadi, bu esa o‘lchash natijalarini xato ko‘rsatadi va komponentlarning mikrokonsentratsiyalarini aniqlashda gaz analizatorlaridan foydalanishni cheklab qo'yadi.

    Konduktometrik oichashlar uchun o‘lchanayotgan komponent absorb- siyasining qaytar reaksiyalaridan ham foydalanish mumkin. Ularning afzalliklari: reaksiyalarda cho‘kmalar absorbsiyalanmaydi va yutuvchi eritmalaming regeneratsiyalanish imkoni bor. Biroq, ko‘pgina hollarda bunday yutuvchi eritmalaming tanlash darajasi kam boiadi.
    7-rasmda konduktometriya prinsipida ishlaydigan gaz analizatorining sxemasi keltirilgan. Tahlil qilinadigan gaz kapillar naycha 1 orqali o‘tadi va reaksiya boradigan idish 2 hamda chulg‘amli naycha 3 ga beriladi, u yerda aniqlanadigan komponent o‘zgarmas tezlikda berib turiladigan elektrolit eritmasi bilan absorbsiyalanadi. Shundan keyin elektrolit eritmasi bir juft elektrodlari 5 turgan o‘lchash yacheykasidan o‘tadi, gaz fazasi esa gaz analizatoridan naycha 6 orqali chiqariladi. Taqqoslash elektrodlari 7naychada turadi, bu naycha orqali elektrolitning yangi eritmasi beriladi.
    Shunday qilib, gaz analizatorlarida elektrolit eritmasining elektr o‘tka- zuvchanligi o‘lchanayotgan komponent absorbsiyalanguncha va absorb- siyalangandan keyin o‘lchanadi. O‘tkazuvchanlik qiymatlaridagi farqlar aniqlanadigan komponentning ikkilamchi asbob 8 yordamida o‘lchanadigan konsentratsiyasiga mutanosib boiadi. Elektroliz vaqtida cho'kmalar hosil boiishining oldini olish uchun yacheyka elektrodlariga o‘zgaruvchan kuchlanish beriladi, keyin bu kuchlanish to‘g‘rilanadi.
    Elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchashga asoslangan gaz analizatoridan C02, H2S, S02, NH3, suv bugi va boshqa komponentlarni tahlil qilishda foydalanish mumkin.

    Download 260,36 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 260,36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr-kimyoviy gaz analizatorlari

    Download 260,36 Kb.