|
- rasm. Optik-akustik kompensatsion gaz analizatorining sxemasi
|
bet | 7/12 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 260,36 Kb. | | #246447 |
Bog'liq Mustaqi ish5- rasm. Optik-akustik kompensatsion gaz analizatorining sxemasi.
Nurlarning yo‘nalgan oqimini ho sil qilish uchun har qaysi spiral qay- targich 2 ning fokusiga joylashtirilgan. Infraqizil nurlar oqimi qizigan spiral- lardan ayni bir vaqtda obturator 4 yordamida 5 Hz chastota bilan uziladi va ikki optik kanalga yo‘naltiriladi, obturatorni sinxron dvigatel 1 aylantiradi.
O‘ng kanalda infraqizil nurlarning uzlukli oqimi filtrlash kamerasi 5 va ish miqdori kompensatsion usul kamerasi 6 dan ketma-ket o‘tib, qaytaruvchi plastina 7 ning ortiga tushadi va undan nur qabul qilgich 9 ning o‘ng silindri 8 ga yo‘naladi. Chap kanalda infraqizil nurlarning uzlukli oqimi filtrlash kamerasi 5 va kompensatsiyalovchi kamera 13 dan o‘tib, nur qabul qilgich 9 ning chap silindriga tushadi. Faqat o‘lchanmaydigan komponent bilan toidirilgan filtrlash kameralari 5 gaz analizatorlarning xatoligini qo‘shimcha ravishda kamaytirishga imkon beradi, bu xatoliklarga gaz aralashmasida o‘lchanmaydigan komponentlar miqdorining o‘zgarishi sabab boiadi. Kompensatsiyalovchi kamera 13 chap kanaldagi infraqizil nurlar oqimining yo‘lida gaz aralashmasi qatlamining qalinligini o‘zgartirish, shuningdek, bu oqimning yo‘nalishini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi.
Tekshirilayotgan gaz aralashmasi ishchi kamera 6 orqali uzluksiz o‘tib turadi. Agar aralashmada tahlil qilinayotgan komponent boimasa, u holda nur qabul qilgichning kamerasiga infraqizil nurlarning bir xil oqimlari keladi, membrana tebranmaydi va nur qabul qilgichdan signal chiqmaydi. Agar gaz aralashmasida izlanayotgan komponent boisa, u holda ishchi kamera 6 da infraqizil nurlarning qisman yutilishi natijasida nur qabul qilgichning o‘ng silindriga ularning zaiflashgan oqimi, chap silindriga esa zaiflashmagan oqimi kiradi. Bu esa silindrlardagi gaz harorati va bosimining farqlari hosil boiishiga olib keladi.
Obturator uzluksiz nur chiqarib turganida nur qabul qilgich silindrlari- dagi gaz soviydi va bosim kamayadi, natijada silindrlarda bosimning vaqt-vaqti bilan pulsatsiyalanishi yuz beradi. Gaz analizatoming ko‘rsatishlari aniqligini oshirish uchun silindrlariga inert gazlari qo‘shilgan tahlil qilinayotgan gaz toidiriladi. Nur qabul qilgichning silindrlari faqat tahlil qilinayotgan kompo nent va infraqizil nurlarga inert boigan azot bilan toidirilganligi uchun bosimning pulsatsiyalanishi faqat tahlil qilinayotgan gaz yutadigan nurlanish spektri hisobigagina vujudga keladi. Shunday qilib, asbobda tanlab yutishga va tahlil qilishga erishiladi.
Nur qabul qilgich 9 da bosimning o‘zgarishi kondensatorli mikrofon 10 da o‘zgaruvchan tokka aylanadi. Bu tok kuchaytirgichida kuchaytirilib, reversiv dvigatel 12 ga beriladi va uning rotori aylana boshlaydi. Bu yerda kompen satsiyalovchi kamera 13 ning qaytaruvchi porsheni biror tomonga surilib, yutuvchi qatlamning qalinligini oshiradi yoki kamaytiradi. Nur qabul qilgich silindrlariga tushayotgan nur oqimlari bir-biriga teng bo‘lib qolgan paytda nur qabul qilgichdan chiqayotgan elektr signali yo‘qoladi va dvigatel to‘xtaydi. Shunday qilib, kamera 13 porshenining vaziyati doimo tahlil qilinayotgan komponent konsentratsiyasiga mos keladi. Porshenning bu vaziyati o‘z navbatida reoxord 14 orqali ikkilamchi asbob 15 bilan qayd etiladi. Uglerod qo‘shoksidini o‘lchash chegaralari 0—1 dan 0—100 % gacha. Asosiy xatolik ±2,5 %. Gaz aralashmasi sarfi 8,3 sm3/s, bosim 0,3 kPa. Ko‘rsatishlarni aniqlash vaqti 30 s. Chiqish signali 0—5 mA.
Bayon qilingan OA-2209 turidagi gaz analizatori differensial (ikki nurli, ikki kanalli) kompensatsiyalovchi asbobdir. Uning asosiy kamchiligi nurlat- kichlaming eskirishi, ish kyuvetlarining ifloslanishi, shishalar shaffofligining o‘zgarishi va shu kabilar tufayli shkala noli vaziyatining o‘zgarib turishidir.
Bevosita olchaydigan bir nurli gaz analizatorida nolning turg‘unligi ancha yuqori bo‘ladi. Bu asbob differensial asbobga qaraganda tanlovchanligi yuqoriligi bilan farq qiladi. Masalan, metanni tahlil qilishda S02, SO va namning ta’siri bir nurli asbob uchun ikki nurli asbobga qaraganda 3—5 marta kam boiadi.
|
| |