|
-rasm. Termokonduk- tometrik gaz analizatori
|
bet | 3/12 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 260,36 Kb. | | #246447 |
Bog'liq Mustaqi ish1-rasm. Termokonduk- tometrik gaz analizatori.
Ko‘prik sxemasi R3 reostat orqali sozlanadi. Bu turdagi sanoat gaz anali- zatorining o‘lchash asboblari standart avtomatik kompensator asosida bajariladi. Termokonduktometrik gaz anlizatorlarida xatolik, asosan, quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi:
a) atrof-muhit haroratining o‘zgarishi, bunda o‘lchash kameralarining devorlaridagi harorat o‘zgaradi;
b) o‘lchash ko‘prigi ta’minlovchi manba kuchlanishining o'zgarishi;
c) gaz aralashmasining kameralar (yacheykalar) orasida o‘tish tezligi- ning o‘zgarishi;
d) ikkilamchi tekshirilmayotgan komponentlarning (xususan, suv bug‘- lari) mavjudligi. O‘lchash blokini termostatlash va stabillashgan ta’minlash manbalaridan foydalanish zarurati asbobni murakkablashtiradi va qimmatlashtiradi. Havodagi yoki gaz aralashmalaridagi (vodoroddan tashqari tarkibida CO, C02, CN4, N2 va 02 bo‘lgan) vodorod miqdorini, shuningdek, ko‘p kompo- nentli aralashmalarda C 02 miqdorini aniqlash uchun TP turidagi termokon duktometrik gaz analizatorlaridan foyda laniladi.
2- rasm. TP turidagi avtomatik gaz analizatorining sxemasi.
Sxema muvozanatlashmagan ikkita A va В ko‘priklardan iborat bo‘lib, ular o‘zgaruvchan tok manbayidan transfor- mator orqali ta’minlanadi. Ko‘priklar- ning yelkalari platina simlardan tayyor- langan va shisha ballonchalarga joylashti- rilgan. O‘lchash ko‘prigining ikkita ishchi yelkasi 1 va 3 ning atrofidan tahlil qili nayotgan gaz o‘tib turadi. Qolgan ikkita yelkasi 2 va 4 gaz muhitida turadi, bu 10 — N. R. Yusupbekov va boshq. gazning tarkibi asbob shkalasining boshlanishiga mos keladi. Taqqoslash ko‘prigi В ning ikkita yelkasi 6 va 8 gaz muhitida turadi, uning tarkibi asbob shkalasining boshlanishiga mos keladi, yelkalar 5 va 7 esa tarkibi shkala oxiriga mos keladigan gaz muhitida turadi.
Taqqoslash ko‘prigi В ning diagonaliga reoxord R ulangan, uning surilgichi (dvijok) va A ko‘prikning uchi elektron kuchaytirgich EK ning kirishiga ulangan. Reversiv dvigatel RD reoxordning surilgichini va asbobning ko‘rsatkich strelkasini ko‘prik uchlaridagi shkalada kuchlanish surilgichning reoxorddan oladigan kuchlanishi bilan muvozanatlashmaganiga qadar suradi.
Gaz analizatorining ko‘rsatishi ta’minlash manbayi kuchlanishining o‘zgarishiga va atrofmuhit haroratining o‘zgarishiga bog‘liq emas.
TP turidagi gaz analizatorlari bir nechta rusumlarda ishlab chiqariladi: TP 1120 — binar va ko‘p komponentli gaz aralashmalarida vodorod miq- dorini aniqlash uchun; TP 7102 — havodagi geliy miqdorini aniqlash uchun; TP 4102 — havodagi azot va geliy miqdorini aniqlash uchun. Tahlil qilinayotgan gaz turi va o‘lchash chegaralariga ko‘ra asosiy xatolik ±2,5; ±4,0; ±10 % bo‘ladi. Gaz aralashmasining hajmiy sarfi 12 sm3/s, bosim 70—130 kPa. Ko‘rsatishlarni aniqlash vaqti 3 dan 110 s gacha. Chiqish signallari 0-5 mA; 0-100 mV; 0-10V.
|
| |