|
Termokonduktometrik gaz analizatorlari
|
bet | 2/12 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 260,36 Kb. | | #246447 |
Bog'liq Mustaqi ishTermokonduktometrik gaz analizatorlari. Termokonduktometrik gaz analizatorlarining ishlash prinsipi gaz aralashmasini issiqlik o‘tkazish xususiyatining tekshirilayotgan komponent konsentratsiyasiga bog‘liqligiga asoslangan. Agar binar aralashmadagi komponentlarning issiqlik o‘tkazuv- chanligi har xil bo‘lsa, bu usulni qo‘llash qulay. Ko‘p komponentli gaz aralashmasini tahlil qilishda yuqoridagi usulni qo‘llash mumkin, lekin aniqlanmaydigan komponentlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi bir-biridan uncha farq qilmaydi, aniqlanayotgan komponentning issiqlik o‘tkazuvchanligi esa ulardan ancha farq qilishi kerak.
Ko‘pchilik gaz aralashmalarining issiqlik o‘tkazuvchanligini quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin: bu yerda: C,, C2, C3, ..., Cn — issiqlik o‘tkazuvchanligi tegishlicha bo‘lgan komponentlar miqdori (bunda, C{ + C2 + C} + . . . + C = 100 % bo‘lishi shart).
Aniqlanmaydigan komponentlarning yig‘indi konsentratsiyasi ko‘ra mos keladigan issiqlik o‘tkazuvchanligi bo’lgan aralashmaning issiqlik o‘tkazuvchanligi quyidagi ifodadan aniqlanadi:
bu yerda: issiqlik o‘tkazuvchanligi boigan aniqlanadigan komponent miqdori. Bo‘lganligi uchun aniqlanadigan komponent konsentratsi yasi ning aralashmaning o‘lchanadigan issiqlik o‘tkazuvchanligi ga bog‘liqligi, aniqlanmaydigan va aniqlanadigan komponentlarning issiqlik o‘tkazuvchanliklari maium bo‘lganda quyidagi ko‘rinishda bo’ladi:
Gaz aralashmasining issiqlik o‘tkazuvchanligini oichash uchun tahlil qilinayotgan aralashma bilan toidirilgan kameraga joylashtirilgan, qizdiri- ladigan o‘tkazgichdan foydalaniladi. Agar o‘tkazgichdan kamera devorlariga faqat issiqlik o‘tkazuvchanlik tufayligina issiqlik berilsa, quyidagi ifoda to‘g‘ri bo‘ladi:
bu yerda: Q — o‘tkazgich 1 sekundda beradigan issiqlik miqdori; d — o‘tkazgichning uzunligi va diametri; D — kamera diametri, X — gaz aralashmasining issiqlik o‘tkazuvchanligi; t&, td — o‘tkazgich va kamera devorlarining harorati.
O‘tkazgich beradigan issiqlik Q va kamera devorlarining atrof-muhit haroratiga bog‘liq bo‘lgan harorati o‘zgarmas bo‘lganida gaz aralash masining issiqlik o‘tkazuvchanligi o‘tkazgichning haroratini, binobarin, uning o‘tkazuvchanligini bir xil qiymatda aniqlaydi. O‘tkazgich sifatida elektr qarshiligining harorat koeffitsiyenti yuqori va kimyoviy jihatdan chidamli metall simdan foydalaniladi; platina ko‘proq, volfram, nikel, tantal kamroq ishlatiladi.
Termokonduktometrik gaz analizatorlarining o‘lchash elementlari o‘zi qiziydigan qarshilik termometri rejimida ishlaydigan, platina tola joylashgan kamera shaklidagi o‘zgartkichdan iborat. Gaz aralashmasi tarkibining o‘zgarishi uning issiqlik o‘tkazish qobiliyatini o‘zgartiradi, natijada qizigan tola va gaz aralashmasi o‘rtasida o‘zaro issiqlik almashuvining jadalligi ham o‘zgaradi. Tolaning elektr qarshiligi tekshirilayotgan komponent konsentra- tsiyasini bildiradi.
Bu turdagi sanoat gaz analizatorlarida o‘lchashning differensial usuli qoilaniladi, bu yerda tekshirilayotgan va namuna gaz aralashmalarining issiqlik o‘tkazuvchanligi ishi solishtirma kameralar yordamida solishtiriladi. Ish kamerasi gaz oqib o'tadigan qilib ishlanadi, solishtirma kamera esa tarkibiga konsentratsiyasi o‘lchashning pastki, o‘rta va yuqorigi chegarasiga mos keladigan, o‘lchanayotgan komponent kirgan gaz aralashmasi bilan toidiriladi.
O‘lchash sxemalari bevosita hisoblash yoki avtomatik muvozanatlash prinsipiga ko‘ra quriladi. 1-rasmda ko‘rsatilgan termokonduktometrik gaz analizatori konsentratsiyani muvozanat- lashgan ko'prik yordamida o‘lchaydi.
Doimiy sarfga ega bo‘lgan, tekshirila yotgan gaz aralashmasi ish kame- ralariga keladi. Ko‘prikning qolgan yelkasiga etalon aralashmali yor damchi kameralar ulangan. Sezgir elementning tolalari ko‘prik sxemasining ta’minlash toki (STM — stabillashgan 1-rasm. Termokonduktometrik gaz analizatori. ta’minlovchi manba) hisobiga qiziydi.
|
| |