|
Mavzu: Gazlarning tarkibini o’lchash va boshqari Reja: Gazlarning tarkibini tahlil qilish
|
bet | 4/12 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 260,36 Kb. | | #246447 |
Bog'liq Mustaqi ishTermomagnitli gaz analizatori. Gazlar orasida kislorod alohida paramag- netizm xususiyatiga ega. Kislorod magnit maydonga boshqa gazlarga nisbatan ko'proq tortiladi. Uning bu xossasi murakkab gaz aralashmalaridagi kislorod konsentratsiyasini o'lchashga imkon beradi.
Barcha (kislorodni tahlil qiladigan) magnitli gaz analizatorlari termo magnit va magnitomexanik asboblarga bolinadi.
Kislorodning harorati o‘zgarganda uning magnit xossalarining o‘zgarish samarasiga asoslangan termomagnit usuli keng tarqalgan. Bu usul termo magnit konveksiya hodisasiga asoslangan. Agar tok bilan qizdirilgan o‘t- kazgich bir jinsli bo‘lmagan magnit maydonga o‘rnatilsa, gaz aralashma sining xossasi kamayadi, shu sababli o‘tkazgich atrofida magnit maydonning kuchli yerlaridan kuchsiz yerlariga tomon aralashmaning harakati boshlanadi. Harorat- ning ko‘tarilishi sababli gazning magnit xos sasi kamayadi, natijada gaz aralashmasining ichki oqimi vujudga keladi. Bu oqimda qizi- gan gaz aralashmasi termomagnit konveksiya hodisasi sababli uzluksiz siqib chiqariladi. 3-rasmda termomagnitli gaz analizatori ning prinsipal sxemasi keltirilgan.
Tekshirilayotgan gaz aralashmasining harorati issiqlik almashtirgich 1 yordamida turg‘unlashadi. Aralashma sarfining doimiy- ligi o‘lchash o'zgartkichi 2 ni rotametr 3 orqali shuntlash yo‘li bilan ta’minlanadi. Shu sababli tizim kirishidagi gaz sarfming tebranishlari o‘zgartkichdan o‘tish tezligiga ta’sir qilmaydi, chunki a va b nuqtalar orasidagi bosimlar farqi doimiy bo‘lib qoladi. O‘zgart- kichning gazli bo‘shlig‘i ko'ndalang kanalli halqa kamera 4 shaklida diamagnit materialdan ishlanadi. Kanalning kirish qismi doimiy magnit maydon orasiga joylashadi, uning ichida esa Rt3, Rt4 ikki seksiyali platina chulg‘amlar o‘rnatiladi, bu chulg‘amlarning qarshiligi nomuvozanat ko‘p- rikning ikki yelkasini hosil qiladi. Agar boshlangich aralashmada kislorod bo‘lmasa, ko‘ndalang kanalda harakat bo‘lmaydi. Aralashmada kislorod bo‘lsa, uning molekulalari magnit maydoniga yo‘nalib, kanalga tortiladi. Rt chulg'amlar o‘lchash sxemasi manbayining toki ta’sirida 100 ... 200°C gacha qizdirilganligi sababli kanal 4 ga kelgan kislorod ham qiziy boshlaydi. Harorat ko‘tarilishi bilan magnitning kislorodga ta’siri kamayadi, shuning uchun gazning yangi qismi magnit maydon hududiga tortilib, qizigan kislorodni halqa kameraga itaradi.
Gazning hosil boigan konveksion oqimi issiqlikni, asosan, chulg‘am- dan oladi, shuning uchun seksiyalar harorati har xil bo‘lib qoladi.
R,3 va R,4 qarshiliklarning tekshirilayotgan gaz konsentratsiyasiga mutanosib o‘zgarishi natijasida, ko‘prikning o‘lchash diagonalida nobalanslik signali paydo boiadi. Bu signal shkalasi kislorodning foiz miqdorida darajalangan avtomatik potensiometr orqali o‘lchanadi. O‘lchash ko‘prigi stabillashgan ta’minlash manbayidan (STM) ta’minlanadi. Qarshilik R5 ko‘prik manbayining tok kuchini o‘rnatish uchun xizmat qiladi; R1 va R2 doimiy manganin qarshiliklar.
O’ichashning termomagnit usulida xatolar, asosan, quyidagi sabablarga ko‘ra sodir boiadi:
a) atrof-muhit haroratining o‘zgarishi natijasida gaz aralashmasining magnitlanishi o'zgaradi;
b) sezgir element issiqligining o'zgarishi (o‘lchash ko'prigi manbayi kuchlanishining o‘zgarishi);
c) tekshirilayotgan gaz aralashmasi yoki atmosfera bosimining o‘zga- rishi;
d) magnitlarning eskirishi natijasida magnit maydoni kuchlanganligining o‘zgarishi.
Sezgirlikni oshirish va xatoliklarni kamaytirish uchun sanoatda foydala- niladigan gaz analizatorlarida o‘lchash va taqqoslash ko‘priklarining tegishli yelkalariga ulangan ikkita halqali kompensatsion o‘lchash sxemalari qo‘llaniladi.
Tahlil qilinayotgan gaz harorati va bosimining o‘zgarishi, shuningdek, o‘lchash sxemasini ta’minlovchi kuchlanishning o‘zgarishi har qaysi ko‘prikning o‘lchash diagonallaridagi kuchlanishiga bir xilda ta’sir etadi, shuning uchun gaz analizatorining ko'rsatishlariga bu o‘zgarishlar ta’sir qilmaydi.
Tutun gazlaridagi kislorod miqdorini uzluksiz aniqlash uchun MN 5106-1 turidagi termomagnit gaz analizatori ishlatiladi, uning o‘lchash chegaralari bir nechta bo‘lib, ulardan eng maksimali 0—10 %. Yuqori o‘lchash chegarasining asosiy xatoligi ±2 %. MN 5130-1 rusumli gaz analizatori ikki yoki uch komponentli gaz aralashmalaridagi kislorod kon- sentratsiyasini uzluksiz o‘lchash va standart elektr signallari berish uchun mo‘ljallangan. Signal berish qurilmasi bilan jihozlangan. O‘lchash nati- jalarini ko‘rsatish va yozish uchun gaz analizatori bilan birgalikda ikkilamchi o‘ziyozar asbobdan foydalaniladi. Kislorodni o‘lchash chegaralari 0—0,5 dan 80—100 % gacha. Asosiy xatolik ±2 dan 10 % gacha (o‘lchash chegaralariga qarab) atrofida. Gaz aralashmasining hajmiy sarfi 12 sm3/s, bosimi 90—105 kPa. O‘lchash vaqti 120s. Chiqish signallari 0—5 mA, 0—100 mV.
|
| |