|
Foydali qazilmalarni qazib olishda ventilyatorlarning ahamiyati. Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 131,96 Kb. | | #154291 |
Bog'liq Mavzu shaxta ventilyatorlari-fayllar.org
Foydali qazilmalarni qazib olishda ventilyatorlarning ahamiyati.
Reja:
1. Shaxta ventilyatorlari haqida umumiy ma’lumot
2. SHaxta markazdan kochma ventilyatori VTSO-1.0
3. Ventilyator uskunalarini avtomatik va masofadan boshqarish
4. Shaxta shamollatish tizimlari
Xulosa
Markazdan qochma ventilyator ishchi g’ildirak keltiruvchi va chiqaruvchi
moslamalardan tuzilgan bo’lib, kirituvchi qismi konfuzor bo’lib, chiqaruvchi qismi
spiralsimon yo’lakdan iborat.
Markazdan qochma ventilyatorlar asosan bir pog’onali bo’ladi.Markazdan qochma
ventilyatorlar qo’yidagicha tasniflanadi:
1. Hosil qilinadigan bosimiga qarab:
- kichik bosimli ventilyatorlar (h<1kPa);
- o’rtacha bosimli ventilyatorlar (1kPa- yuqori bosimli ventilyatorlar (3kPa2. Aylanish tezligiga qarab;
- sekin aylanuvchi;
- tez aylanuvchi;
3. Havo oqimining yo’nalishiga qarab:
- havoni bir tomonlama oluvchi ventillar;
- havoni ikki tomonlaima oluvchi ventillar;
4. Rotorning aylanish yo’nalishiga qarab:
- o’nga aylanuvchi ventilyatorlar;
- chapga aylanuvchi ventilyatorlar.
O’nga yoki chap tomonga ventilyator rotorining aylanishi, agar yuritgich tomonidan qaralganda soat strelkasi bo’ylab aylansa o’ng, soat strelkasiga teskari aylansa chap tomonga aylanadigan deb qabul qilingan.
Agarda ishchi g’ildirak old tomoniga yo’naltiruvchi apparat o’rnatilgan bo’lsa, uning kuraklari burchagi Q ni o’zgartirib ventilyator qurilmasini ish rejimini boshqarish mumkin. Markazdan qochma ventilyatorlarning F.I.K. st>0,6 bo’lishi kerak. Hozirgi paytda kon sanoatida bir qancha turdagi markazdan qochma ventilyatorlar qo’llaniladi: VTSP, VTSO, VTSD, VSHTS, VTSP, VTSZ (bunda: V-ventilyator, TS-markazdan qochma, O-bir tomonlama havo so’ruvchi, D-ikki tomonlama havo so’ruvchi, SH-SHurflar uchun, Plaxmlar o’tish uchun, Z-boshqariladigan qanotchalik.
VTS seriyadagi ventilyatorlar katta va iqtisodiy jihatdan kam samarali, shuning uchun hozirgi paytda ishlab chiqarilmaydi.
VTSO ventilyatorlar 1-ishchi g’ildirak, venilyator valiga konsol joylashgan, val
2, podshipniklar 3, spiralsimon qobiq 4 va radial diffuzordan tuzilgan. Ishchi g’ildirak old tomonida o’qi yo’naltiruvchi apparat 5 joylashgan bo’lib, kuraklari bir paytning o’zida buraladi. Ventilyator yuritma bilan to’g’ridan-to’g’ri tishlik mufta 6 yordamida ulangan. Yuritma va ventilyator VTSO bir umumiy ramaga 7 ga mahkamlangan.
Katta ventilyatorda qobiqning pastki yarimi va diffuzor betondan tayyorlanadi. VTSD seriyadagi ventilyatorlarda ishchi g’ildirak kuraklari ortga qayrilgan ( 2=1080) bo’lib, yuqori F.I.K. ega.
|
| |