SHaxta markazdan kochma ventilyatori VTSO-1.0




Download 131.96 Kb.
bet2/4
Sana10.02.2024
Hajmi131.96 Kb.
#154291
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu shaxta ventilyatorlari-fayllar.org
Zoology1
SHaxta markazdan kochma ventilyatori VTSO-1.0.
So’ngi paytlarda tez aylanadigan yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo’lgan markazdan qochma VTSD ventilyatorlari ishlab chiqarilmoqda.
Hozirgi paytda zavodlardan quyidagi markazdan qochma ventilyatorlar chiqarilmoqda. VTSD-16, VTS-25, VTS-31,5 (VTS-32 eski markasi) vaVTSD-47 “Sever” va boshqalar.
Markazdan qochma ventilyatorlar so’rib olish, haydash va kombinatsiyalashgan sxemalar bo’yicha kon korxonalarida qo’llaniladi.
Katta markazdan qochma ventilyatorlar Donetsk mashinasozlik zavodida, diametri 2,5m gacha bo’lgan ventilyatorlar Artyomovsk mashinasozlik zavodlarida ishlab chiqariladi.
Hozirgi paytda ishlab chiqariladigan barcha markazdan qochma ventilyatorlar
M.M.Feodorov nomidagi gidrodinamika institutida, Dongiprouglemash institutida
gidrodinamik sxemalar bo’yicha ishlab chiqilgan.
Ishchi g’ildiraklarning aylanma chiziqli tezliklari mustahkamlik shartlari asosida chegaralangan bo’lib, 40-120m/sek gacha boradi.
Yo’naltiruvchi apparat 12-18 kurakdan iborat bo’lib, barcha kuraklarni bir yo’la burish mexanizmi bilan jihozlangan. Yo’naltiruvchi apparat ventilyatorni ishlab turgan holda ish rejimini o’zgartirishi mumkin, shuningdek ventilyatorni ishga tushirishni osonlashtiradi.
Markazdan qochma ventilyatorda ishchi g’ildirakning aylanishida o’zining
kuraklari bilan g’ildirak markaziga so’ruvchi tirqishdan tushganhavoni ushlab oladi va uni periferiyaga va keyin diffuzor orqali atmosferaga chiqarib tashlaydi. Markazdan qochma ventilyatorlarning ishchi g’ildiraklarining diametri 1,45 m dan 5,0 m gacha bo’ladi. Bunday ventilyatorlar 475 mm.suv.ust. Gacha depressiyani hosil qiladi.
O’qiy ventilyator ishchi g’ildiragining aylanishida kuraklari bilan havoga
zarba beradi va uni ishchi g’ildirakdan to’g’rilovchi apparat va diffuzor orqali atmosferaga chiqarib yuboradi.
O’qiy ventilyatorlar ishchi g’ildiragining diametri 1,2 dan 2,8 m gacha bo’ladi. Bunday ventilyatorlar 110 dan 330 mm.suv.ust. Gacha depressiya hosil hosil qiladi.
Ventilyatorlar odatda havoni so’rish bilan ishlaydi. Bunda yer yuzasidan havo boshqa shaxta stvoli orqali chiqib ketishga harakat qiladi. Ventilyatorlar uzluksiz ishlaganligi tufayli yer osti laxmlaridan qayta ishlangan havo uzluksiz so’rib olinaveradi va uzluksiz toza havo oqimi ta’minlanadi. Gazsiz shaxtalarda, shuningdek gazli shaxtalarning ilk gorizontlarida siqib chiqaruvchi shamollatishga yo’l qo’yiladi. Bunda havo kon laxmlaridan siqib chiqariladi. Bunda konlaxmlarida qandaydir kompressiya hosil bo’ladi. Gazli shaxtalarda ventilyatorlar havoni so’rib olib ishlaydi.
Gazli shaxtalarda ventilyatsion uskunalar ikkita mustaqil ventilyatorlardan tashkil topgan bo’ladi: bunda bitta ventilyator ishda bo’ladi, ikkinchisi esa zaxirada turadi. Gazsiz shaxtalarda zaxiradagi dvigatelli bitta ventilyator qurilmasi ishlashiga ruxsat etiladi.
Alohida hollarda, masalan, insonlarni qutqarish zaruriyati bo’lganda yong’in va portlash holatlarida kon laxmlarida havo harakati yo’nalishini o’zgartirishga ruxsat etiladi. Havo yo’nalishini o’zgartirish kanal tizimlari va qopqoqlar hisobiga amalga oshiriladi. O’qiy ventilyatorlarda yo’nalishni o’zgartirish uning ishchi g’ildiragining yo’nalishini o’zgartirish bilan amalga oshiriladi.
Ventilyatorning har bir turi individual xarakteristikaga ega. Bunda ventilyatorning depressiyasi undan o’tuvchi havoning miqdoriga bog’liq ravishda grafik tasvirlanadi. Ventilyatorning individual xarakteristikasi uning ishchi g’ildiragining aylanishlar sonidan olinadi. Ventilyatorning aylanishlar soni oshishi bilan xaraktrtistikasi yuqoriga va o’ngga ko’chiriladi, kamayishida – chapga va pastga ko’chadi. Shaxtaning ishlash davrida uning ish quvvati o’zgarishi yoki gaz ajralib chiqishi bilan shaxtaga uzatiladigan umumiy havo miqdorini o’zgartirish zaruriyati tug’iladi. Bu masala ventilyatorning ishchi g’ildiragi aylanishlar soninio’zgartirish, kon laxmlarining qarshiligini o’zgartirish va bu ikki usulni birlashtirgan holda hal qilish mumkin, o’qiy ventilyatorlarda esa – ishchi g’ildirakning kuraklari o’rnatilish burchagini o’zgartirish kifoya.
Havoni alohida oqimlar bo’yicha taqsimlash zarurati bo’lganda laxmlarga to’siqlar yoki oynali eshiklar o’rnatiladi. Ventilyatsion eshiklar shunday hisoblab qo’yiladiki, u orqali odamlar, elektrovoz sostavlari o’tkazilganda ventilyatsion oqimda tutashib qolishlar yoki havoning oqib ketish holatlari bo’lmasligi kerak. Buning uchun bir-biridan qandaydir masofada joylashgan ikkita eshik o’rnatiladi. Ular orasidagi masofa vagonchalar sostavining uzunligidan birmuncha ortiq bo’ladi. Eshiklarni ochish va yopish avtomatlashtirilgan bo’lishi kerak. Toza havo uzatiladigan va zararlangan havo chiqarib yuboriladigan laxmlarning kesishish punktlarida ventilyatsion ko’priklar (krossinglar) o’rnatiladi.
Ventilyator uskunalarini avtomatik va masofadan boshqarish.
Ventilyator uskunalarini avtomatik va masofadan boshqarish maxsus apparaturalar orqali amalga oshiriladi. Ushbu apparaturalar masofadan turib ventilyator dvigatellarini ishlatishi va to’xtatishi, ularni masofadan boshqarishi, samaradorligi ustidan nazorat o’rnatishi mumkin bo’ladi. Bunda ventilyator uskunalari ishining odatdagi holatining buzilganligi haqida ogohlantiruvchi yorug’lik va tovush signallari o’rnatiladi.
Ventilyator uskunalarini avtomatlashtirish bilan bir qatorda kon atmosferasini doimiy boshqarishni avtomatlashtirish bo’yicha izlanishlar olib boriladi. Bunda havoni avtomatik birxillashtirish tizimiga ma’lumotlarning uzluksiz kelib tushishi va uzatilishi ta’minlanishi talab qilinadi. Masalan, kon laxmlaridagi metan konsentratsiyasi haqida ma’lumotni uzluksiz uzatilishining manbai bo’lib metan yig’ilishi mumkin bo’lgan joylarda o’rnatilgan maxsus datchiklar xizmat qiladi. Kon atmosferasi holatini doimiy ro’yxatga olib, ular avtomatik boshqarish tizmiga ma’lumot yuboradi.
Shaxtani shamollatishni avtomatik boshqarish gazga xavfli bo’lgan shaxtalardagi elektr energiyasini keng qo’llash imkonini beradi. Bunda chang ventilyatsiyasi shtati sezilarli kamayadi va katta tejamkorlikka erishiladi.
Ventilyatsion oqimning teleavtomatik tizimi ishlab chiqilmoqda. Teleavtomatik tizim shaxta zaboylari va uchastkalaridagi ma’lumotlarni to’plashni ko’zda tutadi.

Download 131.96 Kb.
1   2   3   4




Download 131.96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SHaxta markazdan kochma ventilyatori VTSO-1.0

Download 131.96 Kb.